2.5. Mass spektroskopiya.
Mass-spektrometr haqida tushuncha. Mass-spektrometr moddaning ionlashgan zarralarini massalari bo’yicha aniqlaydigan asbobdir. Ishi magnit va elektr maydonlarning bo’shliq (vakuum) dagi ionlar dastasiga ko’rsatadigan ta’siriga asoslangan bo’ladi. Mass-spektrometrlar statistik va dinamik Mass-spektrometrlarga bo’linadi.
Statistk Mass-spektrometrning ishi o’zgarmas magnit va elektr maydondagi ionlarning trayektoriyasi nisbatiga bog’liq, bunda m – ion massasi, e – elektr zaryadi.
Dinamik Mass-spektrometrning ishi esa, asosan ionlarning manbadan kollektorgacha bo’lgan masofani o’tish vaqtiga yoki o’zgaruvchan elektr va magnit maydondagi tebranish davriga asoslangan bo’ladi.
Qayd qilish uslubiga ko’ra Mass-spektrometr ionlar dastasini fotografik qayd qiluvchi va ion tokini elektr asboblar bilan qayd qiluvchi xillarga bo’linadi.
Mass-spektrometrning asosiy qismlariga:
ion manbalari (tekshirilayotgan modda ionlashib, ma’lum yo’nalishda ion dastasi hosil qilinadi);
Qabul qilish qurilmasi (bir yoki bir necha maxsus elektrodlar – ion kollektordan iborat). Ion kollektorlari ion toki kuchaytirgichlari va hisoblash asboblariga ulanadi. Mass-spektrometrda, shuningdek tekshirilayotgan gazsimon moddani ion manbayiga o’tkazuvchi, qurilma vakuum manometrlar
sistemasi, ion tutqichlar, ion manbayi va 10-7 – 10-5 mm. simob ustuni bosimini vujudga keltiruvchi vakuum nasoslardan iborat bo’ladi. Mass-spektrometrning
ion manbayi analizator va ion tok manbayiga ulanadi.
Jism (yoki suyuqlik) tarkibidagi modda massasini aniqlashning har xil usullari mavjud.
42
Masalan, Duplet usuli bilan dispersion chiziqlar orasidagi masofa aniqlanadi va shu masofa bo’yicha massalar farqi topiladi. Ionlar tokini o’lchash usuli bilan moddalar massasi aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: |