Sizni kuylayman


OMOCH  BO'LIB TILDI OSMONNI  HILOL



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/103
tarix01.03.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#53264
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   103
iqbol mirzo sizni kuylayman

OMOCH  BO'LIB TILDI OSMONNI  HILOL
Omoch  bo'lib tildi  osmonni  hilol, 
Yulduzlar potradi  samo  bag'rida.


Sizni  kuylayman  (she'rlar to'plami).  Iqbol  Mirzo
Olib qololmadim  seni  bezavol 
Qahraton  qahridan,  yaxning  zahridan.
Hilol  to'lib,  oxir g'ildirak  bo'ldi, 
Yulduzlar changidi samo yo'lida.
Arava  obketdi  bir quchoq  gulni,
Meni  asrolmading  bitta  o'limdan...
1987
QO'SHTEGIRMON,  1982 YIL
Siz  bizga
olmalar otmaysiz,
O'tib  qolsak  bog'ko'changizdan.
Xandalar otasiz,  xandalar...
Tuni  bilan  uxlayolmayman 
og'riqdan...
TIMSOHGA AYLANIB...
Timsohga  aylanib  kaltakesaklar 
Yamlab  ketadilar bor-budimizni.
Mening  eng  chiroyli  ismimni saqla, 
Sandiqqa  solib qo'y  umidimizni.
Sichqonlar ayiqqa  aylanib  bir kun 
Dashtu  yobonlarga  haydasa  bizni. 
Mening  issiq  izim  ustidan  yurgin, 
Bag'ringga  bosgancha  umidimizni.
Tosh  bo'lib yog'sa  ham  o'tkir yulduzlar, 
Umidni jon  kabi  uzmasdan turgin.
Holing  nechuk,  ukam,  singlim,  deb  kelar 
Bo'rilar odamga  aylanib  bir kun.
1992

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin