Namakobni ammoniylash (2- rasm)
Absorbsiya stantsiyasida oldindan tozalangan namakob distillyatsiyadan kelayotgan, ammoniylangan namakobni karbonlashdan ajraladigan va biokarbonatni filtrlashda ajraladigan ammiak bilan to‘yintiriladi (qisman CO2 bilan xam)
Ammoniylashda ajralayotgan issiqlikni muzlatgichdagi suv yordamida qaytariladi.
Ammiak absorbtsiyasi barbotanli apparat-absorber (AB-1 va AB-2) larda Havo yuvuvchi filtrlar (PVFl) va gaz yuvuvchi kolonka (PGKL) larda kechadi.
Bosim bakidan tozalangan tuz eritmasi (namakob) 2 oqimga ajratiladi. Tuz eritmasining katta qismi (-80%) Havo yuvuvchi filtr (PVFl) va 2-gaz yuvish kolonnasi (PGKL-2) orqali 1-absorber (AB-1) ga keladi. Qolgan qismi (-20%) absortin gazlarini yuvish (PTAB) ga va 1-absorberga keladi.
Absorber (AB-1) dan namakob to‘yintiruvchi xalodilnikka (muzlatgich) va undan 2-absorberga (AB-2) keladi. 2-absorberdan oqib chiqayotgan ammoniylangan namakob to‘yintiruvchi muzlatgichda 300C gacha sovutiladi va ammoniylangan namakob yig‘gichga (SAR) keladi.
Namakob (tuz eritmasi) ammiak bilan asosan distillyatsiya kondensatoridan 1-2 absorberlar to‘yinadi. (KDS). Gaz oldindan distillyatsiya gazi sovutgichlarida (XGDS) sovutilib, so‘ng 2-absorberning quyi qismiga keladi. 2-absorberdan gaz 1-absorberga, (AB-1), absorbtsiya gazlarini yuvish qurilmasiga (PGAB) va vakuum nasoslar yordamida soda pechlari (PGSP) gaz yuvish qismiga xaydaladi.
Filtratsiya bo‘limidan va 1-karbonlangan gaz yuvish kolonnalaridan keladigan gaz Havo yuvish filtrlarida yakuniy tozalanadi. Bu apparatlardan so‘ng gaz atmosferaga tashlanadi.
KDS dan gaz
PGSP-1dan
газ
PGSP dan gaz
suv
PGSP gaz
Gaz atmosferaga
suv
suv
suv
KLPK da ammonizatsiyalangan namakob
Yig ‘gich
Gaz atmosferaga
Tozalangan
namakob
Dostları ilə paylaş: |