Sodaning xalq xo’jaligidagi ahamiyati uning qo’llanishi va tarixi


Ohakli-sodali usulda bir pog`onali xom ashe nomokobni tozalash texnologik sxemasi



Yüklə 198,55 Kb.
səhifə8/13
tarix20.02.2023
ölçüsü198,55 Kb.
#85095
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
SODA. KURS ISHI.1.

.Ohakli-sodali usulda bir pog`onali xom ashe nomokobni tozalash texnologik sxemasi
Ca va Mg ionlari nisbatiga qarab soda zavodlarida ikki hil texnologik sxema qollaniladi. Kalsiy ionlarining miqdori kop bolsa bir pog`onalik texnologik sxema qollaniladi. Bu sxema boyicha rassol bir vaqtda ham kal`tsiy ham magniy ionlaridan tozalanadi. Magniy ionlarning miqdori kop bolganida tozalash jarayoni ikki ta pog`anali usulda amalga oshiriladi. Birinchi pog`onada Ca(OH)2 yordamida Mg(OH)2 choktiriladi. Ikkinchi pog`onada Na2CO3 yordamida kalsiy ionlari CaCO3 shaklida choktiriladi.
To’rtinchi rasmda soda eritmasini dastlabki kaustifikatsiya otkazishi bilan bir pog`onali rassolning tozalanish texnologik sxemasi korsatilgan.
Soda eritmasi (100-110 n.d. Na2CO3) soda eritmasining aralashtirgichiga (1) kelib tushadi. Kal`tsiy gidrooksid ham ozining aralashtirgichiga beriladi (9). Soda eritmasi va tozalangan rassol bakda (7) aralashtiriladi. Soda eritmasi va kal`tsiy gidrooksid orasida kaustifikatorda (8) reaktsiya otkaziladi


Rasm – 4. Ohakli-sodali usulda bir pog`onali xom ashe nomokobni tozalash texnologik sxemasi:
1- soda eritmasi; 2- aralashtiruvchi; 3 – reaktor; 4- tindirgich; 5 – shlam yig`gichi; 6 – ishqorlangan qilingan soda eritmasi saqlash sig`imi; 7 – suyultirilgan soda eritmasini saqlash uchun sig`im; 8 – ishqorlagich; 9 – suyultirilgan ohakli sut aralashtirgichi.
.
Kaustifikatsiya qilingan soda eritmasi bak (6) orqali aralashtirgichga (2) beriladi. Bu erga tozalangan ham rassol beriladi. Aralashtirgichdan aralashma reaktorga (3) beriladi. Reaktordan CaCO3 va Mg(OH)2 larning kristallizatsiyasi otkaziladi. Kristallizatsiya jarayoni tugallanishi, bir hil olchamli kristallarni hosil qilish, shlamni zichlanishi va ajratilishi maqsadida suspenziya tindirgichga (4) beriladi. Shlam grebokli aralashtirgich (soatiga 5 ta aylanma) yordamida markaziy chiqaruvchi texnik tomonga suriladi va undan keyin shlam saqlagichiga (5) yuboriladi. Saqlagichga suv berilgandan keyin shlam suspenziya holda «oq dengiz» ga tashlanadi. Agarda rassolning tozalanishi dastlabki kaustifikatsiyasiz otkazilsa, korsatilgan sxemadan kaustifikator (8) olib tashlanadi. Reagentlar va tozalanmagan rassol bir vaqtda aralashtiruvchiga (2) beriladi. Ikki pog`onali tozalanish otkazilgan holda birinchi pog`onaga faqat kalsiy gidrooksid va ikkinchi pog`onaga faqat soda eritmalari beriladi.

Yüklə 198,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin