Sizni kuylayman


SENGA BARMOG'IMNI TEGIZMAYMAN



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/103
tarix01.03.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#53264
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   103
iqbol mirzo sizni kuylayman

SENGA BARMOG'IMNI TEGIZMAYMAN
Senga  barmog'imni tegizmayman,  Oy, 
Senga  nafasimni  etkizmayman,  Gul, 
Lekin  osmonimdan  ketkizmayman,  Oy, 
Ismingni  birovga  aytkizmayman,  Gul.
O'zing  tabibimsan,  o'zing  shifoyim, 
O'zing  og'rig'imsan,  o'zga  dardim  yo'q.


Sizni  kuylayman  (she'rlar to'plami).  Iqbol  Mirzo
O'zing  gunohimsan,  o'zing jazoyim,
Faqat jur'atim  yo'q,  faqat haddim  yo'q.
Seni  hamma  yaxshi  ko'radimi,  Oy, 
Tegrangda  aylanib yuradimi,  Gul. 
Termulib,  xo'rsinib turadimi,  Oy,
Senga  shakkar elab  beradimi,  Gul?
Oy,  falak toqida  yagona  gulsan,
Gul,  yerga  sayr uchun tushgan  oydirsan. 
Oy,  qo'lim  sinmasmi  bandingdan  yulsam, 
Gul,  ko'zim  oqmasmi  seni  qayirsam?
Aylanib,  bo'g'zimdan  kesmaysanmi,  Oy, 
Qonimdan  arshgacha  o'smaysanmi,  Gul? 
Tosh  bo'lib  qabrimni  bosmaysanmi,  Oy, 
Gul,  mendan  ilgari to'zmaysanmi,  Gul?
Senga  lablarimni tegizmayman,  Oy, 
Senga  ziyonimni  etkizmayman,  Gul.
Biroq  osmonimdan  ketkizmayman,  Oy, 
Ismingni  hech  kimga  aytkizmayman,  Gul!
1997

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin