46
HUJAYRA HAQIDAGI TA’LIMOT
II BO‘LIM
Bo‘linayotgan hujayralarda barcha xromosomalar kuchli spi-
rallashgan,
qisqargan, ixcham shaklga va o‘lchamga ega bo‘lgan
holda uchraydi. Xromosomalar shakli birlamchi belbog‘ yoki sen-
tromeraga bog‘liq bo‘ladi. Sentromeraga hujayraning bo‘linish
vaqtida bo‘linish urchug‘i kelib birikadi.
Sentromera xromosomani
qaysi qismida joylashishiga qarab asoson uch xil tipdagi xromo-
somalar farq qilinadi: 1) teng yelkali – metatsentrik 2) noteng yel-
kali – submetatsentrik 3) tayoqchasimon – akrotsentrik.
Xromosomalarni o‘rganish quyidagilarni
aniqlashga imkon
yaratdi.
1. har qanday o‘simlik yoki hayvon organizmining somatik hu-
jayrasidagi xromosomalar soni bir xil.
2. har qanday organizmning jinsiy
hujayrasi hamma vaqt so-
matik hujayraga nisbatan ikki barobar kam xromosomaga ega.
3. Bir turga mansub barcha organizmlarning hujayrasidagi xro-
mosomalar soni bir xilda bo‘ladi.
hujayradagi xromosomalar soni turning tuzilish darajasiga
bog‘liq emas va har vaqt ham ular o‘rtasidagi qarindoshlik aloqa-
larini ko‘rsatmaydi. ularning soni kelib
chiqishi bir-biridan ancha
uzoq bo‘lgan har xil tur vakillarida bir xil va aksincha kelib chi-
qishi yaqin bo‘lgan turlarda esa har xil miqdordagi xromosoma-
lar uchrashi mumkin. Masalan, har xil turga mansub bo‘lgan va
sistematik jihatdan bir-biridan ancha
uzoq joylashgan shimpan-
ze, suvarak hamda qalampirda xromosomalar diploid soni bir xil
bo‘ladi va 48 ga teng. odamda 46 ta va tuzilishi birmuncha sodda
bo‘lgan zog‘ora baliqda 104 ta, drozofila pashshasida 8 ta xromo
-
soma bo‘ladi. Bu
holat xromosomalar sonining
Dostları ilə paylaş: