47
huJAYRA hAQIDAGI TA’LIMoT
II Bo‘LIM
soma to‘plamidagi har bir xromosoma o‘z juftiga ega va
juft xro-
mosomalar
(yoki
diploid
) deb ataladi. Diploid to‘plam 2n
bilan
belgilanadi. Jinsiy hujayralarga juft gomologik xromosomalardan
faqat bittasi o‘tadi, shuning uchun gametaning xromosoma to‘pla-
mi toq (yoki gaploid) deyiladi.
hujayraning bo‘linishi tugagandan so‘ng, xromosomalar
despi
rallashadi, ya’ni yoyiladi va yangidan hosil bo‘lgan yosh
hujayralarning yadrolarida yana xromatinning donachalari yoki
yupqa to‘rlari ko‘rina boshlaydi.
Yadrocha
– faqat interfaza holatidagi hujayralarda bo‘ladi,
ular mitoz paytida yo‘qolib ketadi. Mitoz
tugagach yadrocha yana
paydo bo‘ladi.
Yadrocha yadroning mustaqil tuzilishi emas. u xromosoma-
ning ribosoma RNk (r-RNk)ni hosil qilishga javob beruvchi qismi-
ning atrofida vujudga keladi. uning tarkibida juda ko‘p sonli
r-RNk molekulalari uchraydi. Bundan
tashqari yadrochada riboso-
malar ham shakllanadi va keyinchalik sitoplazmaga o‘tadi. Shun-
day qilib yadrocha – shakllanish darajasi har xil bo‘lgan riboso-
malar va r-RNk ning to‘plamidan iborat.
1. Yadroning shakli va katta-kichikligi nimaga bog‘liq bo‘ladi?
2. Yadro qanday vazifalarni bajaradi?
3. Xromosomalar soni haqida ma’lumot bering.
4. Yadrochaning tuzilishi va vazifasi haqida ma’lumot bering.
Dostları ilə paylaş: