Sizni kuylayman (she'rlar to'plami). Iqbol Mirzo
Ko'z uchida qaraysiz, ko'z uchida...
Yulduzchalar cho'kib yotar dil burjida.
Oy aylanar koinotning kulgichida,
Yurak erir qabog'imning hovuchida...
Ko'z uchida qaraysiz, ko'z uchida...
Uzandimu qoshingizga yetolmadim.
1988
CHO'PCHAK
Ertaga
ust-boshin qoqib ErTo'nga
Tulporiga urar egar-jabduqni.
- Biriktiray, - deydi, - yonganu to'ngan,
Urug'dek sochilgan urug'ni!
Ertaga
titraydi olam etagi,
dashtlarni to'ldirib uchadi chorlov:
- O'-ho'-o'v, uxlaganing yetadi,
Turuk budunim-o-vv!
Ertaga
erlar aylanadi erkakka,
Guzarla fayziyob,
Lak-lak laylakka
To'lar Afrosiyob.
Ertaga
ketamiz ertakka
Yoshu qari.
Quyoshga talpingan tiyrak go'dakka
Jilmayib qaraydi solih Koshg'ariy...
Ertaga
meniyam turtib qo'y,
erta uyg'onsang.
1988
Dostları ilə paylaş: