21
oRGANIk oLAM hAQIDA MA’LuMoT
I Bo‘LIM
ajralib chiqqan energiya achitqilarning hayoti uchun zarur. Non-
voychilikda xamirga achitqi qo‘shib qorilganda ajralib chiqadigan
karbonat angidrid gazi xamir ko‘pchishini, ya’ni yengil va g‘ovak
bo‘lishini ta’minlaydi.
qo‘ziqorin zamburug‘i
tabiatda
keng tarqalgan qalpoq-
chali zamburug‘ hisoblanadi. uning ichi bo‘sh, meva tanasi
10—12 cm bo‘lib, oyoqcha va qalpoqchadan iborat (10-,11-
rasmlar). Qo‘ziqorin chirindiga boy tuproqlarda saprofit holda
hayot kechiradi. Тuproq ostidagi ko‘p
yillik mitselliysi yoz fasli
-
da zaxira sifatida oziq moddalar to‘plab, kuzdan boshlab meva
tanachalar shakl lana boshlaydi. ular kelgusi yili bahorda yetilib
tuproq yuzasiga chiqadi va sporalarini sochadi. Qo‘ziqo
rin
shartli iste’mol qilinadigan zamburug‘lar guruhiga kiradi. eng
yaxshi iste’mol qilinadigan zamburug‘larga oq zamburug‘, oq
qayin bilan birga o‘sadigan zamburug‘ va boshqa zamburug‘lar
kiradi. ular oqsilga boy, shu
ningdek, tarkibida moylar, mineral
moddalar hamda inson orga
nizmi uchun zarur elementlardan
esa temir, kalsiy, rux va boshqalar mavjud.
Parazit zamburug‘lar.
Zamburug‘lar orasida parazit turlari
ham juda ko‘p. ular o‘simlik, hayvon
va odamlarda turli kasal-
liklarni keltirib chiqaradi. Ayniqsa, parazit zamburug‘lar qishloq va
o‘rmon xo‘jaligiga katta zarar yetkazadi.
Zang zamburug‘i
murakkab
taraqqiyot davri, ya’ni har xil
sporalar va oraliq xo‘jayinga ega bo‘lishi bilan ajralib turadi.
Bahorda zang zamburug‘i oraliq xo‘jayin
hisoblangan zirk
o‘simligida rivojlanishni boshlay-
di. keyinchalik bug‘doy o‘simligi-
da hayotini davom ettiradi. Butun
yoz davomida parazit zamburug‘
sarg‘ish-qizil (zang) rangdagi spo-
ralar hosil qiladi. ular bug‘doy
o‘simligining poya va barglarini
zararlaydi (12- rasm).
Dostları ilə paylaş: