41
huJAYRA hAQIDAGI TA’LIMoT
II Bo‘LIM
13 §. mitoxondriya, plastidalar, lizosomalar va
sitoplazmaning boshqa organoidlari
mitoxondriya
(yunoncha “mitos” – ip va “xondro” – donador
degan so‘zlardan olingan) bir va ko‘p hujayrali organizmlar
ning
barcha eukariot hujayralarida mavjud. Mitoxondriyalarning hayvon
va o‘simlik olamida bunday keng tarqalishi ularni hujayrada mu-
him ahamiyatga ega ekanligidan darak beradi.
Mitoxondriyalar turli-tuman shakllarda: yumaloq, yassi,
silindr-
simon va hatto ipsimon ko‘rinishda ham uchraydi. ular 0,2 mkm
dan 15–20 mkm kattalikka ega. Ipsimon shakllarning uzunligi 15–
20 mkm gacha boradi. Turli xil to‘qimalardagi mitoxondriya larning
soni bir xil emas. ularning soni hujayraning funksional faolligiga
bog‘liq. uchadigan qushlarning ko‘krak
mushaklarida mitoxondri-
yalar soni uchmaydigan qushlarga nisbatan juda ko‘p bo‘ladi. Mi-
toxondriyalarda ikki qavat: tashqi va ichki membarana lar mavjud.
Tashqi membrana silliq, ichkisi esa burmali bo‘lib,
kristalar
deb
ataladi. kristalar membranasida juda ko‘p fermentlar joylashgan.
ular energiya almashinuvida ishtirok etadi. Mito
xondriyalar ya-
rim avtonom organoid bo‘lib ularning membrana lararo bo‘shlig‘ida
DNk, RNk va ribosomalar bo‘ladi. Mitoxondriya bo‘li nish yo‘li bi-
lan ko‘payadi. Mitoxondriyalar bo‘linishidan oldin ularning DNksi
ikki hissaga ortadi. Mitoxondriyalarning asosiy vazifasi energiya
hosil qilish, ya’ni ATFni sintezlashdir.
Plastidalar
– o‘simlik hujayralarining organoidlari. ular anor-
ganik moddalardan birlamchi uglevodlarni hosil qilishda ishtirok
etadi. Plastidalarning uch xil turi mavjud:
1. Sitoplazma hujayrada qanday vazifalarni bajaradi?
2. organoidlar qanday turlarga ajratiladi?
3. endoplazmatik to‘r qanday xillarga bo‘linadi?
4. Ribosoma qanday tuzilishga ega? u qanday
vazifani
bajaradi?
5. Golji majmuasini tuzilishi va vazifalarini tushuntirib bering.
http:eduportal.uz
42
HUJAYRA HAQIDAGI TA’LIMOT
II BO‘LIM
Dostları ilə paylaş: