2.10-rasm. Optik Furye spektrometrining sxemasi.
Furye spektrometri Maykelson interferometri bo'lib, unda ko'zgulardan biri harakatchan bo'lib, bu nurlar yo'lidagi farqni o'zgartirishga imkon beradi. Oyna kompyuter tomonidan boshqariladigan mexanik boshqaruvchi tomonidan almashtiriladi: 1 - oq yorug'lik manbai yoki tekshirilgan manba; 2 - kollimator linzalari; 3 - tekshiriluvchi modda bilan kyuvetka; 4 - lazer; 5 - lazerdan nurlarini qaytaruvchi ko’zgu; 6 – nurni qabul qiluvchi fotodetektori; 7 – qo’zg’almas oyna; 8 - harakatlanuvchi oyna; 9 - harakatlanuvchi oynaning mexanik boshqaruvchisi;
40
10 - fotodetektor linzalari; 11 - fotodetektor; 12 - kompyuter orqali interferogrammani boshqarish va qayta ishlash; 13 - nurni ajratuvchi plastinka.
Kuchsiz yutuvchi moddalar uchun ko’p yo’lli kyuvetadan foydalaniladi. Ularda optik yo’l uzunligi parallel ko’zgu tizimlaridan ko’p marotaba akslanishi hisobiga 100 metrlarga yetadi. Matritsali izolyatsiya usuli keng tarqalgan bo’lib, ularda tadqiq qilinayotgan gaz argon bilan aralishtiriladi, so’ngra esa aralashma muzlatiladi. Natijada yutilish yo’lagining yarim kengligi keskin kamayadi va spektr kontrastroq bo’ladi. Maxsus mikroskopik texnikadan foydalanish juda kichik o’lchamdagi (nm ulushlarida) jismlar bilan ishlashga imkon beradi.
Infraqizil spektrlarini qayd qilish uchun qattiq jismli namunalarni tayyorlash ikkita usul bilan amalga oshiriladi:
Suspenzion usul namunani mayda dispersion holatgacha (zarralar o’lchami 2-7 mkm) surtiladi va n sindirish ko’rsatgichi namunanikiga yaqin bo’lgan immersion suyuqlikda tayyorlashdan iboratdir. Bunda matritsa sifatida odatda vazelin moyi, ftorlangan yoki xlorlangan moy ishlatiladi. Olingan yarimshaffof pasta shpatel yordamida optik materialdan tayyorlangan darchaga yupqa tekis taqsimlangan parda ko’rnishida surtiladi.
Ishqoriy metallarning galogenidi bilan tabletkaga jipslash namuna tayyorlashning asosiy va universal usuli hisoblanadi. U aniq xovonchada yupqa maydalangan namunani KBr kukuni bilan yaxshilab aralashtirish xamda aralashmani press shaklda jipslantirishdan iboratdir. Natijada shaffof yoki yarimshaffof tabletka olinadi. Sifatli spektrlarni olish uchun moddalarning dispersiyalash darajasi zarralarni o’lchami 2-7 mkm (infraqizil nurlanishning to’lqin uzunligi) yetishi kerak.
Surkashni yengillashtirish uchun ba’zida haydalgan eritgichning (to’rt xlor uglerod yoki geksan) bir nechta tomchisi qo’shiladi. Mazkur eritgich surkashdan keyin bug’lanib ketadi. Eng yaxshi natija jips-shakl vakuumda amalga oshirilganda erishish mumkin. Bunda tabletkaga havoning kiritilishining oldi olinadi.
41
Dostları ilə paylaş: |