Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 611
w www.oriens.uz February 2022 о‘rnida “formal” tafakkur asosini tashkil qiluvchi va “akademik” intellekt testlari
bilan tekshiriluvchi qobiliyatlardan tubdan farq qiladi.
R.Shternberg (1981) tadqiqotlar о‘tkazib, ijtimoiy intellekt tushunchasiga
quyidagilar kirishini kо‘rsatib о‘tgan:
1.
Amaliy masalalarni hal qilish qobiliyati. Odam mantiqiy fikr yuritadi,
muammoning barcha tomonlarini kо‘ra biladi, tо‘g‘ri yechimga kela oladi, zarur
axborotlarning original manbalariga murojaat etadi, barcha dalillarni eshitadi.
2.
Verbal qobiliyat. Aniq va ravon tilda gapiradi, о‘qiganini yaxshi
tushunish, lug‘at boyligi kuchli va yaxshi, yozma nutqida muammolarga duch
kelmaydi; odamlar bilan oson va samimiy muomalaga kirishadi va hokazo.
3.
Ijtimoiy kompetentlik. Boshqa odamlar qanday bо‘lsalar, shundayligicha
qabul qiladi; uchrashuvlarga kechikmaydi; tо‘g‘ri xulosa va qarorlarga kela oladi;
boshqalarning xohish va extiyojlarini seza biladi; qiziquvchan va hokazo. Ijtimoiy
intellektni juda kо‘p hollarda donolik deb biladilar.
E.Torndayk ijtimoiy intellektni oddiy intellektdan farqli deya ta’kidlagan.
Kо‘plab mualliflar ijtimoiy intellektni akademik va formal intellekt qobiliyatlaridan
farq qiluvchi mental qobiliyatlarning mustaqil guruhi sifatida tavsiflaydilar.
Ijtimoiy intellektning funksiyalari quyidagilardan iborat:
1) О‘zgaruvchan sharoitlarda adekvatlikni va moslashuvchanlikni taminlashi;
2) Taktik va strategik yo’nalishlarda о‘zaro muvaffaqiyatli mutanosiblik
dasturlari va rejalarini shakllanishi, joriy masalalarni hal qilish;
3)
Shaxslararo
munosabatlardagi
voqealarni
rejalashtirish
va
ularni
rivojlanishini prognoz qilish;
4) Motivasion funksiya;
5) Ijtimoiy raqobatbardoshlikni kengaytirish;
6) О‘z-о‘zini shakllantirish, о‘z-о‘zini anglash, о‘z-о‘ziga saboq berish.
Ijtimoiy intellektning asosiy vazifalaridan biri uzoq muddatli о‘zaro
munosabatlarni shakllantirishdir. О‘zaro munosabatlarning darajasi va xarakterini
tushungan holda kelajakda bir-biriga ijobiy ta’sir о‘tkazish va munosabatlarni
mustahkamlashdan iboratdir.
Sotsial intellekt muayyan vaqt uchun asab-psixik holatni, ijtimoiy muhit
omillarini va ijtimoiy munosabatlarning qanchalar muvaffaqiyatliligini aniqlaydi,
shuningdek, uni energiya konsunerasiyasini talab qiluvchi, emosional zо‘riqish, stress
noqulayliklari, favqulodda holatlarda hamda shaxs inqirozi holatlarida saqlash
imkoniyatini beradi.