37
huJAYRA hAQIDAGI TA’LIMoT
II Bo‘LIM
Fagositoz.
organik moddalar, masalan oqsillar, polisaxarid-
lar va qattiq zarrachalar hujayra ichiga fagositoz yo‘li bilan o‘tadi
(yunoncha “fageo” – yemoq, hazm qilmoq degan so‘zlardan olin-
gan). Fagositozda plazmatik membrana bevosita ishtirok etadi.
hujayra membranasining yuza qismiga biror qattiq zarracha tush-
sa o‘sha joyda membrana botiq (chuqurcha) hosil qilib, zarrachani
o‘rab qoladi. Membrana bilan o‘ralgan holda bu zarracha hujayra
ichiga o‘tadi. hujayrada hazm qilish vakuolasi hosil bo‘ladi va hu-
jayraga o‘tgan organik modda hazm bo‘ladi.
Fagositoz hayvonot
olamida keng tarqalgan. Misol uchun, amyoba fagositoz yo‘li bilan
oziqlanadi. Leykotsitlar ham fagositoz xususiyatiga ega. o‘sim-
liklar, bakteriyalar va ko‘k-yashil suvo‘tlari hujayralarining devori
zich va qalin bo‘lgani uchun fagositozga qarshilik qiladi. Shu sa-
babli ularda fagositoz amalga oshmaydi.
Pinositoz.
har xil moddalarning
eritma holida mayda tomchi
shaklida hujayraga kirishidir. Suyuqlikning mayda tomchi ko‘ri-
nishida yutilishi ichish hodisasiga o‘xshaydi. Shuning uchun bu
hodisa
pinositoz
(yunoncha “pino” – ichaman degan so‘zdan
olin gan) deyiladi. Suyuqlikni membrana orqali o‘tishi ham fagosi-
tozga o‘xshaydi. Pinositoz tabiatda keng tarqalgan bo‘lib, bak-
teriyalar, zamburug‘lar, o‘simlik va hayvonlar hujayrasida amalga
osha di. Fagositoz va pinositoz endositozga misol bo‘ladi.
endositozga teskari jarayon ektositozdir (“ekto” – tashqa-
ri degan ma’noni anglatadi). ektositozda sitoplazma vakuolasi
ichida hazm bo‘lmay qolgan moddalar membrana
orqali tashqa-
riga chiqariladi. Plazmatik membrananing yana bir vazifasi ko‘p
hujayrali organizmning to‘qimasida hujayralar o‘rtasidagi aloqa-
ni ta’minlashdir. Bu birinchidan, juda ko‘p burmalar va o‘simtalar
hosil qilish va ikkinchidan, hujayralar
tomonidan hujayralararo
bo‘shliqni to‘ldi ruvchi juda zich biriktiruvchi moddalarni ajratish bi-
lan amalga oshi riladi.
o‘simlik hujayrasi ham xuddi hayvon hujayrasi singari sito-
plaz matik membrana bilan o‘ralgan bo‘ladi. Biroq,
bundan tashqa-
ri hayvonlar hujayrasida uchramaydigan sellyulozadan iborat qalin
http:eduportal.uz
38
HUJAYRA HAQIDAGI TA’LIMOT
II BO‘LIM
hujayra qobig‘iga ham ega. hujayra qobig‘ida maxsus teshikcha-
lar bo‘lib, qo‘shni hujayralarning endoplazmatik to‘rlari
bir-biri bi-
lan tutashgan bo‘ladi.
Zamburug‘larning hujayralari ham xuddi o‘simlik hujayralari
kabi hujayra qobig‘i bilan o‘ralgan. Ammo ular sellyuloza emas,
balki xitinsimon moddalardan iborat.
1. Plazmatik membrana qanday vazifalarni bajaradi?
2. Plazmatik membrana qanday tuzilishga ega?
3. Yarim o‘tkazuvchanlik
deganda qanday jarayonni
tushunasiz?
4. Fagositoz nima? u qanday amalga oshadi?
5. Pinositoz jarayonini tushuntirib bering.
Dostları ilə paylaş: