Sizni kuylayman



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/103
tarix01.03.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#53264
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   103
iqbol mirzo sizni kuylayman

QISMAT CHIZIQLARI
Kular shayton  suvoriy, 
Shayton  aroba  chopar. 
Yormozorga  borganda 
Tillo tangalar topar.
Tillo tanga  sirtida 
Yuragimning  zarbi  bor. 
Jarohat chandig'idek 
Ismimiz  bosh  harfi  bor.
Bu  imloni  mullo  ham,
Tulki  ham  o'qiy olmas. 
Tavorihu  hiylodan 
Hikmatlar to'qiy olmas.
Tillo tanga  qalbaki,
Chunki asl  qalbniki. 
Hamma  undan  qo'rqadi 
Qamab qo'yishar balki.
Seni  qalbga  qamasam, 
Qushdek qochib  ketibsan. 
Yayov shoirni tashlab, 
Suvoriyga tegibsan.
Kaftlaringni  ko'rsatgil, 
Kipriklarim  zarbi  bor. 
Xanjar izidek chuqur 
Ismimiz  bosh  harfi  bor.
Ammo  ko'zing  o'tmaydi, 
Oqlartushgan  ko'zingga. 
Ko'tarilib dilingdan 
Dog'lar tushgan  yuzingga.
O'g'il  ko'rsang,  husniga 
Hech taraf bo'lmasin,  yor. 
Ism  qo'ysang,  ismida 
Bosh  harf bo'lmasin,  yor.
Tillo tanga  yaltu  yult, 
Kaftlarimda  siqarman. 
Yuzing  dog'li  bo'lsa  ham 
Oy,  sochingga  taqarman.
Kular shayton  suvoriy, 
Shayton  aroba  chopar.


Sizni  kuylayman  (she'rlar to'plami).  Iqbol  Mirzo
Yormozorga  borganda 
Mening  ko'nglimni topar.
1991

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin