23
oRGANIk oLAM hAQIDA MA’LuMoT
I Bo‘LIM
tarkibidagi oqsillarni aminokislotalarga parchalaydi. Aminokislota-
larning bir qismi o‘simlik tomonidan o‘zlashtiriladi. Bundan tash-
qari zamburug‘ daraxt ning ildiz tizimini, shimish yuzasini oshirib,
unum siz tuproqlarda o‘sa yotgan o‘simlik uchun muhim ahamiyat-
ga ega bo‘ladi. Ichki mikoriza ko‘pincha o‘t o‘simliklarda uchraydi.
Ammo uning simbioz hayot kechirishdagi roli haqida ma’lumotlar
yetarli emas. Ba’zi bir zamburug‘lar parazit organizmlar sifati-
da o‘simlik va hayvonlarda har xil kasalliklarni keltirib chiqaradi.
Iste’mol qilinadigan zamburug‘lar ozuqa ahamiyatiga ega. Zam-
burug‘larning ba’zi turlaridan antibiotiklar va vitaminlar olishda,
shuningdek, achitqilardan esa turmushda keng foydalaniladi.
Lishayniklar.
Lishayniklar tirik organizmlarning o‘ziga xos
guruhi bo‘lib, zamburug‘lar va bir hujayrali suv o‘tlarning simbioz
hayot kechirishidan yuzaga kelgan organizmlardir (13- rasm).
Lishayniklarning 26 000 ga yaqin turi ma’lum. Lishayniklarning
tanasi, rangi va shakli har xil. Lishayniklar sporalar yordami bilan
shuningdek, vegetativ yo‘l bilan ko‘payadigan avtotrof organizm-
lardir. Lishayniklar tashqi ko‘rinishiga ko‘ra uchta turga bo‘linadi
(14- rasm): 1. Yopishqoq; 2. Bargsimon; 3. Butasimon.
Lishayniklar barcha joylarda o‘sadigan o‘simliklar bo‘lib,
tabiat
da juda keng tarqalgan. ular tosh va qoyalarda, cho‘l va
dashtlarda, daraxt va buta po‘stloqlarida o‘sadi.
Zamburug‘ mitselliysi
.
Suv o‘tlari hujayralari
Dostları ilə paylaş: