IKKI BOSH BO‘LAKLI SODDA GAPLARNING IKKINCHI DARAJALI BO‘LAKLARNING QATNASHISHI-QATNASHMASLIGIGA KO‘RA TURLARI 1. Yig‘iq gaplar. Bosh bo‘laklardangina yoki bir bosh bo‘lakdan tashkil topgan gap yig‘iq gap deyiladi. Masalan: Yomg‘ir tindi. (S.Karomatov).
2. Yoyiq gaplar. Ikkinchi darajali bo‘laklar ham ishtirok etgan gap yoyiq gap deyiladi. Masalan:
Bulutlar hamon qaysarlik bilan quyosh yuzini to‘sib turardi. (S.Karomatov).
SODDA GAPLARNING ZARUR BO’LAKLARNING IFODALANISHI YOKI IFODALANMASLIGIGA KO’RA TURLARI 1. To’liq gaplar. To‘liq gaplarda fikrni ifodalash uchun zarur bo‘laklarning barchasi qatnashadi.