Sizni kuylayman



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/103
tarix01.03.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#53264
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   103
iqbol mirzo sizni kuylayman

XAZON  SOKIN  QUYILARDI
Xazon  sokin  quyilardi  -  kech  kuz edi, 
Ko'nglim  kuzdan  abgor edi  -  muz-muz edi.
Nigohimdan  diydiragan  hashoratlar 
Kechagina  parpiragan  yulduz edi.
Ostonadan  oyoq  uzib chiqib  ketdim,
U  ostona  emas,  balki  ildiz edi.
Afsun  tekkan  kabi  barcha  yaqinlarim, 
Qancha  yaqin  borsam  shuncha  olis edi.
Butun  dunyo qarshi  edi  menga,  ruhim  - 
Qilichmonand  yalang'och  va  yolg'iz edi.


Sizni  kuylayman  (she'rlar to'plami).  Iqbol  Mirzo
Zahar ichib so'ng  pushaymon  bo'lgan  kabi 
Bu  olamdan  ko'nglim  to'la  afsus edi.
1996
YETIB  KELDIM
Yetib  keldim,  mana  muhabbat yurti,
Tilimda tupukday quridi  kalom.
Eshik  halqasini  uch  bora  urdim:
Assalom...  Assalom...  Assalom...
Men  gulshan  kutgandim,  gulxan  ko'rindi, 
Safo  izlab,  topdim  qip-qizil  sahro.
Yuzimga  uch  karra  hovur urildi:
Marhabo...  Marhabo...  Marhabo...
Nahot otashgohlar orzu  qilganim?
Nahot olov  ichra  qolarman  mangu?
Ajab,  huzur topdi  ruh  ila  tanim:
Alhamdu...  Alhamdu...  Alhamdu...
Tanidim.  Va  sekin  o'zimdan  kuldim,
Quling  qullug'ini  qabul  et,  ey yor!
Afsus,  besar umrim,  esiz  hayf umrim: 
Istig'for...  Istig'for...  Istig'for...
Xushbo'y chechaklardan  burarkan  yuzni, 
May,  cholg'u,  qizlardan  bo'larkan judo,
Hech  kim  mendek shodon  aytmas  bu  so'zni: 
Alvido...  Alvido...  Alvido...
1996
BIRDAN-BIR
Birdan-bir o'ynoqi,  shaffof ruh  eldi, 
Shakkar sovurildi  bebosh  shamolda. 
Birinchi  qor kabi  birinchi  sevgi 
Faqat osmondadir,  faqat xayolda.
Yerda  ko'zyoshimi yo suvmi edi? 
Bilmadim,  lekin  qor emas  har holda. 
Birinchi  qor kabi  birinchi  sevgi 
Faqat osmondadir,  faqat xayolda.


Sizni  kuylayman  (she'rlar to'plami).  Iqbol  Mirzo
Qadim  qonunlarni  bo'lmaydi  engib, 
Kim  uni  asragan,  kim  tutib  qolgan? 
Birinchi  qor kabi  birinchi  sevgi 
Faqat osmondadir,  faqat xayolda.
Mening  sochlarimga  bitsaydi  sezgi, 
Agar til  bo'lsaydi  sening  ro'molda. 
Birinchi  qor kabi  birinchi  sevgi 
Faqat osmondadir,  faqat xayolda.
Darvoqe,  bu  yerga  ne sabab  keldim? 
Na  savol,  na javob  bor bu  ayolga... 
Birinchi  qor kabi  birinchi  sevgi 
Faqat osmondadir,  faqat xayolda.
1996

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin