Toshkent farmatsevtika instituti FARMATSIYASI FAKULTETI 101B- guruh talabasi Oqboyev Umrzoq
Siyosiy huquqiy sohadagi(10ta)ustivor reytinglar va ularga O'zbekistonniularga O'zbekistonning integratsiyalashuvi
REJA: 1. Xalqaro reyting va indekslar
2. O‘zbekistonning xalqaro reyting va indekslardagi o‘rni
3. Xalqaro reyting va indekslarda Oʻzbekiston Respublikasining oʻrnini
yaxshilashga oid chora-tadbirlarni tizimlashtirish
2020-yil 9-noyabr kuni Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boʻyicha respublika kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Oliy Majlis Senati Raisi, Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash
boʻyicha respublika kengashi raisi T.Narbayeva olib borgan yigʻilishda senatorlar, Kengashi aʼzolari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi
Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent
shahar Kengashlarining doimiy komissiyalari
raislari, ilmiy-tadqiqot
muassasalari, oliy taʼlim tashkilotlari, nodavlat notijorat tashkilotlari
ishtirok etdi.
Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar ular tomonidan baholanmoqda. Kuni kecha “Gellap” (“Gallup”) xalqaro tadqiqot institutining “Global
qonun va tartib” boʻyicha yillik butunjahon reytingi eʼlon qilindi.Oʻzbekiston ushbu reytingda 100 balldan 92 ball toʻplab, dunyoning eng xavfsiz mamlakatlari top 10 taligiga kiritildi. Qolaversa, Raqobatbardosh sanoat unumdorligi, Global innovatsiyalar,
Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar uchun tartibga soluvchi cheklovlar indekslarida mamlakatimiz ilk marotaba eʼtirof etildi. Jahon bankining Boshqaruv sifati indikatorlarining 2019-yil yakunlari
boʻyicha eʼlon qilingan hisobotida Oʻzbekiston barcha 6 ta tarkibiy indikator boʻyicha oʻsishga erishdi
Yigʻilishda ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy sohalarga oid ustuvor xalqaro reyting va indekslarda Oʻzbekiston Respublikasining oʻrnini yaxshilash boʻyicha 2020-yil III chorakda amalga oshirilgan ishlar
toʻgʻrisidagi Kengash ishchi organlari moliya vaziri
T.Ishmetovning hamda adliya vaziri R.Davletovning axborotlari eshitildi. Bundan tashqari, vazirlik va idoralar masʼul boʻlgan ayrim tarkibiy
indikatorlar boʻyicha mamlakatimiz reytingi past koʻrsatkichlarda qolib
ketayotganligi, ularni yaxshilash boʻyicha olib borilayotgan harakatlar
samarasiz boʻlayotganligi tanqid qilindi.
Qolaversa, xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashga masʼul vazirlik va idoralarning ixtisoslashgan tarkibiy boʻlinmalari faoliyati doirasidagi hujjatlarni unifikatsiyalash, namunaviy shakllarini joriy
etish, mutaxassislarning bilimi, malaka va koʻnikmalarini doimiy
ravishda oshirib borish zarurligi taʼkidlandi.
Bundan tashqari, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy sohalarga oid
ustuvor xalqaro reyting va indekslarda Oʻzbekiston Respublikasining
oʻrnini yaxshilash boʻyicha 2021-yilga moʻljallangan tashkiliy chora-
tadbirlar dasturini ishlab chiqish yuzasidan koʻrsatmalar berildi.
Mamlakatimiz uchun ustuvor boʻlgan xalqaro reyting va indekslar, ularning tarkibiy indikatorlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi koʻrsatkichlarini tubdan yaxshilashga yoʻnaltirilgan ilmiy va amaliy loyihalarni ishlab chiqishga qaratilgan maqsadli grantlar ajratish
mexanizmini joriy etishga kelishib olindi. Shu bilan birga, yigʻilishda vazirlik va idoralarning ixtisoslashgan tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari masʼul xodimlari uchun xalqaro standartlarga muvofiq loyihaviy boshqaruv asosida reytinglardagi koʻrsatkichlarimizni
yaxshilashga qaratilgan maxsus amaliy malaka oshirish kurslarini joriy etish masalasi muhokama qilindi. Shuningdek, Kengash aʼzolari tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar
va takliflarni inobatga olib, Kengashning tegishli qarori qabul qilindi.
Tashqi siyosat tamoyillari
Oʼzbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
—mafkuraviy qarashlardan qatʼiy nazar hamkorlik uchun ochiqlik, umuminsoniy qadriyatlarga, tinchlik va havfsizlikni saqlashga sodiqlik
—davlatning suveren tengligi va chehralar daxlsizligi hurmat qilish;
— boshqa davlatlar ichki ishlariga aralashmaslik;—nizolarni tinch yoʻl bilan hal qilish;
—kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik;—inson huquqlari va erkinliklarini hurmat qilish;