SODIQ CHEGACHI Sodiq chegachining ayoli xiyonat qildi...
Chegachi cho'loq edi,
kambag'al edi,
befarzand edi u ustiga-ustak.
Oysuluv bo'lsa-da ayolin ismi
suluv emas edi oydayin.
Ajab,
vafo qilmadi Oysuluv
go'zal bo'lmasa ham...
Uni shayton yo'ldan urdi,
Sodiqni urdi xudo.
Oysuluv
Sizni kuylayman (she'rlar to'plami). Iqbol Mirzo
yig'ladi ikki bukilib...
O'choqdagi o'chayotgan o't
qizil tillarini o'ynatib
masxara qilardi Sodiqni.
Qumg'on
kulardi uning ustidan
sharaqlab...
- Yo'qol... - dedi sekingina chegachi.
Ayol o'rnidan jilmadi.
Tunda yo'qolib qoldi Sodiqning o'zi.
Kimdir
uning gandiraklab Bachqirariq tomon ketayotganini
ko'rganmish...
Biryil o'tdi, uch yil, besh...
Sodiqning cho'pdek ozgan,
aqldan ozgan ayoli
suvqizi kabi sochlari yozg'in
o'tirarmish Bachqirariq qirg'og'ida.
Qo'llarida Sodiq chegachining
Kamonchasi, parmabigizi, sirachi...
«Chiqing, begim, ko'nglingizni chegalab beray,
Ko'nglingizni bering, begim, chegalab beray...»
1989