Sitologiya va



Yüklə 4,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/148
tarix13.12.2023
ölçüsü4,85 Mb.
#175410
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   148
biologiya 9 uzb (1)

 
Qalpoqchali zamburuglarning tuzilishi.
11­ rasm.
 
Achitqi zambu - 
rug‘i.
Qo‘ziqorin zambu-
rug‘i.
9­ rasm.
10­ rasm.
http:eduportal.uz


21
oRGANIk oLAM hAQIDA MA’LuMoT
I Bo‘LIM
ajralib chiqqan energiya achitqilarning hayoti uchun zarur. Non-
voychilikda xamirga achitqi qo‘shib qorilganda ajralib chiqadigan 
karbonat angidrid gazi xamir ko‘pchishini, ya’ni yengil va g‘ovak 
bo‘lishini ta’minlaydi.
qo‘ziqorin zamburug‘i 
tabiatda keng tarqalgan qalpoq-
chali zamburug‘ hisoblanadi. uning ichi bo‘sh, meva tanasi 
10—12 cm bo‘lib, oyoqcha va qalpoqchadan iborat (10-,11- 
rasmlar). Qo‘ziqorin chirindiga boy tuproqlarda saprofit holda 
hayot kechiradi. Тuproq ostidagi ko‘p yillik mitselliysi yoz fasli
-
da zaxira sifatida oziq moddalar to‘plab, kuzdan boshlab meva 
tanachalar shakl lana boshlaydi. ular kelgusi yili bahorda yetilib 
tuproq yuzasiga chiqadi va sporalarini sochadi. Qo‘ziqo 
rin 
shartli iste’mol qilinadigan zamburug‘lar guruhiga kiradi. eng 
yaxshi iste’mol qilinadigan zamburug‘larga oq zamburug‘, oq 
qayin bilan birga o‘sadigan zamburug‘ va boshqa zamburug‘lar 
kiradi. ular oqsilga boy, shu 
ningdek, tarkibida moylar, mineral 
moddalar hamda inson orga 
nizmi uchun zarur elementlardan 
esa temir, kalsiy, rux va boshqalar mavjud.
Parazit zamburug‘lar.
Zamburug‘lar orasida parazit turlari 
ham juda ko‘p. ular o‘simlik, hayvon va odamlarda turli kasal-
liklarni keltirib chiqaradi. Ayniqsa, parazit zamburug‘lar qishloq va 
o‘rmon xo‘jaligiga katta zarar yetkazadi.
Zang zamburug‘i 
murakkab taraqqiyot davri, ya’ni har xil 
sporalar va oraliq xo‘jayinga ega bo‘lishi bilan ajralib turadi.
Bahorda zang zamburug‘i oraliq xo‘jayin hisoblangan zirk 
o‘simligida rivojlanishni boshlay-
di. keyinchalik bug‘doy o‘simligi-
da hayotini davom ettiradi. Butun 
yoz davomida parazit zamburug‘ 
sarg‘ish-qizil (zang) rangdagi spo-
ralar hosil qiladi. ular bug‘doy 
o‘simligining poya va barglarini 
zararlaydi (12- rasm). 

Yüklə 4,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   148




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin