84
Ilova - 17
17-chizma
Ijtimoiy-iqtisodiy nazariya davlatning kelib chiqish manbalarini mehnat
taqsimotidan, jamiyatni boshqarish faoliyatining ajralib chiqishidan qidiradi. Uning eng
qadimiy ko‘rinishi – Platon qarashlari.
Marksistik nazariyaga ko‘ra davlat iqtisodiy jihatdan hukmron sinf
manfaatlarining ifodachisi sifatida jamiyatning sinflarga bo‘linishi natijasida paydo
bo‘ladi. Davlatning barham topishi muammosi bu nazariyaning ajralmas tarkibiy qismi
hisoblanadi.
Davlat paydo bo‘lishining zamonaviy nazariyasi yuridik hisoblanadi, chunki u
davlatni xalqlarning huquqlarida ko‘radi va hokimiyatni inson huquqlari, ya’ni
belgilangan darajadagi inson erkinliklari asosiy talablarining hokimiyatga munosabat
bilan bog‘laydi.
Davlat jamiyatda amal qilayotgan hokimiyatning markaziy
muassasasi
sifatida
mazkur
hokimiyat
tomonidan
mujassamlashtirilgan,
mushtaraklashtirilgan
siyosatni
amalga
oshirish vositasi – quroli bo‘lib xizmat qiladi.
Jahon siyosiy adabiyotlarida hokimiyatning “amalga oshish usuli”
mezoni bo‘yicha boshqaruv ikki asosiy ko‘rinishi bilan farqlanadi.