Kurs ishining nazariy va amaliy ahamiyati. Kurs ishida sodda gap qolipining nutqiy bosqichda til sohibi kommunikativ aloqasida rang-barang ko‘rinishlarga ega bo‘lishligi matniy parchalarda izohlanildi. Mazkur mavzuni o‘qitishda ixtisoslik fanlar o‘qituvchilarining pedagogik faoliyatlarida turli interfaol metodlardan foydalanish, ayniqsa, grafik organayzerlardan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berilgan. Kurs ishini barcha soha pedagoglari uchun keng ko‘lamda foydalanishga tavsiya etish mumkin.
I BOB. “Sodda gap qolipi va uning turlari” modulining nazariy masalalari 1.1. “Sodda gap qolipi va uning turlari” modulining o‘rganilishi Gap va hukm, nutqiy bosqichdagi gap ta’riflari, lisoniy bosqichda gap, zohiriy va lisoniy qoliplar, shakllangan kesim, atov birligi, kesimlik qo‘shimchalari, gap lisoniy sintaktik qolipining shakliy va mazmun tomoni, gap va ohang, gap kengaytiruvchilari (ega, hol), so‘z kengaytiruvchilari (to‘ldiruvchi, aniqlovchi), grammatik asos, qo‘shma gap va uning turlari (qoliplari), qo‘shma gap va uyushiq kesimli sodda gaplar, qo‘shma gap va uyushgan gaplar.
Nutq faoliyati uchun eng asosiy birlik gapdir. Chunki ijtimoiy hayotda so‘zlovchining fikr ifodalashi, axborot uzatishi, tinglovchining axborot qabul qilishi, ya’ni kishilarning o‘zaro fikr almashuvi so‘z yoki so‘z birikmasi orqali emas, balki gap orqali amalga oshadi. «Til ~ nutq ~ nutq qobiliyati»dan asosiy maqsad gap tuza olish va uni bayon etishdan iborat. Inson tilida nimaiki bo‘lsa, barcha-barchasi gapni turfa shakl va mazmunda qurish uchun xizmat qiladi. Zeroki, gap ma’lum fikrni, hukmni ifodalaydi. Fikrning manbai esa real borliq yoki tuyg‘u-hissiyotlardir. Masalan, Daraxt gulladi gapini olaylik. Ushbu gap bizning ongimizda ikki tasavvur – predmet (daraxt haqidagi tasavvur) va uning holati (gullamoq haqidagi tasavvur)ni jonlantiradi va o‘zaro yaqin ikki tasavvurning qo‘shilishidan hukm (fikr) yuzaga keladi. Hukm esa gap orqali ifodalanadi. Tildan maqsad – gap qura olish, gapdan maqsad esa fikr ifodalashdir. Shu o‘rinda til bilan tafakkurning chambarchas bog‘liqligini eslashning o‘zi kifoya.
Gap har bir til sistemasida kommunikativ mohiyatga molik bo‘lgan eng asosiy birlik bo‘lib, o‘ziga xos tuzilishga ega. Til o‘zining kommunikativ funksiyasi (jamiyatda aloqa vositasi vazifasi)ni faqat gap orqaligina bajaradi. Tilning asosiy vazifalaridan yana biri psixik (ruhiy) funksiyasi bo‘lib, fikrni shakllantirishga xizmat qiladi va bu vazifa ham gap orqali yuzaga chiqadi. Demak, gapda ham ijtimoiy, ham ruhiy maqsad bo‘ladi. Shuning uchun tilning barcha sathlari – fonologiya, fonetika, leksika, semantika, morfologiya, sintaksis, stilistika – bitta maqsadga gapni shakllantirishga va aloqani amalga oshirishga xizmat qiladi.
Gapning tabiati, mohiyati, uning konstruktiv-grammatik belgilari, gapning so‘z, so‘z birikmasi va turg‘un birikmalardan farqi kabi masalalar har bir tilning grammatikasida o‘rganilishi bilan birga jahon umumiy tilshunosligi uchun ham g‘oyat muhim masalalardandir. Tilshunoslik tarixida bu masalalar turlicha talqin etilgan bo‘lib, hozirgacha gapga uch yuzdan ortiqroq ta’rif berilgan. Chunonchi:
Voqelikni va unga bo'lgan munosabatni ifoda qilish uchun grammatik jihatdan shakllangan, ohang va mazmun jihatdan nisbiy tugallikka ega bo'lgan so'z yoki so'zlar bog'lanmasi gap deyiladi.
Ma'lumki, kishilar o'zaro fikr almashadilar, aloqa qiladilar, bunday aloqa aralashuv faqat gap orqali yuzaga keladi. Shuning uchun gap fikrni ifoda etuvchi nutq birligidir.
Gapning asosiy belgilari quyidagilar:
1. Gap asosan so'zlarning ma'lum grammatik qoidalari asosidabirikuvidan hosil bo'ladi. Masalan: Dars boshlandi.
2. Gapning yana muhim belgilaridan biri hukm(predikativlik)dir. Bunda so'zlovchining aytilayotgan fikrigabo'lgan munosabati ifoda qilinadi. Hukm (predikativlik moddalik, zamon, shaxs-son kategoriyalarini o'z ichiga oladi. Hukmso'zlarning predikativ munosabatiga kirishuvi bilan (ega va kesimaloqasi) ifodalanadi. Masalan:
Yoshlar mustaqil vatanga sodiq bo'ling!
3. Gap ohang (intonatsiya) tugalligiga ega. Ohang, birtomondan, bir qancha so'zlar bir gapni tashkil etganligini ko’rsatsa. ikkinchidan, gapning tugallanganligini ko'rsatadi. bu esa yozuvda turli tinish belgilari orqali ifodaetiladi. Masalan: Ular butun vujudi bilan ishga sho'ng'ib ketishgandi-yu, ammo texnika yetishmasdi. (Ch.A.)
Oltinsoy tongi naqadar go'zal! (Sh.R.) Yuragimni hech sezasanmi men sevaman, sen sevasanmi? (qo'shiq). Birinchi gapda xabar ohangi bo'lgani uchun (.), ikkinchi gapda his-hayajon ohangi bo'lgani uchun (!), uchinchi gapda so'roq ohangi bo'lgani sababli (?) belgilari qo'yilgan.
4. Gap fikriy jihatdan nisbiy tugallikka ega. Bu esa ma'lumsharoit bilan bog'liq. Ba'zan bir so'z ham gap bo'lishi mumkin. Masalan: Kuz oltin fasl. Pishiqchilik. To'kin-sochinlik.