14
oRGANIk oLAM hAQIDA MA’LuMoT
I Bo‘LIM
ga ega. Sporalar tashqi omillar ta’siriga ancha chidamli bo‘lib,
bakteriyalar spora holatida bir necha yilgacha o‘z hayotchanligini
saqlab qoladi. ular asosan shamol va suv yordamida tarqaladi.
Shuning uchun ham suv, tuproq, ozuqa mahsulotlarida va turar
joylarda bakteriyalar ko‘p uchraydi. Shuningdek, bakteriyalarning
erkin kislorodli muhitda yashovchi aerob va kislorodsiz muhitda
yashovchi anaerob hamda kasallik qo‘zg‘atuvchi bakteriya turlari
ham mavjud.
Xavfli kasallik qo‘zg‘atuvchi bakteriyalar orasida o‘pka sili
kasalligi ni qo‘zg‘atuvchi tayoqchasimon bakteriyaga qarshi davo-
lash usullari va tegishli dori-darmonlar yaratilgan. Vatanimizda sil
kasalligini oldini olish va unga qarshi kurashish maqsadida max-
sus dispanserlar faoliyat ko‘rsatib turibdi. Sil kasalligi sekin rivojla-
nadigan kasallik hisoblanadi, bakteriyalar orqali tez tarqaladigan
xavfli kasalliklarga o‘lat, vabo, kuydirgi kabi kasalliklarini misol
qilib ko‘rsatish mumkin. ularni ma’lum turdagi bakteriyalar keltirib
chiqaradi. o‘lat kasalligini keltirib chiqaradigan bakteriyalar sich-
qon va kalamushlarda yashaydigan burgalar orqali tarqaladi.
hozirgi davrda mamlakatimizda yuqumli kasalliklar xav-
fi bartaraf etilgan. Suv va oziq-ovqat mahsulotlari doimo qat’iy
nazorat ostida, shuningdek, vodoprovod suvlari filtrdan o‘tkaziladi.
De z in feksiya ishlari keng ko‘lamda olib boriladi. Bu borada sani-
tar epidemiologik stansiyalar faollik ko‘rsatib kelmoqda. kasallik
qo‘zg‘atuvchi bakteriyalarga qarshi kurash chora-tadbirlaridan biri
Dostları ilə paylaş: