So L iqlar va soli q qa torti s h



Yüklə 131,07 Kb.
səhifə4/4
tarix02.01.2022
ölçüsü131,07 Kb.
#46264
1   2   3   4
jismoniy shaxslardan mahalliy soliqlarni undirishdagi mavjud muammolar

1-jadval

O’zbekiston Respublikasi davlat byudjeti daromadlarining 2009-2012 yillardagi dinamikasi4

Ko’rsatkichlar

2009 yil

2010 yil

2011 yil

2012 yil (reja)

mln.so’m




mln.so’m




mln.so’m




mln.so’m




Davlat maqsadli jamg’armalar
daromadlarisiz - jami

1042138 2,5

100

13116396,

9

100

16178563

,5

100

20614100

.0










26,6

3420602,8

26,1

4238732,

8


26,2

5196400.

0


25,2

jami
nis-

n,


%da

jami
nis-

n,


%da

jami
nis-

n,


%da

jami
nis-

n,


%da

100

To’g’ri soliqlar 2769172,

4




4 Manba: O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlariga ilovalar

7





























54,3

























13,3

Ustama foyda solig’i

238498,2

2,3

25695,7

0,2

142314,4

0,8

250000,0

1,2

Boshqa daromadlar

589120,3

5,6

722145,1

5,5

831754,5

5,1

1233500,

0





Egri soliqlar 5162093,

6


49,5 6973809,5 53,1 8656853,

1


53,5 11187800

,0


Mol-mulk solig’i va
resurs to’lovlari

1662498,

0


16,0 1974143,8 15,1 2308908,

7


14,3 2746400,

0


6,0

Yuqoridagi jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, O’zbekiston Respublikasi davlat byudjeti daromadlari yil sayin o’sib borganligiga amin bo’lamiz. Zero, 2009 yilda byudjet daromadlari jami 10421382,5 mln. so’mni tashkil etgan bo’lsa, 2012 yilga kelib 20614100.0 mln. so’mga etishi kutilmoqda. Byudjet daromadlarini shakllantirishda egri soliqlarning o’rni muhim ahamiyatga ega bo’lib, bu turdagi soliqlar 2009 yilda 5162093,6 mln. so’mni tashkil qilgan bo’lsa, 2012 yilda 11187800,0 mln. so’mni tashkil etishi kutilmoqda. Byudjet daromadlarida resurs soliqlari alohida ahamiyatga ega. Bu soliq yer, suv va boshqa resurslardan samarali foydalanishni ta’minlaydi.

Respublikamizda amalga oshirilayotgan izchil soliq-byudjet siyosatining qisqa va uzoq muddatli maqsad va dastaklari davlat byudjeti daromadlar qismida muayyan ulushni egallovchi byudjetning boshqa daromadlari dinamikasiga o’zining ta’sirini o’tkazgan. Masalan, 2009 yilda davlat byudjetida boshqa daromadlar 589120,3 mln. so’mni tashkil qilgan bo’lsa, 20012 yilga kelib, ularning miqdori kupaygan hamda 1233500,0 mln. so’mga teng bo’lgan.

Endi respublika byudjeti daromadlarida mol-mulk solig’i va resurs to’lovlaridan tushumlar tahlilini ko’rib o’tsak:



2-jadval

O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti

daromadlarida mol-mulk solig’i va resurs to’lovlaridan tushumlar5

Ko’rsatkichlar

2009 yil

2010 yil

2011 yil

2012 yil (reja)

mln.so’m




mln.so’m




mln.so’m




mln.so’m




Davlat maqsadli jamg’armalar

10421382

,5

100

13116396,

9

100

16178563,

5

100

20614100.

0




jami
nis-

n,


%da

jami
nis-

n,


%da

jami
nis-

n,


%da

jami
nis-

n,


%da

100



5 Manba: O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlariga ilovalar

8






































16,0

1974143,8

15,1

2308908,7

14,3

2746400,0

13,3

Mol-mulk solig’i

319045,7

3,1

354128,5

2,7

490536,2

3,0

642000,0

3,1

Yer solig’i

275098,8

2,7

303850,1

2,3

346862,9

2,1

446000,0

2,2

Yer qa’ridan

foydalanganlik uchun soliq






















































daromadlarisiz - jami
Mol-mulk solig’i va
resurs to’lovlari

1662498,

0

1024844,

0


9,8 1265000,0 9,6 1409715,0 8,7 1585300,0 7,7

Suv resurslaridan
foydalanganlik uchun
soliq

43509,5 0,4 51165,2 0,4 61794,6 0,4 73100,0 0,3


Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, mol-mulk solig’i va resurs to’lovlari esa yillar bo’yicha kamayish tendentsiyasiga ega, ya’ni 2009 yilda jami daromadlarga nisbatan 16,0 foizni, 2010 yilda 15,1 foizni, 2011 yilda 14,3 foizni tashkil etgan bo’lsa, 2012 yil ko’rsatkichlarida 13,3 foiz bo’lishi rejalashtirilgan. Mol-mulk solig’ining salmog’i esa yillar bo’yicha nobarqarorlik tendentsiyasiga ega, ya’ni 2009 yilda jami daromadlarga nisbatan 3,1 foizni tashkil etgan bo’lsa, 2010 yilda 2,7 foizni, 2011 yilda 3,0 foizni tashkil etgan, 2012 yil prognoz ko’rsatkichlarida 3.1 foiz bo’lishi kutilmoqda. Yer solig’i bo’yicha tushumlar esa yillar bo’yicha kamayish tendentsiyasiga ega, ya’ni 2009 yilda jami daromadlarga nisbatan 2,7 foizni tashkil etgan bo’lsa, 2010 yilda 2,3 foizni, 2011 yilda 2,1 foizni tashkil etgan, 2012 yil prognoz ko’rsatkichlarida 2,2 foiz bo’lishi kutilmoqda.

Xulosa o’rnida aytish mumkinki, yer va mol-mulk soliqlari tarixiy shakllangan soliqlardir, mulkiy munosabatlar soliqqa tortishning ob’ekti ekanligi, yer v mol-mulk solig’i mexanizmining alohida ahamiyatga egaligi, yer va mol- mulk soliqlarining fiskal ahamiyatining mavjudligi, yer va mol-mulk solig’i mavjud mol-mulklar va yerdan maqsadli, unumli va samarali foydalanishga undashi, yer va mol-mulk solig’ini hisoblash tegishli me’riy-huquqiy hujjatlarga asoslangan holda amalga oshirilar ekan.



9


2. Jismoniy shaxslardan mahalliy soliqlarni undirishning amaldagi holati

tahlili.

Jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligi. Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasida yerdan foydalanish va yerga egalik qilish pullidir. Yer solig’i davlat byudjeti va soliq to’lovlari o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni ifodalaydi. Shuning uchun ham u iqtisodiy kategoriyalar turkumiga kiradi. Yer solig’ining iqtisodiy mohiyati, mazmunini ochish uchun davlat byudjeti va soliq to’lovchilar o’rtasidagi yuzaga keladigan ko’p qirrali munosabatlarning xarakterini o’rganish lozim. U ayrim to’g’ri soliqlardan farqli o’laroq, mahalliy soliqlar guruhiga kiradi. Iqtisodiyotni erkinlashtirishda sharoitida yer solig’i davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatini yurgizishda ham muhim o’rin tutadi.

1993 yil 6 mayda “Yer solig’i to’g’risida”gi Qonunning qabul qilinishi yerga bo’lgan egalik munosabatlarini tubdan o’zgartirdi. Aholining keng qatlami yerdan foydalanishda eng asosiy maqsadi yerning unumdorligini oshirish, yerga to’g’ri ishlov berish va yerdan olingan mahsulotlarni halq manfaatlarining qondirilishiga jalb etish bo’lib hisoblanadi.

Hozirgi kunda jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig’i O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 50-bob, 287-294 moddalari asosida undiriladi va huquqiy tartibga solinadi. Mazkur kodeksning 287-moddasiga muvofiq, mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida yer uchastkalariga ega bo’lgan jismoniy shaxslar, shuningdek yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo’jaliklari yer solig’ini to’lovchilardir.

Soliq kodeksining 288-moddasiga muvofiq, jismoniy shaxslar uchun quyidagi yer uchastkalari soliq solish ob’ekti hisoblanadi:

 dehqon xo’jaligi yuritish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga berilgan yer uchastkalari;

10


 yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun meros qilib qoldiriladigan, umrbod egalik qilishga berilgan yer uchastkalari;

 jamoa bog’dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun berilgan, shuningdek yakka tartibdagi garajlar egallagan yer uchastkalari;

 xizmat yuzasidan berilgan chek yerlar;

 meros bo’yicha, hadya qilinishi yoki olinishi natijasida uy-joy va imoratlar

bilan birgalikda mulk huquqi, egalik qilish va foydalanish huquqi ham o’tgan yer uchastkalari;

 qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mulk qilib olingan yer uchastkalari;

 tadbirkorlik faoliyati yuritish uchun foydalanishga yoki ijaraga berilgan yer

uchastkalari.

Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig’i stavkalari O’zbekiston

Respublikasi Prezidenti qarori asosida belgilanadi. 2011 yil uchun jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig’i stavkalari (Toshkent shahri uchun) quyidagi jadvalda berilgan:



3-jadval

Toshkent shahrida yer uchastkalaridan
foydalanganlik uchun yer soligi stavkalari6






Undiriladigan yer solig’i stavkalari

fuqarolardan yakka tartibda uy-joy qurish uchun berilgan 1 kv.m. uchun, so’m

1

92,9

2

117,9

3

142,9

4

167,9

5

192,9

6

217,9

Zona






6 Manba: O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 30 dekabrdagi PQ-1675-son qarori

11





7

242,9

8

267,9

9

292,9

10

317,9

11

342,9

12

367,9

13

392,9

14

417,9


Soliq kodeksining 291-moddasiga muvofiq tadbirkorlik faoliyatida foydalaniladigan yoxud uylar, dala hovli imoratlari, yakka tartibdagi garajlar va boshqa imoratlar, inshootlar, joylar yuridik shaxsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga berilganda yer uchastkalari uchun yer solig’i jismoniy shaxslardan yuridik shaxslardan olinadigan yer solig’ini to’lash uchun belgilangan stavkalar bo’yicha undiriladi hamda ularga Soliq kodeksida nazarda tutilgan imtiyozlar tatbiq etilmaydi.

Jismoniy shaxslar uchun yer solig’idan soliq kodeksida imtiyozlar ko’zda tutilgan bo’lib, 290-moddasiga muvofiq yer solig’idan quyidagi jismoniy shaxslar ozod qilinadilar:

 yaylov chorvachiligining cho’ponlari, yilqiboqarlari, mexanizatorlari, veterinariya vrachlari va texniklari, boshqa mutaxassislari va ishchilari;

 «O’zbekiston Qahramoni», Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bo’lgan, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolar. Mazkur imtiyoz «O’zbekiston Qahramoni» unvoni berilganligi to’g’risidagi guvohnoma, Sovet Ittifoqi Qahramoni va Mehnat Qahramoni daftarchalari, orden daftarchasi yoki mudofaa ishlari bo’limining ma’lumotnomasi asosida beriladi;

 1941–1945 yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari hamda qonun hujjatlarida belgilanadigan doiradagi ularga tenglashtirilgan shaxslar. Mazkur


12

imtiyoz urush nogironining tegishli guvohnomasi yoki mudofaa ishlari bo’limining yoxud boshqa vakolatli organning ma’lumotnomasi asosida, boshqa nogironlarga – Nogironning imtiyozlarga bo’lgan huquqi to’g’risidagi guvohnoma asosida beriladi;

 I va II guruh nogironlari. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiy- mehnat ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi asosida beriladi;

 yolg’iz pensionerlar. Yer solig’ini hisoblab chiqarish davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi. Davlat soliq xizmati organlari yer solig’ini to’lovchilar bo’lgan jismoniy shaxslarning hisobini muntazam yuritadi.

Yer solig’i summasi va uni to’lash muddatlari ko’rsatilgan to’lov xabarnomasi jismoniy shaxslarga davlat soliq xizmati organlari tomonidan har yili 1 maydan kechiktirmay topshiriladi.



Soliq davri uchun yer solig’ini to’lash jismoniy shaxslar tomonidan yiliga bir marta, ya’ni hisobot yilining 15 oktyabriga qadar amalga oshiriladi.

Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk soligi. Mol-mulk solig’i mavjud va moddiy ko’rinishdagi, ya’ni mulk shaklida bo’lgan ob’ektlarga nisbatan qo’llaniladi. Bu soliq turi iqtisodiy mohiyatiga ko’ra to’g’ri soliq sifatida ham amal qiladi. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq 1993 yil 28 dekabrdagi “Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq to’g’risida”gi Qonuni asosida joriy etilgan bo’lib, hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 48-bob, ya’ni 272-277 moddalari asosida undiriladi va huquqiy tartibga solinadi. Mazkur kodeksning 272-moddasiga muvofiq, mulkida soliq solinadigan mol-mulki bo’lgan jismoniy shaxslar, shu jumladan chet el fuqarolari, agar O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, shuningdek yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo’jaliklari jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq to’lovchilaridir.

Soliq solish ob’ekti bo’lib, O’zbekiston Respublikasi hududida joylashgan uy joylar, kvartiralar, dala hovli imoratlari, garajlar va boshqa imoratlar, joylar,


13

inshootlar hisoblanadi. Soliq kodeksining 274-moddasiga muvofiq, ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazuvchi organ tomonidan belgilanadigan soliq solish ob’ektlarining inventarizatsiya qiymati to’lovchilar uchun soliq solinadigan bazadir.

Mamlakatimizda jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig’ini undirishda proportsional soliq stavkasi turi qo’llaniladi. Bunda mol-mulk solig’i ob’ekti qanday qiymatda bo’lishidan qat’i nazar, bir xil ulushda (proportsiyada), yagona stavkada soliq to’lanadi. Masalan, 2012 yil uchun jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig’i stavkalari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 30 dekabrdagi PQ-1675-sonli qarori asosida belgilab berilgan.



2012 yil uchun jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkalari quyidagi jadvalda berilgan:

4-jadval

Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan
soliq stavkalari7

Soliq solinadigan ob’ektlarning nomi

Mol-mulkning inventarizatsiya

qiymatiga nisbatan soliq stavkasi (%da)

Turar joylar, kvartiralar (shahar joylarida umumiy maydoni 200 kv.m. ortiq bo’lganlardan tashqari) dala hovli, garajlar va boshqa imoratlar, xonalar va inshootlar

0,9

Shahar joylarida joylashgan turar joylar, kvartiralarning umumiy maydoni:




200 kv.m. ortiq 500 kv.m. gacha

1.1

500 kv.m. ortiq

1.35




7 Manba: O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 30 dekabrdagi PQ-1675-son qarori

14


Endi imtiyozlar xususida fikrimizni davom ettiramiz. O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 275-moddasi jismoniy shaxslardan olindigan mol- mulk solig’i bo’yicha imtiyozlarga ega bo’lgan shaxslar doirasini tartibga soladi.

Jismoniy shaxslar uchun mol-mulk solig’idan Soliq kodeksida imtiyozlar ko’zda tutilgan bo’lib, 275-moddasiga muvofiq quyidagilarning mulkida bo’lgan mol-mulkka jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq solinmaydi:

 «O’zbekiston Qahramoni», Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bo’lgan, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolarning. Mazkur imtiyoz tegishincha «O’zbekiston Qahramoni» unvoni berilganligi to’g’risidagi guvohnoma, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni daftarchalari, orden daftarchasi yoki mudofaa ishlari bo’yicha bo’limning ma’lumotnomasi asosida beriladi;

 1941–1945 yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari hamda doirasi qonun hujjatlari bilan belgilanuvchi ularga tenglashtirilgan shaxslarning. Mazkur imtiyoz urush nogironining tegishli guvohnomasi yoki mudofaa ishlari bo’yicha bo’limning yoxud boshqa vakolatli organning ma’lumotnomasi asosida, boshqa nogironlarga – Nogironning imtiyozlarga bo’lgan huquqi to’g’risidagi guvohnoma asosida beriladi;

 o’n nafar va undan ortiq bolalari bor ayollarning. Mazkur imtiyozni berish uchun fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organining bolalar borligini tasdiqlovchi ma’lumotnomasi asos bo’ladi;

 Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda ishtirok etganlik uchun imtiyozlar oladigan fuqarolarning (shu jumladan u yerga vaqtincha yo’llangan yoki xizmat safariga yuborilgan shaxslarning). Mazkur imtiyoz tegishincha tibbiy- mehnat ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi, nogironning maxsus guvohnomasi, Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatish ishtirokchisining guvohnomasi, vakolatli davlat organlari tomonidan berilgan, imtiyozlar berish uchun asos bo’ladigan boshqa hujjatlar asosida beriladi;


15


 qonun hujjatlarida belgilangan soliq solinmaydigan maydon o’lchami doirasida pensionerlarning;

 I va II guruh nogironlarining;

 harbiy xizmat majburiyatlarini bajarishda yarador, kontuziya bo’lganlik yoki

shikastlanganlik oqibatida yoxud frontda bo’lish tufayli orttirilgan kasallik oqibatida halok bo’lgan harbiy xizmatchilarning ota-onalari va boshqa turmush qurmagan rafiqalarining (yerlarining);



Belgilangan mazkur imtiyozlar mulkdorning tanlashiga binoan faqat bir mol- mulk ob’ektiga taalluqli bo’ladi. Imtiyozlar jismoniy shaxslar tomonidan tadbirkorlik faoliyati uchun foydalaniladigan yoxud yuridik shaxsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga berilgan soliq solish ob’ektlariga nisbatan qo’llanilmaydi. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblab chiqarish soliq to’lovchining yashash joyidan qat’i nazar, soliq solish ob’ekti joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organlari tomonidan ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazuvchi organning ma’lumotlari asosida amalga oshiriladi.Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq summasi mol-mulkning 1 yanvarga bo’lgan holatiga ko’ra inventarizatsiya qiymatidan va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.

Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to’lash to’g’risidagi to’lov xabarnomasi soliq to’lovchilarga davlat soliq xizmati organi tomonidan har yili 1 maydan kechiktirmay topshiriladi.

Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni soliq davri uchun to’lash hisobot yilining 15 oktyabriga qadar amalga oshiriladi.

16



3. Jismoniy shaxslardan mahalliy soliqlarni undirishning xorijiy davlatlar

tajribasi.

Rivojlangan mamlakatlar soliq tizimi turli xil iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy shart-sharoitlar ta’siri ostida shakllangan. Soliq tizimlari bir-biridan soliqqa tortish, ularning tarkibi, undirish usuli, stavkalari, turli darajadagi hukumatlarning fiskal vakolatlari, soliq bazasi, soliqlarning harakat doirasi, soliq imtiyozlari va boshqa shu kabi mezonlar asosida farqlanadi. Rivojlangan mamlakatlarda soliqlarning quyidagi asosiy shakllari mavjud: jismoniy shaxslar daromad solig’i, yuridik shaxslar daromad solig’i, oborot solig’i yoki QQS, ijtimoiy sug’urta fondlariga ajratmalar, iste’mol soliqlari, mol-mulk solig’i, yer solig’i, meros va sovg’aga soliq va boshqalar. Yuqorida sanab o’tilgan soliq turlari ichida mol-mulk va yer solig’i ham har bir mamlakatning o’ziga xos soliq siyosatidan kelib chiqqan holda shakllangan. Zero, ularning turli darajadagi byudjetlarda tutgan ulushi ham turlichadir. Asosan proportsional harakterga ega bo’lgan mol-mulk va yer oslig’i to’g’ri soliqlar tarkibiga kiradi.

Rivojlangan mamlakatlarda mulkni soliqqa tortish ikki soliq guruhi: mulkning umumiy summasiga soliq va mulkning alohida turlariga soliqlari asosida amalga oshiriladi. Mulkning umumiy summasiga soliq o’z navbatida jismoniy shaxslarning shaxsiy mulkiga soliq va yuridik shaxslar mol-mulk soliqlariga bo’linadi. Mol-mulkka solinadigan barcha soliqlar hududiy yoki mahalliy soliqlarga taalluqli ammo, undirish chegarasi ko’p hollarda markaziy darajada belgilanadi. Maxsus mol-mulk soliqlari tarixan saqlanib qolgan soliqlar hisoblanadi. Bu soliqlarning jami soliq tushumlaridagi ulushi rivojlangan mamlakatlarda qattiq farq qiladi. Agar Buyuk Britaniyada ushbu ulush 10%dan oshig’ini tashkil etgan bo’lsa, Belgiya, Gretsiya, Avstriya, Italiya, Lyuksemburg, Turkiya, Finlyandiya, Shveytsariya, Shvetsiya, Ispaniyalarda ular 1%dan oshadi. Mulkning alohida turlariga soliqlari bo’yicha yuqori tushumli davlatlarga AQSh

17


(9%dan yuqori), Kanada (8%dan yuqori), Yangi Zelandiya (6% atrofida), Avstraliya (deyarli 5%), Irlandiya (2,5%), Frantsiya (2% atrofida) kiradi.8

Mol-mulkka solinadigan soliqlar bo’yicha yuqori ulushli tushumlar ko’chmas mulkdan undiriladi. Inshaot va imoratlarni soliqqa tortishda ularning qurilish materiallari, yerga biriktirish usullari, xajmi va foydalanish maqsadlaridan kelib chiqqan holda soliqqa tortish shartlari differentsiyalanadi. Albatta, turar joylarni va sanoatga tegishli binolarni soliqqa tortish shartlari sezilarli farq qiladi. Yer uchastkalarini soliqqa tortishda qaysi xo’jalik maqsadlarida foydalanishidan kelib chiqqan holda farqlanadi. Imorat qurilgan va qurilmagan yer uchastkalari, qishloq xo’jaligi maqsadlarida ishlatiladigan va ishlatilmaydigan yer uchastkalarini soliqqa tortish tizimi farq qiladi. Odatda ushbu soliq stavkalari yer uchastkasining kadastr qiymatidan foizlarda belgilanadi. Bu soliqlardan davlat mulkida, mahalliy hokimiyat organlari mulkida, shuningdek, qonun-hujjatlarda ko’rsatilgan tashkilotlar mulkida bo’lgan ob’ektlar ozod etilishi mumkin.

