Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 610
w www.oriens.uz February 2022 inoyat etilgan» xususiyat bо‘lib, ijtimoiy munosabatlarga moslashishni ta’minlash
uchun insonlar bilan munosabatni tekis ketishini ta’minlaydi[2, b.69].
“Sotsial intellekt” tushunchasini birinchi marta 1920 yilda E.Torndayk
psixologiya fanida qо‘llagan. U bu tushuncha yordamida shaxslararo munosabatlarni
oldindan kо‘ra bilishlikni tasvirlaydi va uni insonlar о‘rtasidagi munosabatlarga davr
nuqtai nazari bilan yondashishni qiyoslaydi. Intellektning quyidagi ikki turiga e’tibor
qaratadigan bо‘lsak, abstrakt intellekt - bu abstrakt, verbal va matematik belgilarni
tushunish va ularning yordami bilan turli aqliy harakatlarni amalga oshirish
qobiliyatini bildiradi, ijtimoiy intellekt - odamlarni tushunish va ular bilan
munosabatlarga kirishish qobiliyatidan iborat. Sotsial intellektni о‘lchashga
mо‘ljallangan birinchi ishonchli testni yaratgan J.Gilford uni umumiy intellekt
omilidan mustasno tarzda va eng avvalo xulq-atvorga oid axborotlarni tushunishi
bilan bog‘liq bо‘lgan intellektual qobiliyatlar tizimi sifatida о‘rgangan.
Metodika muallifi Dj. Gilford ijtimoiy intellekt masalasiga umumiy intellektga
bog‘liq bо‘lmagan, ammo xulq-atvor orqali ma’lumot olish bilan bog‘liq intellektual
qobiliyatlar tizimi deb izohlagan. Gilfordning konsepsiyasiga kо‘ra ijtimoiy intellekt
о‘zida 6 omilni birlashtirgan:
Xulq-atvor elementlarini bilish –xulq-atvordagi sо‘z (verbal) va sо‘zsiz
(noverbal) mazmundagi xatti-harakatlarni ajrata olish qobiliyati.
Xulq-atvorni sinflarini bilish –xulq-atvor haqidagi ekpressiv yoki vaziyatli
axborotlar oqimidagi umumiy xususiyatlarni anglash qobiliyati;
Xulq-atvor munosabatlarini bilish-munosabatlarni tushunish qobiliyati ;
Xulq-atvor tizimini bilish – odamlar о‘zaro ta’sirlashuvidagi yaxlit
vaziyatlarning rivojlanish mohiyatini, ularning bu vaziyatlardagi xulq-atvor
mazmunini tushunish qobiliyati;
Xulq-atvordagi о‘zgarishlarni bilish –har xil vaziyatlardagi kechayotgan xulq-
atvor mazmunini о‘zgarishini tushunish qobiliyati;
Xulq-atvor natijalarining tushunish – mavjud axborotdan kelib chiqib, xulq-
atvor oqibatlarini kо‘ra olish qobiliyati [2, b.70].
80-yillarda D.Kit tomonidan yaratilgan testlar axloqiy yoki odob bilan fikrlashni
baholashga mо‘ljallangan edi.
M.Ford va M. Tisak intellektni baholashning negizida muammoli holatlarning
tо‘g‘ri yechimini topish yotishini ta’kidlaydilar. Ular ijtimoiy intellekt ijtimoiy
axborotlarni qayta ishlash bilan bog‘liq bо‘lgan mental qobiliyatlarning aniq va
mutanosib guruhini о‘z ichiga olishini kо‘rsata bildilar. Bu qobiliyat guruhi esa о‘z