36
HUJAYRA HAQIDAGI TA’LIMOT
II BO‘LIM
o‘simlik hujayrasining qobig‘i qalin bo‘lib,
u asosan sellyulozadan
iborat. o‘simlik hujayrasining qobig‘i tayanch vazifasini ham bajaradi.
Plazmatik membrana barcha hujayralar uchun universal bo‘lgan –
biologik membranadir.
Plazmatik membrana barcha hujayralarda uchraydi. hujayra
o‘zining yuza qismida yupqa qobiq hosil qilib sitoplazmasini tashqi
muhitdan ajratib turadi. Tirik hujayraning yuza qismi to‘xtovsiz
harakatlanib turadi, unda qavariq va botiqlar paydo bo‘lib, to‘lqinsimon
tebranma
harakat vujudga keladi, doimo u orqali makromolekulalar
ko‘chirilib turadi.
Plazmatik membrana yuksak pishiqlikka va
elastiklikka ega. u ozgina shikastlangan yoki yo‘qotgan
qismini tezda
hosil qilib o‘zining bir butunligini oson va tez tiklay oladi.
Plazmatik membrana
bir tekis yaxlit tuzilgan emas. unda
maxsus fermentativ kanalchalar bo‘lib,
ular orqali hujayraning
ichki qismiga fermentlar yordamida ionlar va kichik molekulali
moddalar o‘tadi. Shu bilan birga hujayra
faoliyati natijasida hosil
bo‘lgan moddalar hujayra tashqarisiga chiqariladi. Ayrim hollar-
da ion va kichik molekulalar hujayra ichiga membrana orqali ham
o‘ta oladi,
bu passiv diffuziya emas, balki faol transport bo‘lib,
ATF energiyasi sarflanishi orqali amalga oshadi.
Plazmatik membrana orqali ayrim moddalar osonlik bilan
o‘tsa, boshqalari umuman o‘tmaydi. Masalan, k+ ionlarining hu-
jayra ichidagi miqdori, uning tashqarisiga nisbatan ko‘p bo‘ladi.
Na+ ionlari aksincha, hujayra tashqarisida ko‘p. Na+ ionlari hu-
jayra ichida kam bo‘lishiga qaramay
hujayradan tashqariga chiqa-
riladi. k+
ionlari esa aksincha. Bu albatta,
ATF energiyasi sarfi
orqali amalga oshadi va faol transportga misol bo‘ladi. hujayra
membranasining muhim xususiyati tanlab o‘tkazish, ya’ni
Dostları ilə paylaş: