Sitologiya va



Yüklə 4,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/148
tarix13.12.2023
ölçüsü4,85 Mb.
#175410
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   148
biologiya 9 uzb (1)

qattana
yoki
 tallom 
deb ataladi.
Bir hujayrali o‘simliklarda tirik organizm uchun xos bo‘lgan 
barcha tiriklik xususiyatlari bitta hujayrada amalga oshadi. kolo-
niyali holda yashovchi o‘simliklar bir va ko‘p hujayralilar orasida 
turuvchi organizmlar hisoblanadi. Bunday organizmlar ayrim hu-
jayralar to‘dasidan iborat bo‘lib, mustaqillikni saqlab qolgan holda 
hayotiy tomondan bir-birlari bilan bog‘langanligi kuzatiladi. ko‘p 
hujayrali tuban o‘simliklarda esa hujayralar o‘rtasidagi hayotiy va-
zifalar o‘zaro taqsimlangan bo‘ladi.
2. Yuksak o‘simliklar 
evolutsion jihatdan ancha yosh hisob-
lanadi. ko‘pchilik yuksak o‘simliklarda poya, barg va ildiz kabi 
vegetativ organlari rivojlangan, shuningdek, to‘qimalarga ajrali-
shi ham kuzatiladi. ular 
poyabargli o‘simliklar 
deb ataladi. ko‘p 
hujayrali o‘simliklarning tanasi turli hayotiy vazifalarni bajaruvchi 
bir necha xildagi hujayralardan tashkil topgan. hujayralari bir-biri-
dan shakl va tuzilishi jihatdan farq qiladi. hujayralarning takomil-
lashishi va ixtisoslashishi tufayli ularda barcha hayotiy jarayonlar: 
oziqlanish, nafas olish, o‘sish, ko‘payish va boshqalar sodir bo‘ladi.
O‘simliklarning tabiat va inson hayotidagi ahamiyati.
o‘simliklar qoplami biosferada hayotni boshqarishda muhim rol 
o‘ynaydi. u yerning gazlar almashinuvi, suv muvozanati, iqlimi-
ga ta’sir etadi, tuproqning hosil bo‘lishida ishtirok etadi. Tuproqni 
yemirilishdan saqlaydi. hayvonot dunyosining yashashini belgilab 
beradi. o‘simlik biologik doirada moddalarning aylanishida, ya’ni 
atmosfera — tuproq — tirik organizm tizimida faol ishtirok etadi. 
o‘simliklar atrof-muhit tozaligini saqlashda nihoyatda katta aha-
miyatga ega. 
o‘simliklar dunyosi turli xomashyolar (oziq-ovqat, yem-xa-
shak, dorivor, qurilish materiallari va hokazolar) manbaidir. Inson 
qadimdan yovvoyi o‘simliklardan o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun 
foydalanib kelgan. Natijada tabiiy o‘simliklar qoplami doimo buzil-
gan, foydali o‘simliklarning zaxiralari esa kamayib borgan.
http:eduportal.uz


19
oRGANIk oLAM hAQIDA MA’LuMoT
I Bo‘LIM
hozirgi davrdagi eng katta muammolardan biri tabiatni muho-
faza qilish va uning resurslaridan oqilona foydalanishdir. ushbu 
muammo ayrim davlatlar hududida emas, balki barcha mamlakat-
lar tomonidan hal etilishi zarur. Mustaqil o‘zbekiston Respub-
likasida tabiatni muhofaza qilish, jumladan, o‘simliklar dunyosi-
ning xilma-xilligini saqlash davlat tomonidan himoyalangan va bir 
qator qonunlar hamda chora-tadbirlar ishlab chiqilgan.
1. eukariotlar deb qanday organizmlarga aytiladi?
2. o‘simliklarni qanday guruhlarga bo‘lish mumkin?
3. Tuban va yuksak o‘simlikla
r
ga qaysi o‘simliklar
kiradi
?

Yüklə 4,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   148




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin