159
genetika haqida umumiy ma’lumot
VI Bo‘LIM
1. kombinativ o‘zgaruvchanlik – ota-ona organizmlar ning er-
kin chatishuvi natijasida keyingi avlodlarda genlarning yangi kom-
binatsiyalarini vujudga kelishi orqali amalga oshadi.
2. Rekombinogenez o‘zgaruvchanlik – meyoz jarayonida go-
mologik xromosomalar o‘rtasida sodir bo‘ladigan krossingover tu-
fayli amalga oshadi.
3. Mutatsion o‘zgaruvchanlik – genlar va xromosomalarning
o‘zgarishi orqali amalga oshadi.
4. ontogenetik o‘zgaruvchanlik – organizmlarning individual
rivoj
lanishi natijasida organizmlarning belgilarini o‘zgarishi bilan
amalga oshadi.
5. Modifikatsion o‘zgaruvchanlik – tashqi muhit omillari ta’si
-
ri natijasida organizmlar genotipi o‘zgarmagan holda fenotipini
o‘zgarishi bilan bog‘liq o‘zgaruvchanlik.
Dostları ilə paylaş: