Sizni kuylayman


DIYDOR Muallim O'ljavoy Meliqo'zievga



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/103
tarix01.03.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#53264
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   103
iqbol mirzo sizni kuylayman

DIYDOR
Muallim O'ljavoy Meliqo'zievga
Oyog'imga  arqondek o'raldi yurt yo'llari,
Ko'zlarimni tindirdi,  sindirdi shikasta  soz.


Sizni  kuylayman  (she'rlar to'plami).  Iqbol  Mirzo
Men  sizdan  hoi  so'rmadim,
Bir bor borib  ko'rmadim,
Diydor qiyomatga  qoldimi,  ustoz?
Hurpaygan  tol  qo'ynida  chumchuqlar chirqillaydi, 
Tikanzorda yuzini yumdalab yig'lar ayoz.
Bir hassa  bo'lolmagan  yuragim  zirqillaydi,
Diydor qiyomatga  qoldimi,  ustoz?
Bu  dunyoning  ishlari...  g'ijirlaydi tishlarim, 
Cho'ntagimda  mushtlarim,  kimdan  olayin  qasos? 
Sarg'aydimu  pishmadim,  mundog'  yerga  tushmadim... 
Diydor qiyomatga  qoldimi,  ustoz?
Dunyosiga qo'l  siltab,  senga  ketaman,  mozor,
She'r aytaman,  ajinga to'lib  ketadi  qog'oz.
Qalamim  asocha  bor,  alamim  ham  oncha  bor:
Diydor qiyomatga  qoldimi,  ustoz?
1992

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin