Sizni kuylayman



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/103
tarix01.03.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#53264
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   103
iqbol mirzo sizni kuylayman

BIRINCHI SEVGI
To'rt fasl  bahor edi,
To'rt taraf gulzor edi.
Sen  bor eding,  tilimda 
Bir qo'shig'im  bor edi:
«Gulijonning  ko'zidan 
Ohular uyaladi.
Kiprigini  ko'tarsa, 
Osmonlar suyanadi. 
Gulijonning  bo'yiga 
Olamning  guli  etmas.
Uni  olib  bergali 
Otamning  puli  yetmas...»
Seni  mendan  ayirdi 
Ko'zlari  kir ayollar,
Meni  mendan  ayirdi 
Ildizi  yo'q  shamollar.
Ketdi  yoshlik,  ketding  sen, 
Dil  yig'lar,  dil  kuyinar. 
Dilda  keksaygan  quyosh 
O'z  nuriga  suyanar.
Menga,  qalamqoshligim,


Sizni  kuylayman  (she'rlar to'plami).  Iqbol  Mirzo
Qalammi  kerak edi? 
Tobutim  to'ldirgali 
Alammi  kerak edi?
Yurakkinam  lim to'ldi, 
Ko'zyoshlarim  sim  bo'ldi. 
Sen  oylarga  aylanding, 
Gulijon,  men  kim  bo'ldim?
To'rt fasl  bahor edi,
To'rt taraf gulzor edi.
Men  boy edim,  dilimda 
Bir qo'shig'im  bor edi.
1991
ALAM
Mushtimni yerga  urdim,
Tog'lar guldirab  ketdi. 
Mushtimni  ko'kka  urdim,
Ufq  hilpirab  ketdi:
«Mening  botmon  mushtim-a, 
Ne qiynoqqa  tushdim-a!»
Mushtimni  soyga  urdim,
Tosh  sapchidi  baliqdek. 
Mushtimni oyga  urdim,
Oy sochildi tariqdek.
«Mening  to'qmoq  mushtim-a 
Ne  ko'ylarga tushdim-a!»
Mushtimni yo'lga  urdim,
Kulcha  bo'lib  oldi  yo'l. 
Mushtimni  gulga  urdim, 
G'uncha  bo'lib oldi  ul.
«Mening  gurzi  mushtim-a 
Ne ahvolga  tushdim-a!»
Mushtimni  qirga  urdim,
Qirlar qochdi sudralib, 
Mushtimni sherga  urdim, 
Mushuk  bo'ldi,  suykalib...
«Mening  cho'qmor mushtim-a,


Sizni  kuylayman  (she'rlar to'plami).  Iqbol  Mirzo
Ne azobga  tushdim-a! 
Urolmadim  do'stimga, 
Urolmadim  o'zimga...»
1991
SARATON
Englik  liboslardan  voz  kechdi  shahar, 
Elkalar yalang'och,  yalang,  och  ko'zlar. 
Olislarda  esa  suvlar sepishar 
Ko'ylaklari  bilan  cho'milgan  qizlar.
Shahar qizg'onmaydi xiyobonlarin,
Sun'iy  ko'liniyu  qayiqlarini.
Ammo dil  qo'msaydi  sokin  bog'larning 
Olmalar oqizgan  ariqlarini.
Shahar ko'p  narsani  menga  o'rgatdi, 
Hammasini sanab,  aytib  bo'lmaydi.
Shu  yerda  suyagim  va  diydam  qotdi,
Endi  qishloqqa  ham  qaytib  bo'lmaydi.
Tongda  derazamdan  siniq  nur tushar,
Ne tongkim,  bugun  ham  namlidir ko'zlar. 
Axir tushimda  ham  suvlar sepishar 
Ko'ylaklari  bilan  cho'milgan  qizlar...
1992

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin