17
oRGANIk oLAM hAQIDA MA’LuMoT
I Bo‘LIM
yashov chi suvo‘ti bo‘lib, koloniyasi yong‘oq yoki olxo‘ri donasidek
kattalikda bo‘ladi. u shilimshiq po‘st bilan qoplangan. koloniyada
sharsimon hujayralar marjonsimon, xilma-xil buralgan, ipsimon
ko‘rinishlarda joylashgan. Nostok koloniyasi ko‘pincha tog‘li tu-
manlarda buloq, soy va ariqlarda keng tarqalgan (7- rasm).
Tashqi ko‘rinishi jihatdan sodda tuzilgan ko‘k-yashil suvo‘tlar
tashqi muhitning noqulay sharoitlariga ancha moslashuvchan.
Shuning uchun ham ularni chuchuk va sho‘r suvlarda, tuproq va
uning yuzasida hattoki qaynar buloqlarda ham uchratish mumkin.
Markaziy osiyo cho‘llarida ko‘k-yashil suvo‘tlar
tuproq hosil
bo‘lishi jarayonlarida qatnashadi. ular atmosferadagi erkin azotni
o‘zlashtirish xususiyatiga ega va tuproqni azotga boyitadi. Yapo-
niya va Xitoyda nostokning ba’zi turlari ozuqa sifatida ishlatiladi.
1. Prokariotlar deb qanday organizmlar aytiladi?
2. Bakteriyalar qanday tuzilishga ega?
3. Bakteriyalarning qanday foydali va zararli tomonlarini bilasiz?
1. oziq-ovqat mahsulotlarini bakteriyalarning zararli ta’siridan
qanday saqlash mumkin ekanligi to‘g‘risida fikr bildiring.
2. Bakteriyalar ta’sirida qanday kasalliklar
kelib chiqishi va
ularga qarshi qanday choralar ko‘rish kerakligini tushunti ring.
3. Qishloq xo‘jaligi o‘simliklarini yetishtirishda bakteriyalarning
roli haqida yozma ma’lumotlarni tayyorlang.
2.
Biologiya, 9- sinf.
5 §. Eukariotlar – o‘simliklarning xilmaxilligi
hozirgi vaqtda o‘simliklar quyidagi ikki: tuban va yuksak
o‘simliklar guruhlariga bo‘lib o‘rganiladi.
1.
Тuban o‘simliklar
organik olamning
dastlabki bosqichlari-
da kelib chiqqan. ular suvli muhitda yoki sernam joylarda ya-
shashga moslashgan.evolyutsiya jarayonida
uncha rivojlanmagan
va hozirgi davrgacha ba’zi birlari sodda tuzilishini saqlab qolgan.
Тuban o‘simliklar bir hujayrali, koloniya hosil qiluvchi va ko‘p hu
-
http:eduportal.uz
18
oRGANIk oLAM hAQIDA MA’LuMoT
I Bo‘LIM
jayrali organizmlar hisoblanib, tanasi to‘qima va organlarga ajral-
magani
uchun ularning tanasi
Dostları ilə paylaş: