Siyosiy hokimiyat


funksional  –  maqsadli  usul



Yüklə 1,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/83
tarix02.01.2022
ölçüsü1,82 Mb.
#41624
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83
6413-Текст статьи-15835-1-10-20201103

funksional  –  maqsadli  usul  keng  tarqaldi.  Bu  usul  jamiyatdagi  ijtimoiy 

hayotda  yashashning  u  yoki  bu  ma’nolarini  izohlab  berishga  asoslandi.  Bu 

jarayonda  siyosat  tushunchasi  etikaviy  maqsadlarni  amalgam  oshirishning 

shakli  sifatida  ta’riflana  boshlandi,  masalan,  “anglab  yetilgan  adolatga 

muvofiq boshqarish yoki farovonlikni rivojlantirish” (Platon); yoki “ratsional 

tafakkurlashni  amalga  oshirish”  (Gegel);  “jamiyatdagi  kuchlarning  ijtimoiy 

muvozanatini  o’rnatish  va  jamiyatning  bir  butunligini  ushlab  turish  yoki 

ayrim  kishilarning  boshqalar  ustudan  o’z  hukmronligini  saqlash  vositasi” 

(Debre); “qadriyatlarni taqsimlash shakli” (Lasvell) yoki “umumiy idoralarni 

amalgam oshirish” (Russo) va hokazo. 

Siyosat haqida nemis olimi M.Veber ham o’ziga xos talqinlarni amalga 

oshirgan. Uning quyidagi fikri siyosatning mohiyatini oshib berishga yordam 

beradi: “shu tariqa siyosat atroflicha muhokama qilganda davlar o’rtasidami, 

davlat ichidami, odamlar guruhlari o’rtasidami, hokimiyatda ishtirok etishga 

intilish yoki hokimiyatni taqsimlashga ta’sir ko’rsatishga intilish demakdir”. 

Siyosatning 

zamonaviy 

talqinlari 

R.Aron 

asarlarida 

yanada 

takomillashdi.  U  siyosat  tushunchasini  jamiyatning  barcha  jabhalari  bilan 

aloqadorlikda  tahlil  qilishga  harakat  qildi.  U  “siyosat”  tushunchasini  bir-

biridan  farqlashini  chuqur  tadqiq  etib,  quyidagi  fikrlarni  bildirgan  edi: 

“birinchi  farqlanish  shu  bilan  bog’liqki,  “siyosat”  so’zi  ingliz  tiliga  har  biri 

o’z  mazmuniga  ega  bo’lgan  ikkita  so’zga  tarjima  qilinadi.  Inglizlar  amalda 

siyosatni  “policy”  va  “politics”  so’zlari  bilan  ifodalaydi.  Fransuzlar  unisini 

ham bunisini ham “siyosat” deb ataydi. Policy – konsepsiya, harakat dasturi, 




 

14

 

bu holda u harakatda, biro damning, odamlar guruhining, hukumatning hatti-



harakati… Shu tariqa, “siyosat” so’zi o’zining birinchi ahamiyatiga binoan – 

bu dastur, hatti-harakat usullari yoki odam, odamlar guruhi tomonidan biron-

bir  muammo,  hamjamiyat  oldida  turgan  muammolar  yig’indisiga  nisbatan 

amalga  oshayotgan  hatti-harakatning  o’zidir.  Siyosat  ikkinchi  ma’noda 

(inglizcha 

“politics”) 

turli 

siyosiy 


yo’nalishlarda 

qarama-qarshi 

kurashayotgan yoki raqobatlashayotgan (policy ahamiyatiga molik ravishda) 

ijtimoiy  hayot  sohasiga  taalluqlidir.  Siyosat  sohasi  –  bu  shaxsiy  “policy”ga 

ega  bo’lgan,  ichida  shaxslar  оva  guruhlar  o’zaro  kurashayotgan 

jamuljamlikdan iboratdir”. 

Shu  bilan  birga,  R.Aron  siyosatni  insonga,  insonlararo  munosabatlar 

mavjud  bo’lishiga,  insonlarni  hamjamiyatga  uyushib  yahsashiga  bog’liq 

holda  talqin  etadi:  “Insonlar  o’rtasidagi  har  qanday  o’zaro  hatti-harakat 

hokimiyat  mavjud  bo’lishini  taqozo  etadi;  shu  tarzda  siyosatning  mohiyati 

hokimiyatni amalga oshirish va idora etuvchilarni tanlash yo’lidan iboratdir. 

Siyosat  –  hamjamiyatning  bosh  harakterli  belgisidir,  zero,  u  insonlar 

o’rtasidagi  har  qanday  o’zaro  hatti-harakatlar  shart-sharoitlarini  belgilab 

beradi. Siyosat – avvalambor, yunoncha “politeia” so’zining tarjimasidir. Bu 

so’z  yunon  tilida  polis  rejimi  deb  atalib,  u  butun  bir  hamjamiyatni 

uyushtirishning  ajralib  turadigan  belgisi,  rahbarlikning  tashkil  etish  yo’li 

mazmunini  anglatadigan  tushunchadir.  Agar  siyosat  o’z  mohiyatiga  ko’ra, 

hamjamiyat  tuzumi  yoki  uni  uyushtirish  yo’li  bo’lsa,  uning  tor  va  keng 

ma’nolardagi xarakterli belgilari namoyon bo’ladi. Siyosat tor ma’noda – bu 

idora etuvchilarni va hokimiyatni amalga oshirishni belgilab beradigan o’ziga 

xos  tizimdir.  Lekin  shu  bilan  bir  vaqtda  u  har  bir  hamjamiyat  ichidagi 

shaxslarning  o’zaro  hatti-harakatlarining  ro’y  berish  tarzidir.  Siyosatning 

ikkinchi  belgisi  birinchisidan  kelib  chiqadi.  Har  bir  jamiyatning  o’z  rejimi 

mavjud,  lekin  jamiyat  rejimlarining  turli  tumanligini,  shunga  mutanosib 

ravishda turli tuman muammolarning paydo bo’lishini tan olmasa o’zini o’zi 

anglay  olmaydi.  Endi  siyosat  –  hatti-harakat  dasturi  va  siyosat  –  soha 

o’rtasidagi farqlar oydinlashadi. Siyosat o’zining birinchi ahamiyatiga binoan 

o’zini turli yo’llar bilan namoyon etadi: o’z qo’lida hokimiyatni to’plagan va 

uni  amalga  oshirayotgan  R  siyosati  hokimiyatga  ega  bo’lmagan,  lekin  unga 

ega bo’lishdan umidvor bo’lganlar siyosati; o’z siyosiy maqsadlarini amalga 

oshirishga  intilayotgan  va  o’z  shaxsiy  usullarini  qo’llashga  moyil  bo’lgan 



 

15

 

shaxslar  yoki  guruhlar;  va  nihoyat,  tuzumni  o’zini  o’zgartirishga 



intilayotganlar  siyosati.  Bularning  barchasi  –  gap  rejimning  ichki  vazifalari 

to’g’risida  yoki  uning  o’zini  yashashi  bilan  bog’liq  maqsadlari  to’g’risida 

ketishiga  bog’liq  holdagi  tor  yoki  global  hatti-harakatlar  dasturidan  boshqa 

narsa 


emas. 

Yuqorida 

ta’kidlanganidek, 

siyosat 


nafaqat 

ijtimoiy 

jamuljamlikning  bir  qismini  balki  hamjamiyatning  butun  quyofasini 

harakterlaydi”. 

Hozirgi  davrga  kelib  fuqarolik  jamiyati  va  huquqiy  davlat  sharoitida 

siyosiy  tizimlarning  tubdan  demokratiyalashuvi  va  globallashuvining  avj 

olishi, 

davlat 


hokimiyati 

organlarini 

nomarkazlashtirish, 

siyosiy 


munosabatlarni  liberallashtirish  natijasida  siyosatning  mazmun-mohiyati  va 

unga amal qilishga doir qator yangi nazariy qarashlar shakllandi. Rivojlangan 

mamlakatlarda  siyosatning  asosiy  maqsadi  va  vazifasi  shaxsga,  uning 

manfaatlari  va  farovonligini  ta’minlash  asnosida  belgilana  boshlandi.  Bu 

yangilik  asosiga  fuqarolarning  siyosiy  jarayonlar  va  siyosiy  qarorlar  qabul 

qilishdagi  keng  ishtirokini  ta’minlash  ehtiyojlarini  paydo  bo’lishiga  ham 

sabab bo’ldi. 

Hozirgi kunga qadar eng obruli arboblar ham siyosiy fan predmeti nima 

ekanligiga  doir  o’zaro  kelisha  olmay  yashab  kelayotganligi  murakkab 

muammoga  aylandi.  Siyosat  turlicha  yo’llar  orqali  talqin  etilmoqda  – 

hokimiyatni  yuborish,  jamoaviy  qarorlar  qabul  qilish,  taqchil  rerurslarni 

taqsimlash, manipulatsiya tizimi va hakazo.  

Hozirgi davrga kelib siyosatshunoslik fanida siyosat tushunchasiga turli 

nuqtai nazarlarni  o’rganish  asosida aniqlik  kiritish  nazariyasi  shakllandi.  Bu 

kabi  turlicha  talqinlar  Buyuk  Britaniyaning  Uebst  lug’atida  “Siyosat 

nima?”degan savol  asosida quyidagi ta’riflar keltirilgan: 



Siyosat  -  axloqning  davlat  va  jamiyatga  daxldor  qismi  bo’lib, 

hukumatning  shaxs  oldidagi  axloqiy-ma’naviy  majburiyatlarini  o’z  ichiga 

oladi. 


Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin