12
oRGANIk oLAM hAQIDA MA’LuMoT
I Bo‘LIM
viruslar faqat jigar hujayralariga kirishi
mumkin va ularda ko‘paya oladi.
Virus zarrachalarining to‘planishi
ularning hujayradan
chiqib ketishiga olib
keladi. ushbu jarayon ba’zi bir viruslar-
da “portlash” tarzida ro‘y beradi. Natija-
da hujayra nobud bo‘ladi. Boshqa tur-
dagi viruslar kurtaklanishga o‘xshash
yo‘l bilan ajraladi.
Bunda organizmning
hujayralari hayotchanligini uzoq vaqtga-
cha saqlab qoladi.
Bakteriya virusi
— bakteriofaglar-
ning hujayraga
kirishi biroz boshqacha-
roq. Bakteriyalarning qalin hujayra qo-
big‘i hayvon hujayralaridek oqsil-retsep-
torli va unga birikkan virus bilan birgalikda sitoplazmaga kirib
borishiga imkon bermaydi. Shuning uchun bakteriofag hujayrasi-
ga ichi kovak tayoqcha yordamida uning
boshchasida joylashgan
DNk (yoki RNk) itarib kiritiladi (3- rasm). Bakteriofagning genomi
sitoplazmaga tushadi, kapsid esa tashqarida qoladi. Bakteriya
hujayrasi sitoplazmasida bakteriofagning genomi reduplikatsiya-
si boshlanadi hamda oqsil sintezlanib, uning kapsidi shakllanadi.
oradan ma’lum vaqt o‘tgandan so‘ng bakteriya hujayrasi nobud
bo‘ladi. Yetilgan fag zarrachalari esa tashqariga chiqadi.
Dostları ilə paylaş: