Sitologiya va



Yüklə 4,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/148
tarix13.12.2023
ölçüsü4,85 Mb.
#175410
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   148
biologiya 9 uzb (1)

sen-
triola
deb ataladi. To‘qqiz bog‘lamdan iborat sentriola devorlari-
ning har biri uchta mikronaychani o‘z ichiga oladi. Sentriola si-
toplazmaning o‘zidan o‘zi ko‘payadigan organoidi hisoblanadi. 
ular ning ko‘payishi, oqsil kichik bo‘lakchalarning o‘zini o‘zi yig‘ish 
jarayonida amalga oshiriladi. hujayra markazi hujayralarning 
bo‘linishida muhim ahamiyatga ega, ular bo‘linish urchug‘ini hosil 
bo‘lishida ishtirok etadi. ko‘pchilik o‘simlik va suv o‘tlarida hujayra 
markazi bo‘lmaydi. ulardagi bu vazifani maxsus fermentlar bosh-
qaradi.
Sitoskelet. 
eukariot hujayralarga xos bo‘lgan xususiyatlardan 
biri, ularning sitoplazmasida mikronaychalar va oqsil tolalaridan 
iborat bo‘lgan tayanch skelet tuzilmalarning mavjudligidir. Si-
toskeletning elementlari yadro qobig‘i va tashqi plazmatik mem-
brana bilan zich birikkan bo‘lib, sitoplazmada murakkab bog‘lam-
larni hosil qiladi. Sitoplazmaning tayanch elementlari hujayraning 
shaklini aniqlaydi, hujayra ichki tizimlarining harakatini va butun 
hujayraning joyini o‘zgarishini ta’minlaydi.
hujayraning 
harakat
organoidlariga asosan kiprikchalar va 
xivchinlar kiradi. Sodda hayvonlardan xivchinlilar va ko‘p hujayrali 
hayvonlarning spermatozoidlari xivchinlar yordamida harakatlanadi.
Hujayra kiritmalari. 
Sitoplazmada turli xil moddalar ham 
to‘planadi. ular 
kiritmalar
deb ataladi. Bular sitoplazmaning doi-
miy bo‘lmagan tuzilishi hisoblanib, organoidlardan farqli ravishda 
hujayraning hayot faoliyati jarayonida goh paydo bo‘lib, goh yo‘q 
bo‘lib turadi. Ular trofik (oziq), sekretor, pigment, qoldiq kiritmalar
-
ga ajratiladi. 
1. Mitoxondriyaning asosiy vazifasi nimadan iborat?
2. Plastidalarning qanday xillari bor? ularga ta’rif bering.
3. Lizosoma hujayrada qanday vazifani bajaradi?
4. Vakuola qanday tuzilishga ega?
http:eduportal.uz


44
HUJAYRA HAQIDAGI TA’LIMOT
II BO‘LIM

Yüklə 4,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   148




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin