Nominativ (atov) gap bosh kelishikdagi ot yoki otlashgan so‘z bilan ifodalanib, predmet yoki voqea-hodisalarning hozirgi zamonda yoki zamondan tashqarida mavjudligini tasdiqlovchi bir bosh bo‘lakli gapdir: Tanish ko‘cha. Yo‘l yoqasida o‘sha novcha daraxtlar! (Sh. Xolmirzayev).
1. Aniq predmetlarning mavjudligini tasdiqlaydi: Bir chetdagi stol ustida katta- kichik limonlarning suratlari. Boshqa stolda mikroskop. Mayda shishachalarda limon suvlari, yaproq tolqonlari, limon poyalari. (J.Abdullaxonov).
2. Mavhum tushunchalarning mavjudligini tasdiqlaydi: Avazlarning hovlisida boshqa o‘ylar, boshqa tashvishlar. (P.Qodirov).
3. Turli tabiat hodisalarining mavjudligini tasdiqlaydi: Yaproqlar... yaproqlar! Quyosh shu’lasida jilva urib, cho‘g‘dek tovlanib turgan oltinrang va shafaqrang yaproqlar! Hazin va za’faron yaproqlar! O, ko‘p latofat bor sizlarda! (F.Musajonov).
NOMINATIV GAPLAR XUSUSIYATLARI (DAVOMI)
4. O‘rin-joyning mavjudligini tasdiqlaydi: Cho‘l! ... Cho‘lning ham o‘z gashti bor, zavqi bor! (Sh. Xolmirzaev).
5. Aniq paytini tasdiqlaydi: Mayning oxirlari. Vodiylarda barvaqt xazon bo‘lgan lolaqizg‘aldoqlar Turkiston tizma tog‘ining etaklarida endi ochilgan. (P.Qodirov).
Infinitiv gaplar grammatik asosi harakat nomi bilan ifodalanadigan, yakka so‘z yoki so‘z birikmasidan iborat bo‘lgan gaplardir: Birovni kutish! Bundan azob narsa bo‘lmasa kеrak!