154
genetika haqida umumiy ma’lumot
VI Bo‘LIM
bitta, uning juftini ikki yelkali alohida bir xromosoma tashkil etadi.
erkaklari bilan urg‘ochilarida farq qilmaydigan, bir xildagi xromo-
somalar
autosomalar
deb ataladi. erkaklari bilan urg‘ochilarida
bir-biridan farq
qiladigan xromosomalar esa
jinsiy xromosomalar
deyiladi.
Shunday qilib, drozofilaning xromosomalar soni oltita autoso
-
ma va ikkita jinsiy xromosomadan tashkil topadi. urg‘ochi pash-
shada qo‘shaloq holda (XX), erkak pashshada esa (XY) yakka
holda bo‘ladigan tayoqchasimon
jinsiy xromosoma X-xromosoma,
ikkinchi jinsiy xromosoma (urg‘ochi pashshada bo‘lmaydigan, er-
kak pashshada ikki yelkali bo‘ladigan xromosoma) Y-xromosoma
deyiladi.
erkak va urg‘ochi pashshaning xromosomalar to‘plamidagi bu
jinsiy tafovutlar ko‘payish jarayonida qanday saqlanib qoladi?
Bu savolga javob berish uchun meyoz va urug‘lanishda xro-
mosomalar qanday holatda bo‘lishini aniqlab olish zarur. urg‘ochi
pashshaning jinsiy xromosomalari yetilayotganda meyoz natijasi-
da har bir tuxum hujayraga to‘rtta xromosomadan iborat gaploid
to‘plam, shu jumladan, bittadan X-xromosoma o‘tadi. Meyozda
erkak pashshada ikki xil spermatozoidlar hosil bo‘ladi. Jinsiy xro-
mosomalar hujayraning qarama-qarshi
qutblariga tarqalib keta-
di. X-xromosoma bir qutbga, Y-xromosoma ikkinchi qutbga bora-
di. Shu tufayli erkak pashshalarda ikki xil spermatozoidlar teng
miq dorda hosil bo‘ladi. Bir xil spermatozoidlar 3 ta autosoma bi-
lan bitta X-xromosoma, boshqalarida uchta autosoma bilan bitta
Y-xromosoma bo‘ladi. urug‘lanishda ikkita kombinatsiya bo‘lish
ehtimoli bir xil. Tuxum hujayrani
X yoki Y-xromosomali sper-
ma urug‘lantirishi mumkin. Birinchi holda urug‘langan tuxumdan
urg‘ochi pashsha, ikkinchi holda erkak pashsha rivojlanadi. or-
ganizmning jinsi urug‘lanish vaqtida belgilanadi va zigotaning xro-
mosomalar soniga bog‘liq bo‘ladi.
Jins belgilanishining xromosoma mexanizmi odamda ham
xuddi drozofiladagi kabi bir xil.
Odam xromosomalarining dip
-
loid soni – 46 ta. Shu songa 22 juft autosoma va 2 ta jinsiy xro-
http:eduportal.uz
155
genetika haqida umumiy ma’lumot
VI Bo‘LIM
mosoma kiradi. Ayollarda jinsiy xromosomalar XX, erkaklarda –
XY-xromosomadan iborat bo‘ladi. Shunga ko‘ra, erkaklarda ikki
xil spermatozoidlar – X va Y-xromosomali spermatozoidlar hosil
bo‘ladi (53- rasm).
Ayrim jinsli ba’zi organizmlarda (masalan, ba’zi hasharotlar-
da) Y-xromosoma umuman bo‘lmaydi. Bunday hollarda erkagi-
ning xromosomalari bittaga yetishmaydi: X va Y-xromosoma-
lar o‘rnida bitta X-xromosoma bo‘ladi. Bu holda meyoz jarayoni-
da erkak gametalar hosil bo‘lib
kelayotganida X-xromosomada
kon’yu
gatsiya uchun sherigi bo‘lmaydi va hujayralarning biriga
o‘tadi. Natijada, barcha spermatozoidlarning yarmisi X-xromo-
somali, qolgan yarmisi esa undan mahrum bo‘ladi. Tuxum hujayra
X-xromoso mali spermiy bilan urug‘lansa, ikkita – X-xromosoma-
si bo‘ladigan to‘plam yuzaga keladi va bunday tuxumdan urg‘ochi
orga
nizm rivojlanib boradi. Tuxum hujayra X-xromosoma yo‘q
spermiy bilan urug‘lansa, u holda bitta X-xromosomasi bo‘lgan or-
ganizm bunyod ga keladi, u erkak bo‘lib chiqadi.
Shu
bilan birga, tabiatda jins belgilanishining boshqa turi ham
borki, u urg‘ochi jinsning geterogametali bo‘lishi bilan ta’riflana
-
di. Bu o‘rinda yuqorida ko‘rib o‘tilgan munosabatlarning teskarisi
bo‘ladi. urg‘ochi jinsga har xil jinsiy xromosomalar XY-xromosoma
Dostları ilə paylaş: