Smeta tuzish. Reja


-§. Tashkilotlarning budjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha smetalarini ro‘yxatdan o‘tkazish



Yüklə 62,21 Kb.
səhifə14/15
tarix22.10.2023
ölçüsü62,21 Kb.
#159481
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Smeta tuzish.

4-§. Tashkilotlarning budjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha smetalarini ro‘yxatdan o‘tkazish
74. Tashkilotlarning belgilangan tartibda tasdiqlangan budjetdan tashqari mablag‘lar (Budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg‘armasi va Tibbiyot muassasalarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi bundan mustasno) bo‘yicha smetalari va budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan saqlanadigan xodimlarning shtat birliklari bo‘yicha shtatlar jadvali tegishli moliya organlariga ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim qilinadi.
Tashkilotlarning budjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha smetalarni ro‘yxatdan o‘tkazish va ro‘yxatdan o‘tkazishni rasmiylashtirish tartibi mazkur Nizomda xarajatlar smetalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va rasmiylashtirish uchun belgilangan tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi.
75. Tashkilotlarning budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha smetalari alohida ro‘yxatdan o‘tkazish kartochkalarini berish yo‘li bilan rasmiylashtiriladi. Ro‘yxatdan o‘tkazish kartochkasi yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan tashkilotlarga beriladi.
Yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan, boshqa tashkilotning tuzilmaviy bo‘linmasi bo‘lgan tuzilmalar shu tashkilot bilan birga bitta ro‘yxatdan o‘tkazish kartochkasi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
VI. Nazorat va javobgarlik
76. Budjet intizomiga rioya qilinishini nazorat etilishini ta’minlash maqsadida, xarajatlar smetasi va shtatlar jadvali ro‘yxatdan o‘tkazilgandan so‘ng bir haftalik muddatda budjetdan moliyalashtiriladigan vazirliklar va idoralarning rahbarlari tomonidan vazirliklar va idoralarda, shuningdek ularga bo‘ysunuvchi tashkilotlarda budjet intizomiga rioya etilishini ta’minlovchi buyruqlar chiqariladi. Buyruqlarda quyidagilar tartibga solinadi:
budjet intizomiga rioya qilish, xarajatlarni tasdiqlangan mablag‘lar doirasida amalga oshirish;
bo‘ysunuvchi tashkilotlar rahbarlarining quyidagilar bo‘yicha majburiyatlari:
budjet intizomiga rioya qilinishi nazoratini tashkil qilish va amalga oshirish;
budjetga keltirilgan zararni qoplash bo‘yicha choralarni qo‘llash;
budjet intizomini buzgan shaxslarni javobgarlikka tortish.
77. Kommunal xizmatlari (issiqlik va elektr energiyasi, gaz, issiq va sovuq suv, kanalizatsiya) bo‘yicha tashkilotlar uchun belgilangan pul va naturadagi limitlarga rioya qilishni ta’minlash maqsadida buyruqlarda, shuningdek quyidagilarga javobgar bo‘lgan mansabdor shaxslar ko‘rsatiladi:
kommunal xizmatlar iste’mol qilish limitlarini tasarruflaridagi tashkilotlarga yetkazish;
belgilangan limitlar doirasida kommunal xizmatlar ta’minotchilari bilan shartnomalar tuzishni ta’minlash;
kommunal xizmatlar iste’moli hisobini o‘lchagich asboblarini o‘rnatish va ularning ishlashi ustidan nazorat o‘rnatish;
belgilangan limitlardan ortiqcha xarajatga yo‘l qo‘ygan quyi tashkilotlarning bosh hisobchilari va rahbarlarini javobgarlikka tortish yuzasidan choralar ko‘rish;
kommunal xizmatlar ta’minotchilarini, shartnomalarda ko‘rsatilgan hajmlardan va mablag‘lardan ortiqcha xizmat ko‘rsatayotgan xizmatlar uchun haq to‘lanmasligi to‘g‘risida ogohlantirish;
ko‘rsatilgan buyruqlarni bajarish.
78. Buyruq chiqarilgandan so‘ng uch kun muddat ichida uning bir nusxasi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etiladi.
79. Buyruqlar bilan quyidagilar bir haftalik muddat ichida imzo qo‘ydirib tanishtiriladilar:
budjetdan moliyalashtiriladigan vazirliklar va idoralar rahbarlarining o‘rinbosarlari;
ushbu vazirliklar va idoralarning reja-iqtisod xizmatlari xodimlari;
budjet mablag‘larining sarflanishiga mas’ul bo‘lgan boshqa xodimlar;
quyi tashkilotlarning rahbarlari va bosh hisobchilari.
80. Har yili birinchi chorakda moliya organlari barcha tashkilotlarining xarajatlar smetasi (budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha smeta va vaqtinchalik xarajatlar smetasi)ni tuzilishi, tasdiqlanishining to‘g‘riligini va o‘z vaqtida yetkazilishini tekshirishdan o‘tkazishi, hududiy moliya organlari tomonidan mazkur ishlarni o‘z vaqtida va sifatli olib borilganligini tizimli nazorat qilishi, tekshiruvlarni tashkillashtirishda va o‘tkazishda ularga zarur yordamlarni ko‘rsatishi lozim.
Tekshirish tasdiqlangan dasturga muvofiq amalga oshiriladi.
81. Ko‘rsatilgan tekshirishlarni o‘tkazishda quyidagilar zarur:
smeta-moliya hujjatlarini, bunda budjet mablag‘laridan qonunchilikka va budjet mablag‘larini tejamli yo‘naltirilishiga qat’iy rioya etilishiga erishgan holda, chuqur tahlil qilishni va har tomonlama o‘rganishni amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirliklari, idoralari, hokimiyatlarning tegishli boshqarmalari va bo‘limlarida xarajatlar smetasini ko‘rib chiqish, tasdiqlash va o‘z vaqtida tashkilotlarga yetkazish bo‘yicha ishlarni to‘g‘ri tashkillashtirishga erishish;
daromadlarning to‘liq hisobi, pul mablag‘larining o‘tuvchi qoldiqlari, bu mablag‘lardan tejamli va samarali foydalanishni inobatga olgan holda, budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha daromadlar va xarajatlar smetasining tuzilishining qonuniyligi va rejalashtirishning asoslanganligini e’tiborga olish;
smetani rejalashtirishda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishda tezkor holda chora-tadbirlarni qo‘llash, smeta xarajatlari bo‘yicha aniqlangan ortiqcha ajratilgan mablag‘lar summasini bu haqda tashkilot rahbariga xabar bergan holda o‘z vaqtida budjetdan moliyalashtirish miqdorini qisqartirish.
82. O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirliklari va idoralari, hokimiyatning boshqarmalari va bo‘limlarida smetani rejalashtirish holatini tekshirish natijalari bo‘yicha zarur hollarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, tegishli hokimiyatlarga axborot berilishi, qoida buzilishlarni yo‘qotish bo‘yicha takliflar berilishi va aniqlangan ortiqcha ajratilgan mablag‘lar summasini xarajatlar smetasi bo‘yicha tayinlashni kamaytirilishi mumkin.
Tashkilotlarning smeta xarajatlarining to‘g‘ri tuzilishi, tasdiqlanishi va o‘z vaqtida yetkazilishi bo‘yicha tekshirish natijalari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va hududiy moliya organlarida muntazam umumlashtiradi va ko‘rib chiqiladi hamda ushbu ishlarni yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilinadi.
83. Tashkilotlarning smeta ijrosi bevosita ushbu tashkilot rahbarlari tomonidan amalga oshiriladi. Budjet mablag‘laridan tasdiqlanmagan xarajatlar smetasi, xarajatlar smetasida ko‘zda tutilmagan tadbirlar, shuningdek budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha smetada yoki umumlashgan smeta va alohida xarajatlar smetasida tayinlanganidan ortiq summalarda xarajat qilish taqiqlanadi.

XULOSA

Xarajatlar smetasiga ish haqi uchun mablag‘lar qonunchilik bilan belgilangan maoshlari va ish haqi stavkalari va ularga qo‘shimcha to‘lovlardan, amaldagi namunaviy shtatlar va me’yorlarga rioya qilishdan kelib chiqib kiritiladi. Ishbay usul bilan bajariladigan ishlar uchun ish haqi xarajatlar smetasiga budjet yiliga xarajatlar smetasida ko‘zda tutilgan ish hajmlaridan kelib chiqib kiritiladi;


pedagog xodimlar ish haqi uchun mablag‘larni ajratishda, qonunchilikda belgilangan ish haqi stavkalaridan va o‘quv rejasiga muvofiq daftar tekshirish, sinf rahbarligi va boshqalar uchun qo‘shimcha haq to‘lashni hisobga olgan holda tuzilgan tarifikatsiyalardan kelib chiqilishi lozim;
tibbiyot xodimlari ish haqi uchun mablag‘larni ajratishda, ish haqi stavkalari va qonunchilikka muvofiq mehnatga haq to‘lash shartlarini hisobga olgan holda tuzilgan tibbiyot xodimlari tarifikatsiyalaridan kelib chiqilishi lozim;
oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limda ta’lim oluvchilarni stipendiya xarajatlari belgilangan stipendiyalar miqdori va stipendiya ta’minoti tartibidan kelib chiqqan holda hisoblanadi;
mehnatga haq to‘lash jamg‘armasidan yagona ijtimoiy to‘lovni to‘lash xarajatlari xarajatlar smetasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlariga muvofiq belgilangan stavkalarda, qonunchilikka muvofiq yagona ijtimoiy to‘lov to‘lanadigan barcha to‘lov summalaridan kelib chiqqan holda kiritiladi;
ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta mukofotini to‘lash xarajatlari xarajatlar smetasiga qonunchilikda belgilangan tartibda ish beruvchining barcha xodimlarining o‘tgan yilgi ish haqining haqiqiy xarajatlaridan kelib chiqqan holda kiritiladi;
xo‘jalik xarajatlari, jumladan, kommunal xizmatlar uchun xarajatlar limitlar doirasida kommunal xizmatlar uchun baho va tariflarni hisobga olgan holda hisoblanadi;
telefon va boshqa telekommunikatsiya xizmatlari xarajatlari abonent raqamlari soni va xizmatlar uchun tasdiqlangan tariflaridan kelib chiqib hisoblanadi. Bunda, limitdan oshiq foydalanilgan shaharlararo (davlatlararo) so‘zlashuvlar uchun aloqa xizmatlari, internet bo‘yicha xizmatlar va boshqa aloqa xizmatlari xarajatlari budjet tashkilotlarining xarajatlar smetasida tegishli moliya organlari bilan kelishilgan holda o‘zlarining faoliyat xususiyatlaridan va ushbu xizmatlarga bo‘lgan talabdan kelib chiqib ko‘zda tutiladi;
davolash, bolalar va boshqa ijtimoiy soha muassasalarida ovqatlanishga ketadigan xarajatlar tashkilotlarning har bir turi uchun tasdiqlangan ovqatlanish kunining o‘rtacha yillik sonidan va natural me’yorlaridan kelib chiqib hisoblanadi;


Yüklə 62,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin