Tkti vtsu fakulteti Biotexnalogiya yo’nalishi B21-12uBT1 Gr talabasi Amaliy Algaologiya fanidan tayyorlagan mutaqil ishi Bajardi: Abdurasulov Suxrob



Yüklə 5,52 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü5,52 Kb.
#206338
amaliy algaologiys

TKTI VTSU fakulteti Biotexnalogiya yo’nalishi B21-12uBT1 Gr talabasi

Amaliy Algaologiya fanidan tayyorlagan mutaqil ishi

Bajardi:Abdurasulov Suxrob

  • Suvo'tlar (tuban) ancha sodda tuzilgan o'simliklar bo'lib, ularning tanasi ildiz, poya va barglarga bo'linmagan. Suvo'tlar orasida bir hujayrali va ko'p hujayralilari ham bor. Tuban o'simliklar tanasi qattana yoki tallom (ildiz, poya va bargga bo'linmagan tana) deb ataladi.
  • Tuban o'simliklarni suvo'tlar tashkil etadi. Suvo'tlar, asosan, suvda yashaydigan, hujayralarida xlorofill donachalarini saqlaydigan va yorug'lik ta'sirida organik moddalar hosil qiladigan tuban o'simliklar.
  • Hozirgi vaqtda suvo'tlarning fanga ma'lum bo'lgan turlari 30 000 ga yaqin bo'lib, ular orasida ko'k-yashil, sarg'ish yashil, yashil, qo'ng'ir, qizil va sariq suvo'tlar bor. Bu suvo'tlarning hujayralarida xlorofllldan tashqari yana har xil rang beradigan pigmentlar bor.
  • Suvo'tlarning suvdan tashqarida - zax tuproqlarda, sernam sharoitda o'suvchi daraxtlar po'stlog'ida, to'nkalarda, daryo yoqasidagi toshlar ustida o'suvchi turlari ham uchraydi.
  • Suvo'tlar orasida oddiy ko'z bilan deyarli ko'rib bo‘lmaydigan, bir hujayrali turlari bilan bir qatorda tanasi bir necha metr keladigan ko'p hujayrali turlari ham bor.
  • Bir hujayrali suvo'tlar juda mayda - oddiy ko'z bilan ko'rib bo'lmaydigan organizmlardir. Lekin ularning to'plamlarini oddiy ko'z bilan ko'rish mumkin. Yozda ariq, hovuzda uzoq turib qolgan ko'lmak suvlar yashil rangga kirib qoladi. Bunday suvni «gullab qolgan suv» deyishadi. Aslida yashil g'ubor ham, suvning yashil rangi ham to'planib qolgan bir hujayrali suvo'tlardir.

Agar «gullab qolgan suv»ning bir tomchisini buyum oy-nasiga tomizib, mikroskop ostida qaralsa, bu suvda bir ta-lay mayda tirik xlorelladoshlar oilasiga mansub bir hujayrali yashil suvo't - oddiy xlorellani ko'rish mumkin.

  • Agar «gullab qolgan suv»ning bir tomchisini buyum oy-nasiga tomizib, mikroskop ostida qaralsa, bu suvda bir ta-lay mayda tirik xlorelladoshlar oilasiga mansub bir hujayrali yashil suvo't - oddiy xlorellani ko'rish mumkin.

Bu hujayraning usti yupqa va mustahkam qobiq bilan o'ralgan. Ichida boshqa o'simliklar hujayrasida bo'lgani kabi, sitoplazma bilan yadro bor. Hujayrada sitoplazma va yadrodan tashqari xloroflll bilan yashil rangga bo'yalgan xromatofor ham joylashgan.

  • Bu hujayraning usti yupqa va mustahkam qobiq bilan o'ralgan. Ichida boshqa o'simliklar hujayrasida bo'lgani kabi, sitoplazma bilan yadro bor. Hujayrada sitoplazma va yadrodan tashqari xloroflll bilan yashil rangga bo'yalgan xromatofor ham joylashgan.
  • Xromatofor yuksak o'simliklar bargidagi xloroplast vazifasini baja-radi. Yorug'lik ta'sirida unda suv va karbonat angidriddan kraxmal, oqsil va boshqa organik moddalar hosil bo'ladi, suvga esa kislorod ajralib chiqadi. Xlorella suvni ham, unda erigan karbonat angidrid va mineral tuzlarni ham po'sti orqali shimib oladi.
  • Xlorella jinssiz – hujayrasining bo'linishi yo'li bilan ko'payadi. Bunda ona hujayra ichidagi tirik qism 4 yoki 8 teng bo'lakka bo'linadi va bu bo'laklarning har biri alohida qobiq bilan o'ralib, mayda hujayrachalarga aylanadi.
  • Kuz kelishi bilan xlorella qalin, zich qobiqqa o'ralib, sporaga aylanadi va shu holda qishlaydi. Banor kelib, qulay sharoit tug'ilgach, spora shaklida qishlagan hujayraning od-diy bo'linishi natijasida bir necha xlorella hosil bo'ladi. Ular hujayra qobig'ini yorib chiqadi va mustaqil hayot kechira boshlaydi.
  • Xlamidomonadadoshlar oilasiga mansub bir hujayrali yana bir suvo't - xlamidomonadadir. U ko'pincha iflos va azotli birikmalarga boy suv havzalarida uchraydi, ba'zan akvarium devorlarida ham o'sadi.

Yüklə 5,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin