Sodaning xalq xo’jaligidagi ahamiyati uning qo’llanishi va tarixi



Yüklə 198,55 Kb.
səhifə7/13
tarix20.02.2023
ölçüsü198,55 Kb.
#85095
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
SODA. KURS ISHI.1.

Uglerod oksidi va oxak olish
(Bo‘r yoki oxaktoshni kuydirish)

Ko‘p xollarda kalsiy karbonatni ko‘mir aralashmasidan (koks) termik xolda ajratiladi.


Koksning yonishi issiqligi hisobiga zarur xarorat tahminlanib uning kalsiy karbonat dissotsilanishiga sarfi to‘ldiriladi. Odatda jarayon shaxta pechlarda olib boriladi. CHiqindi gazni qattiq aralashmalardan tozalab ammoniylangan namakobni karbonlashga yuboriladi. Pechdan chiqadigan oxak filtr suyuqligidan ammiakli regeneratsiya qilish uchun qo‘llaniladi. Oxak sutigacha qayta ishlanadi. Parchalangan kaltsiy karbonat miqdorining pechga yuklangan miqdoriga nisbati oxakning parchalanishi (kuyish) darajasi deyiladi. Oxakning parchalangan qismi chala kuygan deb ataladi.


4.Natriy xlorid eritmasining tOzAlaNIsh jarayoni asoslari

Birlamchi rassolning tarkibida kalsiy va magniy tuzlari mavjud. Agarda ulardan rassol tozalanmasa, chokmaga kuyidagi yaxshi erimaydigan birikmalar tushishi mumkin:CaCO3, Mg(OH)2, NaClNa2CO3MgCO3, (NH4)2CO3MgCO3. Bu birikmalar apparatura, trubaalarda tiqilishi mumkin va tayyor maxsulotning sifatini pasaytiradi.


Rassolni kal`tsiy tuzlaridan tozalash uchun soda qollaniladi, magniy tuzlari uchun kalsiy gidrooksid ishlatiladi. Tozalashning yuqori darajasini ta`minlash uchun berilayotgan reagentlarning miqdori juda ham oz ortiqchalikda bolishi kerak. Shuning uchun reagentlarning dozirovkasi aniq bolishi lozim. SO42- ionari rassolda natriy sulfat tuzi holda qoladi.
CaSO4+Na2CO3Na2SO4+CaCO3
Sulfat ionlari distillyatsiya jarayonida jarayonlar normal otish uchun xalokit beradi, chunki kal`tsiy sul`fat tuzi chokma hosil qilish mumkin.
Hozirgi kunda sul`fat ionlaridan tozalash samarodarli usullar topilmagan.
Rassol tozalash jarayonida chokishning yuqori tezligiga erishish uchun kal`tsiy ionlarining miqdori magniy ionlariga nisbatan 3-9 marta kup bolishi kerak. Buning natijasida chokmaning zichligi oshgan hisobiga chokayotgan shlamning yoqolishlari ham kamayadi.
Tozalash jarayonida temperatura oshirilsa, ionalmashish va degidratatsiya jarayonlari tezlashadi, induktsiya davrining vaqtini kamaytiradi. Temperatura oshishi bilan rassolning yopishqoqligi kamayadi, suspenziyaning chokish va zichlanish tezligi oshadi. Lekin, temperatura juda ham oshirilib yuborilsa chokish jarayoni normal holatda ketmasligi mumkin. Bundan tashqari keyingi ammiak absorbtsiya jarayoni uchun temperatura yuqori bolish kerak emas. Shuning uchun tozalash jarayonida 12-200C temperatura qollaniladi. Rassolda qancha kop bolsa magniy ionlari chokish shuncha ham sekin otadi. Shuning uchun magniy ionlar kopligida 200S temperatura qollaniladi, magniy ionlar kamligida 120C temperatura qollaniladi.
Aralashtirish intensivligi chokish kinetikasiga ta`sir qiladi. Aralashtirish tezligi oshishi bilan qattiq moddaning yuzasidagi suyuq fazaning adgezion qatlamning qalinligi kamayadi. Buning natijasida qattiq va suyuq fazalar orasida ionalmashish tezligi oshadi va induktsiya davri kamayadi.
Choktiruvchi reagentlar bilan rassolning aralashtirish vaqti ularning tozalanayotgan rassolning hajmida bir tekis taqsimlanishini ta`minlash kerak. Kopiklar hosil bolishi boshlanishiga aralashtirish jarayoni tugallanishi kerak, chunki kopik hosil bolishi va birgalikdagi chokish jarayonlari normal holatda otmaydi.
Tuzlar chokish kinetikasiga va shlam zichlanishiga choktiruvchi reagentlarni rassolga berish tartibi ham ta`siri bor. Mg(OH)2 va CaCO3 lar birgalikda chokishi zarur, ya`ni koagulyantning hosil bolish tezligi Ca(OH)2 hosil bolish tezligidan kam bolishi kerak emas. Mg(OH)2 tez hosil bolishi uchun magniy kam miqdorli rassollarni tozalashda reagentlarni qizdirib aralashtirish kerak.
Na2CO3+Ca(OH)22NaOH+CaCO3
Eritmada OH- ionlarining kontsentratsiyasi oshadi hamda Mg(OH)2 ning chokish darajasi va tezligi oshadi.
Rassolda kalsiy ionlarining miqdori kop bolganda, rassolga oldin Ca(OH)2 va keyin soda berilgani ma`quldir. Rassol tozalashda choktiruvchi reagentlarning yuqorikontsentratsiyalangan eritmalarini qollash lozim, chunki shlamning chokish va zichlanish tezligi oshadi, va induktsiya davri kamayadi. Yuqorikontsentrlangan Ca(OH)2 va Na2CO3 larning qollanishi dozirovkani aniq qilishga qiyinchilik tug`diradi. Shuning uchun bu reagentlarning eritmalari rassolga qoshib tayyorlanadi. Ishlab chiqarishda 22-25 n.d. Na2CO3 ning va 60-75 n.d. aktiv CaO ning eritmalari qollaniladi.
Yangi choktirilgan kristallar (zatravka) suspenziyaga kiritilgan holda shlam chokishining tezligi oshadi va induktsiya davri qisqaradi. Kiritilgan qattiq fazaning yuzali energiyasi CaCO3 va Mg(OH)2 larning yangi miqdorlarining chokishiga yordam beradi. Ma`lum miqdordagi kiritilgan zatravka chokish tezligini oshiradi. Shu miqdordan oshib ketsa, normal chokish bolmaydi. Amalda zatravka sifatida choktirgichdagi chokma qollanilishi mumkin. Shu maqsadda choktirgichga suspenziya tozalagan rassol va chokayotgan shlamlarning chegarasidan past qismiga beriladi. Uzluksiz jarayon sharoitida shlam choktirgichning tubidan chiqariladi, tozalangan rassol esa choktirgichning tepa qismidan olinadi. Shunday qilib, kiritilayotgan suspenziya chokma qatlamidan (fil`tirlanmaydigan qatlam) otadi. Chokma qatlami zatravka rolini bajaradi.
Chokma qatlamining qalinligi temperaturaga bog`liq va tajriba yuli bilan aniqlanadi.

Yüklə 198,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin