Ularda siyosat boshqa ijtimoiy hodisalar: iqtisodiyot, ijtimoiy guruhlar,
9
Siyosatning iqtisodiy ta’riflari siyosatni iqtisodiy bazis ustidagi
ustqurma, iqtisod ehtiyojlari, manfaatlarining jamlangan ifodasi sifatida
tavsiflaydi. Bu holatda siyosat ijtimoiy hayotning o‘ziga xos sohasi sifatida
o‘zining mustaqilligidan mahrum bo‘ladi. Faqat nisbiy, cheklangan
mustaqilligini saqlab qoladi. Umuman, siyosatning mazmuni uning subektlari
irodasiga boG‘liq bo‘lmagan obektiv iqtisodiy qonunlar bilan belgilanadi.
Siyosatni iqtisodiy determinizm nuqtai nazarida ta’riflashda faqat uning
muhim manbalaridan biriga e’tibor qaratiladi. Bu konsepsiyalar, odatda,
siyosatga iqtisodiy ehtiyojlarning ta’sirini haddan ziyod bo‘rttiradi,
mutlaqlashtiradi, uning mustaqilligini etarli baholamaydi.
Siyosatni sotsiologik ta’riflashning muhim tarkibiy qismlaridan biri -
stratifikatsiya talqinlaridir. Bunda siyosat muayyan ijtimoiy guruhlar: sinflar
va millatlarning (marksizm) yoki manfaatdor guruhlarning (A. Bentli,
D.Trumen va boshqalar) raqobati sifatida talqin etiladi. Sinflar o‘rtasidagi
kurash sifatidagi siyosatning markscha talqini hozirgi dunyoda ko‘p jihatdan
o‘zining ta’sirini yo’qotgan bo‘lsa-da, manfaatli guruhlar nazariyasi esa keng
tarqalgandir. Jumladan, u hozirgi ilg‘or, mamlakatlarda siyosatni ijtimoiy
manfaatlarning balansini, muvozanatini ta’minlovchi turli-tuman manfaatdor
guruhlar raqobati sifatida talqin etuvchi demokratiyaning pluralistik
konsepsiyalarida o‘z ifodasini topgandir.
Siyosiy fikrning rivojlanishi tarixida, shu jumladan hozirgi zamon
nazariyotchilarining asarlarida siyosatning huquqiy konsepsiyalari keng o‘rin
olgan. Ular siyosatni, davlatni huquqdan, avvalambor, ommaviy huquq,
davlat qonunlari va faoliyatining asosida yotuvchi insonning tabiiy
huquqlaridan kelib chiqadigan hodisa, deb hisoblaydilar. Siyosatning
huquqiy konsepsiyasi Spinoza, Gobbs, Lokk, Russo, Kant kabi ko‘zga
ko‘ringan mutafakkirlar tomonidan asoslab berilgan ijtimoiy shartnoma
nazariyalari yaqqol misol bo‘la oladi. Bu nazariyalarning ma’nosi siyosatni,
avvalo, davlatni har bir insonga tug‘ilgandan xos bo‘lgan fundamental
huquqlar: yashash, erkinlik, xavfsiz bo‘lish, mulkka egalik qilish va
boshqalarni muhofaza qiluvchi maxsus faoliyat sifatida talqin etishdan
iboratdir.
Hozirgi
zamon
ilmiy
adabiyotlarida
siyosatning
huquqiy
konsepsiyalariga qarama-qarshi bo‘lgan nazariyalar ham keng o‘rin olgandir.
Ular huquqni siyosatning mahsuli, uni amalga oshirishning muhim vositasi,
10
barqaror ijtimoiy-siyosiy tartibni o‘rgatishning instrumenti sifatida olib
qaraydilar. Huquq davlat tomonidan yaratiladi va siyosiy irodaga va davlat
tomonidan maqsadga muvofiqligiga asoslanadi.
Siyosatning huquqiy talqini, uning axloqiy ta’rifiga bevosita qo‘shilib
ketadi. Bu tabiiy huquqning davlatga qadar inson hamjamiyatining axloqiy
prinsiplari shaklida yashashni tan oluvchi konsepsiyalarida yaqqol ko‘rinadi.
Umuman, siyosatning me’yoriy ta’riflari uning sotsiologik talqin etishning
muhim yo’nalishi hisoblanadi. Ularda qo‘llaniladigan me’yoriy yondashuv
siyosatni ideallardan, qadriyatlardan, u amalga oshirishi zarur bo‘lgan
maqsad va me’yorlardan kelib chiqqan holda ko‘rib chiqishni taqazo etadi.
Bu nuqtai nazardan tahlil etilganda, siyosat – umumiy farovonlikka
erishishga qaratilgan ijtimoiy faoliyatdan iboratdir. Uning oliy qadriyati-
adolat, tinchlik, erkinlik va umumiy farovonlikka xizmat qilishdir, me’yorlari
unga erishishga olib boruvchi aniq qoidalar, qonunlardir.
Siyosatning me’yoriy talqini qadimdan paydo bo‘lgan. Qadimgi
dunyoning buyuk mutafakkiri Arastu siyosatni inson faoliyatining oliy shakli,
deb hisoblagan edi. Chunki, bu orqali kishilar o‘rtasidagi o‘zaro
munosabatlarda adolat qaror topadi, jamiyatning va har bir kishining
farovonligiga erishiladi. "Adolat, - deb yozgan. edi u, faqat siyosiy hayotda
o‘z o‘rniga ega bo‘ladi, chunki, siyosiy tuzumning barchasi huquqqa borib
taqaladi".
Siyosatning me’yoriy talqinlari ham kuchli, ham zaif tomonlariga
egadir. Ularning kuchli tomoni, qadr-qimmati shundaki, siyosatda ko‘rinishi
lozim bo‘lgan insonparvarlik ideali o‘z ifodasini topadi. Bunday ideal siyoat
ishtirokchilarini ijtimoiy foydali xulq-atvorga yo’naltiradi. Shu bilan birga,
me’yoriy yondashish ko‘p qirrali, har doim ham aniq bo‘lmagan ijtimoiy
farovonlikni turli talqin qilish imkoniyatiga yo’l qo‘yadigan kategoriyalar
bilan ish ko‘‘radi. Shu bilan turli siyosiy kuchlarning g‘arazli manfaatlarini
niqoblash uchun zamin yaratadi. Ushbu yondashuvning zaifligi siyosatni
umumiy farovonlikka erishish faoliyati sifatida tushunish va siyosatda
g‘arazli qarashlar keng tarqalganligi haqida guvohlik beruvchi voqelikda
katta tafovutlar mavjudligida ham ko‘rinadi. Bundan tashqari, umumiy
farovonlikni ta’minlash bo‘yicha harakatlarning barchasi ham siyosiy
bo‘lavermaydi. Ko‘p kishilar ijtimoiy foydali, olijanob ishlarni axloqiy yoki
diniy sabablar (motivlar) asosida amalga oshiradilar.