160
genetika haqida umumiy ma’lumot
VI Bo‘LIM
Himolay quyonlaridagi jun rangining
harorat ta’sirida fenotipik o‘zgarishi.
54 rasm.
likka to‘xtalib o‘tamiz. Nilufar gul (55- rasm) va suv yong‘og‘i (56-
rasm)da suv osti va ustidagi barglari har xil shaklga ega: nilufar-
ning suv ostidagi bargi ingichka lansetsimon, suv ustidagi barglari
voronkasimon, suv yong‘og‘ida esa suv osti barglari patsimon qir-
qilgan, suv usti barglari esa yaxlit bo‘ladi.
Barcha odamlarda (agar ular albinos bo‘lmasa) ultrabinafsha
nurlar ta’sirida melanin pigmenti to‘planishi tufayli terisi qoramtir
tusga o‘tadi.
Shunday qilib, tashqi muhitning ma’lum ta’sirida
organizmlar-
ning har bir turi o‘ziga xos o‘zgarishlarga duch keladi va bunday
o‘zgarishlar shu tur vakillarining barchasi uchun bir xilda bo‘la-
di. Shu bilan birga, tashqi muhit sharoitlari ta’sirida belgilarning
o‘zgarishlari chegarasiz emas. Belgilarning tashqi muhit omillari-
ning ta’sirida muayyan doirada, organizmning genotipiga bog‘liq
holda o‘zgarish darajasi yoki o‘zgaruvchanlik
chegaralariga reak-
siya normasi deb ataladi. Reaksiya normasining kengligi geno-
tip bilan aniqlanadi va organizm hayot faoliyatidagi belgilarining
ahamiyatiga bog‘liq. Reaksiya normasining torligi bosh miya yoki
yurak kattaligi kabi muhim belgilarga xosdir. Shuningdek, orga-
nizmdagi yog‘ miqdori juda keng doirada o‘zgaravchan bo‘ladi
(sut tarkibidagi yog‘
miqdori qoramol zotiga, genotipga bog‘liq).
hasharotlar yordamida changlanadigan o‘simliklar guli kam-
dan-kam hollarda o‘zgaradi, lekin barglarining kattaligi juda
http:eduportal.uz
161
genetika haqida umumiy ma’lumot
VI Bo‘LIM
o‘zgaruvchan bo‘ladi. Inson uchun foydali bo‘lgan o‘simliklar, hay-
vonlar, mikroorganizmlarni olish uchun modifikatsion o‘zgaruv-
chanlikning reaksiya normasini bilish seleksiya amaliyotida kat-
ta ahamiyatga ega. Ayniqsa, qishloq xo‘jaligida yangi sermahsul
zot va
navlarni yaratishdan tashqari, mavjud bor zot va nav-
lardan yuqori darajada foydalanish imkonini beradi. Modifikatsion
o‘zgaruvchanlik qonuniyatlarini o‘rganish tibbiyotda inson orga-
nizmi reaksiya normasi doirasida saqlab turish va rivojlantirishda
muhim ahamiyat kasb etadi.
Shunday qilib, fenotipik(modifikatsion) o‘zgaruvchanlik quyida
-
gi asosiy xususiyatlar bilan xarakterlanadi:
1) irsiylanish
xususiyatiga ega emas;
2) o‘zgarishlar guruhli xarakterga ega;
3) o‘zgarishlar tashqi muhit ta’siriga bog‘liq;
4) o‘zgaruvchanlik chegaralari genotip bilan aniqlanishi,
11. Biologiya, 9- sinf.
Dostları ilə paylaş: