Sizni kuylayman


KOZLARIMDAN  KO  ZLARINGIZ  KETMADI, YOR!



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/103
tarix01.03.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#53264
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   103
iqbol mirzo sizni kuylayman

KOZLARIMDAN  KO  ZLARINGIZ  KETMADI, YOR!
Tubida  tosh  dumalatib  soylar о ' tdi, 
Elkasida  yaraq-yaraq  oylar о ' tdi. 
Qamishlarning  boylamida  nay tar о ' tdi, 
Sizdan  tekkan  iztiroblar о ' tmadi,  yor,
Ко 'zlarimdan  ко 'zlaringiz ketmadi,  yor.
MENI  DESA...
Osmonimni  obod  qilgan  qamar eding, 
Balolardan  saqlaguchi tumor eding. 
Ko'zlarimga  mudom  ko'zi  xumor eding, 
Yo'llarimni yoshing  bilan  yuvar eding,
Meni  desa joningni  ham  berar eding.
Jon  chekarding  ozor etsa  gar jonimga,
Ming  aldasam,  ishonarding  yolg'onimga. 
Nogoh tikan  botar bo'lsa  tovonimga 
Tikanlarni  kiprigingda terar eding,
Meni  desa joningni  ham  berar eding.
Gulmi  eding,  bog'dan  o'zim  yulganmidim, 
Qulmi  eding,  seni  sotib olganmidim.
Bir kun  yolg'iz qolishimni  bilganmidim... 
Nechun  menga  hayrat ila  qarar eding,
Meni  desa joningni  ham  berar eding.
Yaproqlarga  shodon-shodon  so'ylardim  men, 
Gulbog'larga  pinhon-pinhon  bo'ylardim  men, 
Seni  o'pib,  begonani o'ylardim  men,
Asli  menga  sen  hammadan  kerak eding,
Meni  desa joningni  ham  berar eding.
Yo'qsan,  seni yo'qlab yo'llar qaragim  yo'q, 
Yurak yutib  boray desam,  yuragim  yo'q. 
O'zimga  ham  endi  meni  keragim  yo'q,
Meni  hatto  mendan  ziyod  sevar eding,
Meni  desa joningni  ham  berar eding.
1995


Sizni  kuylayman  (she'rlar to'plami).  Iqbol  Mirzo
IZSIZ  KETDI
Izsiz  ketdi  sharqiragan  anhorlarim,
Esiz  ketdi  gurkiragan  bahorlarim, 
Ko'zlarimdan  kiprik  kabi  to'kildilar 
Sevganlarim,  dilbarlarim,  dildorlarim.
Sevdim  yurtning  shamshodiyu  archasini, 
Suydim  soyning  sokinligi,  sachrashini. 
O'nta  qizni  sevgan  bo'lsam,  o'rni  boshqa, 
Qirqta  bo'lsa,  qilig'i  xush  barchasining!
Men  daraxtman,  yaprog'i  bor,  ildizi  yo'q, 
Xazon  quchgan  tuproqdirman,  gul  isi  yo'q. 
Osmon  to'la  yulduzlarni  kashf aylagan 
Munajjimman  -  manglayida yulduzi yo'q.
Goho gullar sochdi  menga  kuz-qishlarim, 
Goho  kullar sochdi tanish-bilishlarim. 
Bugun  yolg'iz o'ylanaman,  o'rtanaman: 
Urmadimi go'zallarning  qarg'ishlari?
Bu  yo'l  menga  sayr edi,  sayil  edi,
Sevgisiz  kun  -  hafta  edi,  oy  -  yil  edi.
Men  qizlarni  aldashni  ko'p  istamasdim, 
Qizlar o'zi  aldanishga  moyil  edi.
1995

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin