Sitologiya va



Yüklə 4,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə126/148
tarix13.12.2023
ölçüsü4,85 Mb.
#175410
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   148
biologiya 9 uzb (1)

mashg‘ulotning borishi.
1. Laboratoriya mashg‘uloti o‘tkazish-
ning maqsadi, vazifasi, olinadigan xulosalar haqida ko‘rsatmalar 
be 
rish. 2. Mashg‘ulotni o‘tkazish. 3. Laboratoriya mashg‘ulotining 
yakuni haqida umumlashtiruvchi suhbat.
http:eduportal.uz


163
genetika haqida umumiy ma’lumot
VI Bo‘LIM
Instruktiv kartochka:
a) bitta o‘simlik bargi, urug‘i, dukkagi va boshoqlarining uzunligi-
ga qarab ketma-ket terib chiqing; b) barg uzunligini o‘lchang, olingan 
ma’lumotlarni daftaringizga yozing. d) o‘zgaruvchanlikni grafik jihat
-
dan aks ettiruvchi variatsion egri chiziqni chizing.
61­ §. mutatsion (genotipik) o‘zgaruvchanlik
organizm genotipining o‘zgarishi bilan boradigan va bir nech-
ta avlodlarda saqlanadigan o‘zgaruvchanlik 
irsiy (mutatsion) 
o‘zgaruvchanlik
deyiladi. Ba’zan bular aniq ko‘zga tashlanadigan 
o‘z garishlar bo‘lib, ularga: kalta oyoqli qo‘ylarning paydo bo‘lishi, 
tovuqlarda patning bo‘lmasligi (57- rasmga qarang), mushuk bar-
moqlarini ayri bo‘lishi, pigmentlarning bo‘lmasligi (albinizm), odam-
larda barmoqlarning kalta bo‘lishi (58- rasm) va ko‘p barmoqlilik 
(polidaktiliya) (59- rasm) kabilarni misol qilib ko‘rsatish mumkin.
To‘satdan vujudga keladigan va qat’iy ravishda nasldan-nasl-
ga o‘tadigan o‘zgarishlar natijasida xushbo‘y no‘xatning kalta 
poya li navlari, qat-qat tojibarg hosil qiladigan o‘simliklar va juda 
ko‘p boshqa belgilar paydo bo‘lgan. ko‘pincha ular juda kichik, le-
kin sezilarli o‘zgarishga uchragan o‘zgarishlar hisoblanadi. Gene-
tik materialning irsiy o‘zgarishiga 
mutatsiyalar 
deyiladi.
Mutatsiyalar gen yoki xromosomaning tuzilmasini o‘zgarishi 
tufayli hosil bo‘ladi va tur ichidagi xilma-xillikning birdan-bir man-
bayi bo‘lib xizmat qiladi.

Yüklə 4,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   148




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin