Sodaning xalq xo’jaligidagi ahamiyati uning qo’llanishi va tarixi


Absorbtsiya bolimining texnologik sxemasi



Yüklə 198,55 Kb.
səhifə10/13
tarix20.02.2023
ölçüsü198,55 Kb.
#85095
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
SODA. KURS ISHI.1.

5.2.Absorbtsiya bolimining texnologik sxemasi
Absorbtsiya bolimidan chiqayotgan gazlarning ammiakdan tozalanishi yuqori darajada bolishi lozim. Shuning uchun gazlar toza rasol yoki minimal miqdorda ammiakga ega bolgan rassol bilan tozalanadi. Bundan tashqari absorbtsiya bolimida 100-106 n.d. miqdorda amiaki bor rassol hosil bolishi kerak. Buning uchun suv buglar kondensatida NH3 va CO2 gazlar erish natijasida ajralib chikayotgan issiqliklarni chikarib tashlanishi zarur.
Issiqlik chikarib tashlash usullariga kora bir nechita absorbtsiya bulimi texnologik sxemalari mavjud. Kop hollarda fakat suyuq faza sovutish yoki ham suyuq ham gaz fazalarini sovutish bilan taxnologik sxemalar qollaniladi.
Beshinchi rasmda bir vaqtda ikki ta faza sovutish bilan texnologik sxemas korsatilgan. Tozalangan rassol bakga (1) beriladi. Bakdan rassol ozi okishi bilan yuvitgichlarga yuboriladi. Kalonnalarning ikkinchi yuvitgichiga (PGKL-2) (3) rassolning 75% tushadi, qolgan 25% fil`trlarning havo yuvitgichiga (PVFL) (2) yuboriladi. PVFL va PGKL-2 lardan rassol ikki ta oqim bilan absorbtsiya gazlar yuvitgichiga (PGAB) (4) kelib tushadi.
Fil`trlar havosi yuvitgichida vakkum-fil`tr gazmolidan otgan havoning tarkibidagi 0,5-2,0% NH3 yutiladi. Absorbtsiyadan keyin gazlarda kelgan ammiak yuvitgichda (4) rassol bilan yutiladi. Karbonizatsiya bolimidan (10% NH3) chiqayotgan gazlardan PGKL-2 da ammiak yutiladi.
Chiqayotgan gazlar yuvilgandan keyin PGAB dan birinchi absorberga (AB-1) (5) kelib tushadi va undan keyin ikkinchi absorberga (AB-2) (6). Rassolga qarama qarshi AB-2 dan keyin AB-1 dan distillyatsiya bolimidan ammiakli gaz otadi. Bu gaz absorbtsiya bolimiga 700C temperatura bilan keladi. Ikkinchi absorberga kelib tushishidan oldin distillyatsiya gazlari sovutgichida (XGDS) (7) gazlar 580S temperaturagacha sovutiladi. Distillyatsiya bolimidan kelayotgan ammiakning yarim qismi birinchi absorberda yutiladi. Bu gazdan dioksid uglerod gaz ham yutiladi. Ammiak yutilishi va uning dioksid uglerod bilan reaktsiyaga kirishish natijasida birinchi absorberda temperatura 60-630C gacha oshadi. Ikkinchi absorberda ammiakning yutilishi rassol va gazning trubkali sovitgichlarda sovitilishi bilan otkaziladi. Sovitgichlarning sovitish trubkalariga tepadan taqsimlovchi plita orqali birinchi absorber dan rassol sepiladi, pastdan trubkalar orasiga XGDS dan gaz kotariladi. NH3 va CO2 gazlar yutilishi natijasida hosil bolgan issiklik trubkaning ichidagi sovuq suv bilan chiqarilib tashlanadi. Ikkinchi absorberdan 650C temperaturada chiqayotgan ammoniylashgan rassol sovitgichda (8) sovitiladi va 400C temperaturadan oshmagan holda ammoniylashgan rassolning saqlangichiga (SAR) (10) beriladi. Rassolni sovitish uchun suvsepiluvchan, trubkali plastinkali sovitgichlar qollaniladi. 48,5 m balandlikda joylashgan bakdan rassol barcha apparatlarni oz oqishi bilan otadi. Buning hisobiga oqimlarni regulirovka qilishi engillashadi, nasoslarning sal`niklari orqali rassolning yoqolishi bolmaydi va elektroepergiya sarflanishi kamayadi. Ikkinchi absorberdan rassolning AB-2 dan sovitgichlar orqali SARga yurishini oz oqimi bilan ta`minlash uchun, ikkinchi absorber 12,6 m balandlikda joylashgan postamentda (9) joylashiladi. XGDS xol gazni sovitish natijasidagi hosil bolgan kondensat postamentda yig`iladi. Xol gaz distilyatsiya bolim XDS apparatidan keladi. Tarkibida NH3 va CO2 gazlar bor kondensat kuchsiz suyuqlik distillerga beriladi (DSJ). Bu erda NH3 va CO2 gazlar regeneratsiya qilinadi. Regeneratsiya qilingan gazlar XGDS ni otmasdan jarayonga qaytariladi. Bu gazlar ozining sovitgichidan otib (XGDSJ) bevosita ikkinchi absorberga beriladi.
PVFL dan chiqqan gaz vakkum-nassoslar yordamida atmosferaga chiqarib yuboriladi. PGAB dan chiqqan gazlar (75% CO2) vakkum-nassoslar yordamida chiqariladi, soda uchoqlaridan chiqqan gazlar bilan PGSP yoki XGSP dan oldin aralashtiriladi. Keyin bu gaz ma`lum miqdorda uchoq gazlari bilan aralashtiriladi, kompressiya qilinadi va kontsentrlangan gaz holda karbonizatsiya bolimiga kelib tushadi. PGKL-2 dan chiqqan gaz atmosferaga chiqarib tashlanadi.
Faqat suyuq faza sovitish bilan sxemada absorberdan tashqari sovitgich joylashgan bolib, u birinchi absorberdan chiqqan suyuq fazani sovitadi. Bu holda ammiak absorbtsiyasi 2 ta pog`onada otadi. AB-1 dan keyin rassol sepiluvchan sovitgichda sovitiladi 28-320C temperaturagacha va AB-2 ga kelib tushadi. Bu erda rassol yanada 65-680C temperaturagacha qizdiriladi, ikkinchi marta sepiluvchan sovitgichda sovitiladi va ammoniylashgan rassolning yig`indichiga beriladi (SAR).





Yüklə 198,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin