Sizni kuylayman



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/103
tarix01.03.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#53264
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   103
iqbol mirzo sizni kuylayman

BIR LAHZA
Bir lahzada  bahor senga  bo'lar kuz  - 
Toleing  bir lahza jilmayib  boqsa... 
Muhabbatim  bilan  keldim  yuzma-yuz, 
Yer osti  yo'lida...  faqat bir lahza.
Umrim tuproq  edi,  aylana  tuproq, 
Oyog'im  ostida  tuproqlar oqti.
Bu  baxt -  bir-biriga tomon  kavlab  choh, 
Nihoyat uchrashgan  tutqunlar baxti!
Bir lahza  bo'lsa-da,  yashadik  birga, 
Dildan  tuproq  ketdi,  ko'zdan  ketdi  kir. 
Men  nechun  shukrona  aytmay taqdirga, 
Men  uni  ko'rdim-ku,  ko'rdim-ku,  axir!
Aziz qadamjolar men  uchun  tamom,


Sizni  kuylayman  (she'rlar to'plami).  Iqbol  Mirzo
Ularga  ta'zimlar qilay  nega  men? 
Har kuni  shoshaman  yerosti tomon, 
Faqat o'sha joyga  boshim  egaman.
Bugun  seskantirdi,  bir sovuq  savol, 
Tilimni tishladim,  tishlarim  sindi. 
Nahot,  yer ustida  bizga  yo'q  visol, 
Nahot,  yer ostida  ko'rishsak endi?!
1994
HOZIR
Hozir qo'lingiz yoysangiz qanot bo'lar,
Qadam  tashlasangiz qorda  qolmaydi  iz.
Bilib  qo'ying,  har qanday qush  bir kun  qo'nar, 
Qachonlardir biz albatta  uchrashamiz.
Hozir imo aylasangiz,  yulduz  hozir,
Hilol  qoshingizga  qo'nar hozir,  oy qiz.
Siz  bilmaysiz,  yuragimda  nelar bordir, 
Qachonlardir biz albatta  uchrashamiz.
Hozir sizga  simyog'och  ham  gullar tutar, 
Balog'at bu  sargasht xayol,  betizgin  his.
Men  kutaman,  erta  o'tar,  indin  o'tar. 
Qachonlardir biz albatta  uchrashamiz.
Hozir meni  mensimaysiz,  lab  burasiz, 
Tushingizda  shahzodalar cho'kadi tiz.
Meni  izlab topib,  yig'lab gapirasiz, 
Qachonlardir biz albatta  uchrashamiz.
Hozir bilmaysiz dunyoning  yolg'onini, 
Nazdingizda  men  yolg'onchi,  men  betamiz. 
Qulog'ingizga  aytaman  qolganini, 
Qachonlardir biz albatta  uchrashamiz.
1994

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin