1. Leykoplastlar – rangsiz bo‘ladi. ular o‘simliklar ning rang-
siz qismlarida, masalan, poyasi, ildizi, tugunaklarida bo‘ladi.
Leykoplastlar monosaxarid va disaxaridlardan kraxmal hosil qi-
lishda ishtirok etadi (ayrim leykoplastlarda oqsil va moylar ham
to‘planadi).
2. Xloroplastlar – bu organoidlar o‘simliklar bargi, bir yillik
novdalari va pishib yetilmagan mevalarida ko‘p bo‘ladi. Xloroplast-
larda fotosintez jarayoni amalga oshadi. Xloroplastlarda ATF ham
sintezlanadi.
3. Xromoplastlar – har xil rangga ega plastidalar. ular gullar
va mevalarga rang beruvchi karotinoidlardan iborat. Gultoji
barg-
lar va mevalarning har xil ranglarda sariq, qizil, zarg‘aldoq kabi
bo‘lishi xromoplastlarga bog‘liq. Plastida membranalari orasidagi
bo‘shliqda DNk, RNk va ribosomalar bo‘ladi. Plastidalar o‘z on-
togenezida biri-ikkinchisiga aylanib turadi. Xloroplastlar xromo-
plastlarga, leykoplastlar xloroplastlarga aylanadi.
Lizosomalar (yunoncha – “lizeo” – eritaman, “soma” – tana
degan so‘zlardan olingan) uncha katta bo‘lmagan yassi tanacha-
lardir. Diametri 0,4 mkm bo‘lib, bir qavat membrana bilan o‘ralgan.
Lizosomada oqsillar, uglevodlar va yog‘larni parchalaydigan 40 ga
yaqin gidrolitik fermentlar bo‘ladi. Lizosomalar Golji majmuasidan
yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri endoplazmatik to‘rdan hosil bo‘lishi mum-
kin. Lizosomalar oziq moddalarni aktiv hazm qilish layoqatiga ega
bo‘lib, hujayraning hayot faoliyati natijasida nobud bo‘lgan hujay-
ra qismlarini yo‘qotishda ishtirok etadi. Masalan, itbaliqning dumi
lizo soma fermentlari ta’sirida yo‘q bo‘lib ketadi.
Vakuolalar o‘simlik hujayralariga xos organoid bo‘lib, mem-
brana bilan o‘ralgan. ular endoplazmatik to‘rning g‘ovak membra-
nalari hisobiga hosil bo‘ladi. Vakuola tarkibida turli tuman organik
birikmalar va tuzlar uchraydi.
Vakuola shirasi hosil qiladigan osmotik bosim hujayraga suv-
ning o‘tishini ta’minlaydi va uning tarang, ya’ni
turgor holati-
ni vujudga keltiradi. Bu o‘simliklarni mexanik ta’sirlarga nisbatan
mustahkamligini ta’minlaydi.
http:eduportal.uz
43
huJAYRA hAQIDAGI TA’LIMoT
II Bo‘LIM
Hujayra markazi (sentriola), ikkita silindr shakldagi kichik
tanachalardan tashkil topgan bo‘lib, bir biriga nisbatan perpendi-
kulyar bo‘lib joylashgan tuzilmalardan tashkil topgan va ular