Sjif 2022: 947 Advanced Sciences Index Factor asi factor = 7


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/12
tarix11.06.2022
ölçüsü0,53 Mb.
#61232
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
o-zbekistonda-yoshlar-bandligini-ta-minlashda-investitsiyalarning-roli

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 5/2 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
534 
w
www.oriens.uz
May
2022
 
o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida haqiqatda ishlagan vaqtidan qat’i nazar, bazaviy 
hisoblash miqdorining kamida 50 foizi hajmida to‘laydi. Ushbu summa to‘liqligicha 
byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga yo‘naltiriladi. Shundan kelib chiqqan 
holda YaTTlar uchun o‘rnatilgan tartibda pensiya hisoblash uchun daromad hajmi 
aniqlanadi . 
Keyingi yillarda davlatimiz rahbarining aynan ishsizlik muammosini hal 
etishga qaratilgan chora-tadbirlari bu borada qator ijobiy natijalar bermoqda. Ayniqsa, 
ishsiz yoshlarni ish o‘rinlari bilan ta’minlashga yunaltirilgan ishlar haqida alohida 
to‘xtalib o‘tish maqsadga muvofiq. Xususan, “Har bir yoshga bir gektar” loyihasi 
yurtboshimiz topshirig‘iga asosan hokimliklar, sektor rahbarlari va mutasaddi 
tashkilotlar hamkorligida amalga oshirilmoqda. Ushbu loyiha doirasida 2020-yilning 
I-choragi natijalariga ko‘ra, respublika bo‘ylab jami 25 mingdan ziyod gektar yer 
maydonlari yoshlarga ajratildi. Jumladan, 1277 ga. sabzavot, 1787 ga poliz, 10296 
ga dukkakli ekinlar, 7727 ga boshoqli don ekinlari va 391 ga kartoshka ekish uchun, 3 
866 ga esa bog‘ yaratish uchun ajratib berildi. 
Respublikamizda vaqtincha ishsizlik mavjudligi sabablaridan biri – ishchi 
kuchiga bo‘lgan talab va taklif o‘rtasidagi nomutanosiblikdir. Ya’ni ish bilan band 
bo‘lmagan aholining katta qismi malakasiz xodimlar va mehnat bozoriga birinchi 
marta chiqayotgan yoshlarni tashkil etmoqda. Aksincha, iqtisodiyot tarmoqlarida 
yuqori malakaga va ish tajribasiga ega bo‘lgan kadrlarga talab ortib bormoqda. 
2020- yil 11-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentimiz tomonidan 
imzolangan “Kambag‘al va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning 
mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga o‘qitishga qaratilgan hamda aholi 
bandligini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaror ham 
aholini tadbirkorlik faoliyatiga yanada keng jalb qilish va qonuniy mehnat faoliyatini 
amalga oshirish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlarni yaratishda muhim ahamiyat 
kasb etadiPrezidentimiz qaroriga asosan, ushbu loyihalar ijrosini ta’minlash uchun 
Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga Inqirozga qarshi kurashish 
jamg‘armasidan 2020-yil uchun ajratiladigan mablag‘larga qo‘shimcha ravishda 150 
milliard so‘m mablag‘ ajratiladi. 
Bu chora-tadbirlar makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga, iqtisodiyot 
rivojlanishiga, aholining hayot darajasi va sifati izchil o‘sishiga mustahkam zamin 
yaratmoqda.Ish bilan bandlikda yoshlarning ijtimoiy va iqtisodiy vazifalari ularing 
mamlakat mehnat potensialini shakllantirishdagi roli bilan belgilanadi. Bu guruhda 
shartli ravishda ikki katta guruhni -o‘quvchilar va ishlovchi yoshlarni ajratib 
ko‘rsatish mumkin. 



Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin