58 §. 3 amaliy mashg‘ulot. Birikkan holda irsiylanish va jins bilan bog‘liq holda irsiylanishga doir masalalar yechish 1. Pomidor o‘simligida shoxlarining uzunligi bilan mevasining
shaklini ifodalovchi genlar birikkan bo‘lib, bir xromosomada joylash-
gan. Seleksioner uzun poyali (h) va yumaloq mevali (R) gomozigota
pomidor bilan kalta poyali (h) va noksimon mevali (r) pomidorni cha-
tishtirib,
F
1
da 110 ta,
F
2
da 1200 ta o‘simlik yetishtirgan: a) F
2
da
uzun poyali va yumaloq mevasi qancha? b)
F
1
da necha xil gameta
hosil bo‘ladi? d)
F
2
da necha xil genotipik sinf yuzaga keladi? e)
F
2
da necha o‘simlik kalta poyali noksimon mevali bo‘ladi?
2. Xitoy primulasi gulining ustunchasi va og‘izcha rangini bel-
gilovchi genlar bitta xromosomada joylashgan. Gul ustunchasining
kaltaligi (L) dominant, uzunligi (l) retsessiv, ustuncha og‘izchasining
yashil rangi (R) qizil rangi (r) ustidan dominantlik qiladi. Tajribada
ustunchasi qisqa gomozigota, og‘izchasi qizil bo‘lgan o‘simlik uzun
ustunchali yashil og‘izchali o‘simlik bilan chatishtirilib,
F
1
da 100 ta,
F
2
da 990 ta duragay olingan: a)
F
2
da necha xil gameta hosil bo‘la-
di? b)
F
2
da nechta o‘simlik kalta ustunchali va yashil og‘izchali?
d)
F
2
da necha xil genotip hosil bo‘ladi.
3. Makkajo‘xori donining silliqligi burishganligi ustidan, ranglili-
gi rangsizligi ustidan dominantlik qiladi. Makkajo‘xorining doni silliq
va rangli navi, doni burishgan va rangsiz navi bilan chatishtirilib,
F
1
da 4152 ta doni silliq va rangli, 149 ta doni burishgan va rangli, 152
ta doni silliq va rangsiz, 4163 ta doni burishgan va rangsiz formalar
olingan. Genlar orasidagi masofani aniqlang.
http:eduportal.uz