Quyidagi davlatlar misolida mol-mulk va yer solig’ining soliq tizimidagi ahamiyatini ko’rib o’tamiz. AQShda mol-mulk solig’ini yuridik va jismoniy shaxslar to’laydilar. Yuridik va jismoniy shaxslar mol-mulkiga solinadigan soliq ko’pchilik shtatlarda undiriladi. Soliq stavkalari shtatlar bo’yicha farqlanadi. Ko’chmas mulkni baqolash bilan shug’ullanadigan soliq idorasi xizmatchilari soliq baholovchilari deb nomlanadilar. Mol-mulk solig’i tushumlari hokimiyat tuzilmalarining barcha darajadagi soliq tushumlarining sal kam 9,0%ini tashkil etadi. AQShda mol-mulk soliqlari shtat va munitsipalitet darjasida undiriladi. Bu soliqqa asosan ko’chmas mulk va xo’jalik uskunalari tortiladi, foyda ko’rmaydigan tashkilotlarga tegishli bo’lgan va ular tomonidan tijorat maqsadlarida foydalanilmaydigan mol-mulk bundan mustasno. Shuningdek federal hukumat, shtatlar hukumatlari va mahalliy hokimiyat organlarining mol-mulki ham soliqqa tortilmaydi. 13 ta shtatda nomoddiy aktivlar: aktsiyalar, qarz majburiyatlari va shu kabilar soliqqa tortiladi. Fuqarolarga tegishli bo’lgan shaxsiy ko’chmas mulk va



8 А.В.Перов, А.В.Толкушкин, Налоги и налогообложение. Учебное пособие, 2-е изд., перераб. и допол.

Москва – ЮРАЙТ, 2003. 87 с.

18


ishlab chiqarish vositalari ham soliqqa tortiladi. Shtat darajasida quyidagi soliq stavkalari: korporatsiya kapitalining 0,75%i miqdorida va yuridik hamda jismoniy shaxslarning soliqqa ttotiladigan mol-mulkiga 0,5dan 5,0%gacha miqdorda belgilangan. Bundan tashqari, munitsipalitet darajasida ham soliq undiriladi. Barcha mol-mulk soliqlari har qanday darajada daromad solig’iga tortiladigan daromadni hisoblab chiqarishda chegiriladi.

Frantsiya byudjetida mol-mulkdan soliq yuqori salmoqqa ega. Bu soliqqa mol-mulk, mol-mulk huquqi va qimmatbaho qog’ozlar tortiladi. Mol-mulk tarkibiga binolar, sanoat va qishloq xo’jalik korxonalari, harakatlanuvchi mulk, aktsiyalar, obligatsiyalar va boshqalar kiradi. Shunisi diqqatga sazovorki, Frantsiyada ba’zi mol-mulk ushbu soliq turidan qisman yoki to’liq ozod etilgan. Shular jumlasiga professional faoliyat doirasida foydalanish uchun mo’ljallangan mol-mulk, qishloq xo’jaligiga oid ba’zi mol-mulk turlari, tarixiy yodgorlik buyumlar, badiiy va kollektsiya buyumlari kiradi.

Buyuk Britaniyada yuridik va jismoniy shaxslarning ko’chmas mulkiga solinadigan soliq mahalliy byudjetni shakllantiruvchi asosiy soliqlardan biri hisoblanadi. Renta to’lovi soliq asosi bo’ladi. U ko’chmas mulk egalari yoki uni ijaraga oluvchmlardan undiriladi. Xullas, mol-mulk solig’i to’lovchilari bo’lib, mulk egalari yoki ishtirokchilari hisoblanadi. Ko’chmas mulk deganda yer tushuniladi. Shuningdek, ushbu soliq to’lovchilari qatoriga uy-joyni ijaraga oluvchilar hamda kvartira haqini to’lovchilar ham kiradi.

Germaniyada yer solig’iga qishloq va o’rmon xo’jaligi korxonalari, kompaniyalar va jismoniy shaxslarning yer uchastkalari tortiladi. Uning stavkasi odatda 1,2%ni tashkil qiladi. Davlat korxonalari, diniy muassasalar yer solig’idan ozod qilingan. Yer uchastkasi bir xo’jayindan boshqasiga o’tganida xarid bahosining 2,0%i miqdorida badal to’lanadi. Mahalliy hokimiyatlar yer solig’ining miqdorini aniqlagan vaqtlarida, qoida tariqasida, qishloq xo’jalik ekinzorlariga ajratilgan yerlarni, o’rmon xo’jaliklarini va boshqa yer uchastkalarini chegaralab qo’yadilar.


19

Xullas, biz yuqorida jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer solig’ining xorijiy davlatlardagi holatini ko’rib chiqdik. Mol-mulk va yer solig’ining xorijiy davlatlar soliq tizimida tutgan o’rni va ahamiyatini, mol- mulkdan olinadigan soliqlar tarkibini ko’rib o’tdik. Natijada mamlakatimiz soliq tizimida foydalansa bo’ladigan foydali tomonlarini taklif qilib o’tdik.

20



4. Jismoniy shaxslardan mahalliy soliqlarni undirishdagi mavjud

muammolar va ularni bartaraf etish yollari.

Jismoniy shaxslar turli mol-mulkini soliqqa tortishni rivojlantirish mahalliy o’zini-o’zi boshqarish organlarining umumiy va moliyaviy mustaqilligini oshirish yo’llaridan biridir. Mol-mulk solig’ining fiskal ahamiyatidan ko’ra, iqtisodiy ahamiyati ko’proqdir. Qayd etish lozimki, jismoniy shaxslar to’laydigan mol-mulk solig’ini undirish mexanizmi boshqa soliq turlarini undirish mexanizmidan bir muncha farq qiladiki, bu farq ularning biroz murakkabligi bilan tavsiflanadi. Biz bu yerda murakkablik deganda soliqni hisoblashni emas, balki, bu soliq turlarini undirish mexanizmini nazarda tutyapmiz. Masalan, jismoniy shaxslardan undiriladigan daromad solig’i yoki tadbirkorlik faoliyatidan olinadiga daromad solig’ini undirish jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig’iga nisbatan oson va qulayligi bilan ajralib turadi. Chunki, daromad solig’i shaxs ishlaydigan tashkilot tomonidan ushlab qolinsa, tadbirkor o’z faoliyatini to’xtatmaslik uchun patent to’lovlarini o’zi ma’suliyat sezgan holda to’lashga harakat qiladi. Bu soliq xizmati organlari ishini engillashtiradi. Ammo, jismoniy shaxslar to’laydigan mol- mulk solig’i xususida bunday fikrni keltirish unchalik o’rinli emas. Sababi, aholi yuqorida sanab o’tilgan soliqlarga nisbatan mol-mulk solig’ini to’lashdan manfaatdorlik darajasi past, shu sababli ular bu soliqni o’z vaqtida to’lashga harakat qilmaydilar. Bu holatlar shunday hulosaga olib keladiki, jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer solig’ini takomillashtirishda ushbu soliqlarni undirish bilan bog’liq jarayonlarga ko’proq e’tibor qaratish lozim.

Jismoniy shaxslarning mol-mulk solig’ini hisoblash va byudjetga to’lash tartibini takomillashtirish masalalari to’g’risida fikr yuritadigan bo’lsak, mol-mulk solig’i mahalliy byudjetni to’ldirishda muhim daromad manbalaridan biri bo’lib hisoblanadi. Bu - bir necha milliard so’m bo’lib, u pirovard natijada tuman aholisiga ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarni qondirish, tuman hududini obodonlashtirish va hokazolar uchun sarf qilinishi tarzida qaytib keladi. Soliqning


21

to’la-tqkis undirilishini ta’minlash soliq inspektorlariga yuklatilgan. Har bir uchastka inspektoriga muayyan hudud biriktirib qo’yilgan bo’lib, uning vazifasiga to’lov xabarnomalarini tarqatish, soliq tushumlarini o’z vaqtida undirishni nazorat qilish kiradi. Muayyan tumanda qancha uy-joylar, kvartiralar, chorbog’ va bog’ uylari, garajlar va boshqa imoratlar, bino va boshqa inshootlar, shuningdek, qancha yer uchastkalar borligi to’g’risida aniq ma’lumotga ega bo’lish, ularning qay darajada to’layotganligini kuzatib borish maqsadida maxsus daftar joriy qilingan.

Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni takomillashtirish maqsadida hozirgacha amalga oshirilgan ishlar, faqatgina jismoniiy shaxslar mol- mulk solig’i stavkasining foiz miqdorini har yili oshirish bilan cheklanib qoldi. 2002 yildan boshlab esa soliq solinadigan mol-mulk tarkibidan transport vositalari chiqarib tashlandi va “Jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg’isi va suyultirilgan gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq” sifatida amalga kiritildi. Endi ushbu soliq turini fuqaro transport vositasidan foydalangandagina to’laydi. Bundan avval esa, transport vositasidan foydalanyaptimi yo’qmi, bundan qat’i nazar egaligida transport vositasi bo’lsa, soliq to’lar edi. Bu esa soliq tamoyillaridan kelib chiqqan holda adolatsiz edi.



Hozirgi kunda jismoniy shaxslarning mol-mulk solig’ini muammoli jihatlaridan biri uni to’liq ro’yxatga olish va qiymatini baholashdadir. Mol-mulkni ro’yxatga olish va qiymatini baholash bilan texnik inventarizatsiyalashning hududiy kadastr bo’limlari shug’ullanadi. texnik inventarizatsiyalashning hududiy kadastr bo’limlari tomonidan aniqlangan umumiy inventarizatsiya qiymati esa jismoniy shaxslar mol-mulk solig’ini hisoblab chiqarish uchun soliqqa tortish bazasi bo’lib xizmat qiladi. Bizning fikrimizcha, TIB tomonidan baholangan mol- mulk qiymati hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitiga to’g’ri kelmaydi. Chunki jahon amaliyotida soliqni hisoblab chiqarishda mol-mulkning bozor bahosi asos qilib olinadi. Mol-mulkni inventarizatsiya qiymati asosida baholashda uning bozor bahosidan kelib chiqmaydi va natijada baholangan qiymat haqiqiy bozor bahosidan

22


kam bo’lib chiqadi. Bu esa o’z navbatida byudjetga tushadigan soliq tushumlariga ta’sir etadi.

Mol-mulk qiymatining aniq baholanmasligi, uning haqiqiy qiymatidan past bo’lishga olib keladi. Buni asosan uy-joy, dala-hovli uylarni baholashda ko’rish mumkin. Mol-mulk qiymatining aniq baholanmasligi natijasida mahalliy byudjetga jismoniy shaxslar mol-mulk solig’i bo’yicha tushumlarning kamayishiga olib keladi. Bu kabi kamchiliklarni oldini olish uchun esa mol-mulkni o’z vaqtida, to’liq ro’yxatga olish va baholash lozim. Mol-mulkni inventarizatsiya qiymati bo’yicha baholashdagi salbiy jihatlar oldi-sotdi jarayonida yuzaga chiqadi. Mol- mulkning oldi-sotdi bitimlarini amalga oshirish chog’ida soliq to’lamaslik yoki soliq summasini kamaytirish maqsadida oldi-sotdi hujjatlari inventarizatsiya qiymati bo’yicha rasmiylashtiriladi. Ammo haqiqatda amalga oshiriladigan bitim esa bozor bahosida tuziladi. Mol-mulkning soliqqa tortilmaydigan minimum qiymatini belgilashda soliq to’lovchi joylashgan hududning rivojlanganlik darajasi, oila a’zolarining soni, soliq to’lovchining ijtimoiy ahvoli, to’lovga qobiliyatlilik darajasi kabi turli xil omillarga e’tibor berish kerak. Shunday qilib, madaniy va hatto, iqtisodiy nuqtai nazardan saqlab qolinishi kerak bo’lgan minimal qulaylik soliqqa tortilmasligi kerak.

Shuningdek, mol-mulk ob’ektining alohida turdagi predmetlarga nisbatan qayta baholashning boshqa usullarini qo’llash va farqli soliq stavkalarini qo’llash zarur. Jismoniy shaxslar mol-mulk solig’idan beriladigan imtiyozlar tahlili, bu soliqning yana bir muammoli tomoni borligini ko’rsatdi. Bu muammo yangi qurilayotgan katta qiymatli uylarning uyni egasi yoki uydan foydalanuvchi jismoniy shaxsning ya’ni, haqiqiy soliq to’lovchi bo’lishi kerak bo’lgan shaxsning nomiga rasmiylashtirilmasdan, balki imtiyozga ega bo’lgan pensionerlar (bobosi, buvisi, otasi, onasi) nomiga rasmiylashtirish hollarining ko’payishi bilan bog’liqdir. Buning natijasida sun’iy soliq imtiyozlarini yuzaga kelishi hisobiga soliq tushumlari kamayishiga sabab bo’ladi. Yuqoridagi imtiyoz turidan foydalanish holati qonuniy hisoblanadi, chunki O’zbekiston Respublikasi Soliq
23

kodeksiga muvofiq pensionerlar (60 m2 maydon uchun)ning, shuningdek I va II

guruh nogironlarining mol-mulkiga soliq solinmaydi deb bayon etilgan.
Xulosa.

Ushbu mavzuni o’rganish natijasida quyidagi xulosalarga ega bo’ldik:

 jismoniy shaxslardan olinadigan yer va mol-mulk soliqlari byudjet daromadlarida kam ulush ega bo’lsada, ammo, soliq tizimida alohida ahamiyatga egadir;

 yer va mulk munosabatlari soliqqa tortiladigan ob’ekt sifatida yuzaga chiqadi;

 davlat mulki hisoblangan yerdan foydalanish pulli hisoblanadi;

 o’z ihtiyorida soliq solinadigan mol-mulkka ega bo’lgan jismoniy shaxslar



mol-mulk solig’i to’lovchilardir;

 o’z mulkida, egaligida yoki foydalanishida yer uchastkalariga ega bo’lgan

jismoniy shaxslar yer solig’i to’lovchilardir;

 jismoniy shaxslar mol-mulki va yer uchastkalari soliq solish ob’ekti

hisoblanadi;

 mol-mulk solig’i stavkalari mulkning qayta baholangan va baholanmagan

qiymatiga alohida belgilangan, yer solig’i stavkalari esa zonalar bo’yicha tabaqalashtirilgan;

Biz jismoniy shaxslar mol-mulk solig’ini takomillashtirish maqsadida quyidagi takliflarni berishni lozim deb topdik:



1. Mol-mulkdan soliq olish mexanizmining samarali ishlashi shu soliq amal qilishini ta’minlab turuvchi soliq qonunchiligining va tegishli me’yoriy hujjatlarning barqarorligiga bevosita bog’liqdir. Tadqiqot natijasiga ko’ra, bu soliq ilk bor qo’llanila boshlagandan to hozirgacha bir necha o’ndan otiq turli o’zgartishlar va qo’shimchalar kiritilgan. Bu, ma’lum bir nuqtai nazardan tabiiy deb qaralsa-da, bizningcha, bu narsaga chek qo’yish vaqti keldi. Bu fikrning to’g’ri ekanligini jahon ilg’or tajribasi ham yaqqol ko’rsatib turibdi.
24

2. Jismoniy shaxslarning soliqqa tortiladigan mulk ob’ektlarini to’liq va o’z vaqtida ro’yxatga olish hamda baholash ishlari aniqligini ta’minlash. Natijada soliq to’lovchilar soni va mahalliy byudjetga soliq tushumlari oshadi. Bunda mulk qiymatini bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqqan holda, bozor bahosida baholashni amalga oshirish lozim. Shu munasobat bilan amaldagi soliq stavkalariga adekvat bo’lgan soliq stavkalarini ishlab chiqish kerak bo’ladi;

3. Xorijiy davlatlar tajribasidan foydalangan holda jismoniy shaxslar mol- mulkini soliqqa tortishda progressiv soliq stavkalarini joriy etish. Progressiv stavka qqllanilganda mol-mulk qiymati tabaqalashtiriladi va kam mol-mulkka ega bo’lgan jismoniy shaxslar past stavkada soliq to’laydi, ko’p mol-mulkka ega bo’lgan soliq to’lovchilar esa yuqoriroq stavkada soliq to’laydilar. Bunday stavkani qo’llashda kam ta’minlanganlar ijtimoiy himoyalanadi. Mazkur soliqni undirishdan asosiy maqsad mahalliy byudjet daromadlarini to’ldirish bo’lgani uchun ham progressiv stavkani qo’llash maqsadga muvofiq bo’lar edi.



4. Ijtimoiy himoyani yanada kuchaytirish maqsadida ko’pgina xorijiy mamlakatlarda qo’llanilayotgan mol-mulk solig’iga tortilmaydigan mol-mulkning minimum qiymatini ham amalga kiritish kerak. Bunda kam ta’minlangan va o’rtahol aholi qatlamlari uchun soliq yukini kamaytirish, ko’pchilik hollarda esa istisno etish uchun ham mol-mulkning soliqqa tortilmaydigan minimal qiymatini joriy etish maqsadga muvofiqdir. Mol-mulkning muayyan miqdori va turi odamlarning zaruriy hayotiy ehtiyoji hisoblanadi. Bunda mol-mulkning zaruriy minimumi soliqqa tortishdan ozod qilinishi kerak va zaruriy ehtiyojdan ortib qolgan qismi soliqqa tortilishi kerak. Mol-mulkning soliqqa tortilmaydigan minimum qiymatini belgilashda soliq to’lovchi joylashgan hududning rivojlanganlik darajasi, oila a’zolarining soni, soliq to’lovchining ijtimoiy ahvoli, to’lovga qobiliyatlilik darajasi kabi turli xil omillarga e’tibor berish kerak. Shunday qilib, madaniy va hatto, iqtisodiy nuqtai nazardan saqlab qolinishi kerak bo’lgan minimal qulaylik soliqqa tortilmasligi kerak.

25



Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. –T.: “O’zbekiston”, 2003

2. O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi. –T.: “Adolat”, 2012

3. O’zbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati to’g’risida”gi Qonuni.

//Xalq so’zi, 1997 yil 29 avgust

4. O’zbekiston Respublikasining “Byudjet tizimi to’g’risida”gi Qonuni. //Soliqlar

va bojxona xabarlari, 2000 yil 14 dekabr

5. O’zbekiston Respublikasining “Soliq maslahati to’g’risida”gi Qonuni. //Xalq

so’zi, 2006 yil 21 sentyab

6. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011yil 30 dekabrdagi “O’zbekiston

Respublikasining 2012 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to’g’risida”gi 1675-sonli Qarori

7. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 24 dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasining 2011 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to’g’risida”gi 1449-sonli Qarori

8. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 22 dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasining 2010 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to’g’risida”gi 1245-sonli Qarori

9. Karimov I.A. “2012 yil Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko’taradigan



yil bo’ladi”. –T.: “O’zbekiston”, 2012

10. Karimov I.A. Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik

jamiyatini shakllantirish – mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy mezonidir. – T.: “O’zbekiston”, 2011

11. Karimov I.A. O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. –T.:



“O’zbekiston”, 2011

12. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning “O’zbekiston



mustaqillikka erishish ostonasida” kitobini o’rganish bo’yicha o’quv-uslubiy qo’llanma. –T.: “O’qituvchi”, 2011

13. Soliqqa oid qonun hujjatlaridagi yangiliklar. –T.: “NORMA”, 2012


26

14. Vahobov A., Jo’raev A. Soliqlar va soliqqa tortish. Darslik. –T: “Sharq”, 2009 15. Malikov T., Vahobov D. Moliya. O’quv qo’llanma. –T.: “IQTISOD-

MOLIYA”, 2010

16. O’zbekiston Respublikasining iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotining mustaqillik

yillaridagi (1990-2010 yillari) asosiy tendentsiya va ko’rsatkichlari hamda 2011-2015 yillarga mo’ljallangan prognozlari: statistik to’plam. –T.: “O’zbekiston”, 2011

17. Gadoev E. Bilvosita soliqlar: qo’shilgan qiymat solig’i, aktsiz solig’i. –T.:



“NORMA”, 2011

18. Jo’raev A., Toshmatov Sh., Abduraxmonov O. Soliqlar va soliqqa tortish.

O’quv qo’llanma, –T.: “NORMA”, 2009.

19. Toshmurodova B. Soliq munosabatlarini optimallashtirish. –T.: “IQTISOD-

MOLIYA”, 2009.

20. Zavalishina I.A. Soliqlar: nazariya va amaliyot. – T.: “Iqtisodiyot va huquq

dunyosi” nashriyot uyi, 2007

21. Almardonov M., Kuzieva N. Soliqlar va soliqqa tortish. –T.: “IQTISOD-

MOLIYA”, 2007

22. Vahobov A. Byudjet-soliq siyosati yaxlitligi. //O’quv qo’llanma. -T.:



“IQTISOD-MOLIYA”. 2005

23. Jo’raev A. Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishning samarali yo’llari.

Monogorafiya. – T.: “Fan nashriyoti”, 2004

24. Yahyoev Q. Soliqqa tortish nazariyasi va amaliyoti. //O’quv qo’llanma. -T.:

2003

25. Kosov M. Nalogooblojenie predprinimatelskoy deyatelnosti. Teoriya i



praktika. –M.: “YuNITI”, 2012

26. Golishcheva L. Nalogooblojenie: planirovanie, analiz, kontrol. –M.: “Knorus”,

2012

27. Kozirin A. Nalogovie protseduri. –M.: “Norma”, 2011



28. Kramarenko L., Kosov M. Nalogi i nalogooblojenie. –M.: “YuNITI”, 2011
27

29. Polyak G. Nalogi i nalogooblojenie. –M.: “YuNITI”, 2010

30. Mayburov I. Nalogovaya politika. Teoriya i praktika. –M.: “YuNITI”, 2010

31. Mayburov I., Ivanov Yu. Nalogovie reformi. Teoriya i praktika. –M.:



“YuNITI”, 2010

32. Jidkova E. Nalogi i nalogooblojenie. Uchebnoe posobie. –M.: “Eksmo”, 2010

33. Perov A.V., Tolkushkin A.V. Nalogi i nalogooblojenie. Uchebnoe posobie. –

M.: “Yurayt”. 2009

34. Milyakov N.V. Nalogi i nalogooblojeniya: Uchebnik. –M.: “Infra-M”, 2008

35. Internet saytlari:


www.fmc.uz

www.mf.uz


www.stat.uz
www.norma.uz
www.gov.uz
www. tfi.uz
www.soliq.uz
www.lex.uz

28

Yüklə 131,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin