83
Ilova - 16
Davlatning paydo bo‘lishi to‘g‘risida
turli nazariyalar mavjud:
Teologik konsepsiya davlatning kelib chiqishini ilohiy qonunlar bilan
bog‘laydi.
Patriarxal nazariya (asoschisi – XVIII asr ingliz siyosiy mutafakkiri Robert
Filmer) davlatning vujudga kelishini urug‘larning qabilalarga, qabilalarni esa katta
ijtimoiy birliklarga, shu tariqa davlat tuzilmalariga qadar mexaniq birlashuvi natijasi,
deb hisoblaydi.
T. Gobbs, J. Lokk va J. J. Russo tomonidan rivojlantirilgan ijtimoiy kelishuv
nazariyasi davlatni ijtimoiy hayotni tashkil qilish va tartibga solishni ta’minlash
maqsadida mustaqil hukmdor va fuqarolar o‘rtasida o‘rnatilgan o‘zaro kelishuvdan
keltirib chiqaradi.
XIX asrda davlatning paydo bo‘lishini bir guruhning ikkinchisini bosib olish
bilan izohlovchi zo‘ravonlik nazariyasi (asoschisi avstriyalik sotsiolog va huquqshunos
L. Gumplovich) keng tarqaldi.
Dostları ilə paylaş: |