IKKI BOSH BO‘LAKLI SODDA GAPLARNING IKKINCHI DARAJALI BO‘LAKLARNING QATNASHISHI-QATNASHMASLIGIGA KO‘RA TURLARI 1. Yig‘iq gaplar. Bosh bo‘laklardangina yoki bir bosh bo‘lakdan tashkil topgan gap yig‘iq gap deyiladi. Masalan: Yomg‘ir tindi. (S.Karomatov).
2. Yoyiq gaplar. Ikkinchi darajali bo‘laklar ham ishtirok etgan gap yoyiq gap deyiladi. Masalan:
Bulutlar hamon qaysarlik bilan quyosh yuzini to‘sib turardi. (S.Karomatov).
YIG‘IQ GAPLARNING TURLARI
1.Sodda ega va sodda kesimdan iborat:
Tursunboy titrab ketdi. … Tishlari g'ichirladi.(S.Ahm.)
2. Sodda ega va murakkab kesimdan iborat:
Azizxon qahramon bo’ldi. (S.Ahm.)
3. Murakkab ega va sodda kesimdan iborat: Hali folbin xolam bolali ayolga dori berayotganida xaltasiga ko'zim tushdi.
3. Hol +ega + kesim: Tashqarida bo'ron guvillaydi.
4. Izohlovchi + ega + kesim: Dorug'a Mironshoh farmon qilmishlar.(O.Y.)
5. Qaratqich aniqlovchi + ega + kesim:
Ukamning beshigi g'ichirlaydi.(O`.H.)
6. Aniqlovchi + to`ldiruvchi + ega + hol + kesim:
Bu manzarani Tursunboy g'azab bilan kuzatib qoldi. (S.Ahm.)
Dorug'a – shahar posbonlari sardori, bosh mirshab.
SODDA GAPLARNING ZARUR BO’LAKLARNING IFODALANISHI YOKI IFODALANMASLIGIGA KO’RA TURLARI 1. To’liq gaplar. To‘liq gaplarda fikrni ifodalash uchun zarur bo‘laklarning barchasi qatnashadi.